1-lektsiya. Qatnaslar. Binar qatnaslar


-lektsiya. Algoritmlik sheshiliwshenlik problemasi


Download 353.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana27.07.2017
Hajmi353.65 Kb.
#12186
1   2   3   4

12-lektsiya. Algoritmlik sheshiliwshenlik problemasi. 

Tayanish tu`sinikler: echilish algoritmi. echiluvchi muammolar. echilmovchi muam-

molar. Matematik mantikda keltirib chikaruvchanlikni tanish muammosi. Chyorch 

teoremasi. O`z-o`ziga tatbik etiluvchanlikni tanish muammosi. Assotsiativ hisobidagi 

so`zlarning ekvivalentlik muammosi. 

Matematika tarixida biror masalani echish, odatda, uning echilish algoritmini 

topish deb xisoblanardi. Deyarli XX asr boshlarigacha hamma matematik masalalar 

algorit-mik echiluvchi masalalar deb qaralgan va ularni echuvchi algoritmlar 

izlangan. Masalan, haqiqiy koeffitsientli n- darajali ko`phadning ildizlarini uning 


 

41

koeffitsientlari yordamida radikallarda ifoda etish algoritmini izlash bir necha asrlar 



davom etdi. Masalan, uchinchi va turtinchi darajali tenglamalar uchun bu algoritmni 

XVI asrda ital`yan matematiklari Kardano va Ferrari yaratdilar. Uzoq yillardan keyin 

norvegiyalik matematik Abel` n≥5 bo`lganda bunday algoritm mavjud emasligini 

ko`rsatdi. Ikkinchi misol sifatida Gil`bertning diofant tenglamalar haqidagi 10- 

muammosini ko`rsatish mumkin. Bu muammoni Gil`bert 1900 yilda Parijda e`lon 

kilgan edi. Deyarli 70- yilday keyin rus matematiklari Yu. Matiyasevich va G. 

Chudnovskiy bu muammo algoritmik echilmovchi muammo ekanligini isbotlab 

berdilar. 

Faqat algoritmning intuitiv tushunchasidan T`yuring mashinasining aniq 

tushunchasiga o`tish berilgan ommaviy muammoning algoritmik echiluvchanlik 

masalasiga aniqlik kiritdi. Bu masalani quyidagicha ifodalash mumkin: berilgan 

ommaviy muammoni echadigan T`yuring mashinasi mav-judmi yoki bunday mashina 

mavjud emasmi? 

Bu savolga algoritmlar nazariyasi ayrim hollarda salbiy javob beradi. Shu 

turdagi natijalarni birinchilar qatorida 1936 yidda amerikalik matematik A.Chyorch 

oldi. U predikatlar mantikidagi echilish muammosi umumiy hodtsa algoritmik 

echimga ega emasligini ko`rsatdi. O`sha yilning o`zida u matematik mantiqtsagi 

keltirib chiqaruvchanlikni tanish muammosi ham algoritmik echilmasligini isbot 

kildi. Keyingi masalani batafsilroq ko`rib o`taylik. 

Matematik mantiqda keltirib chiqaruvchanlikni tanish muammosi. 

Matematikada aksiomatik metodning mazmuni quyidagidan iborat: berilgan 

nazariyaning hamma mulohazalari (teoremalari) shu nazariyada isbotsiz qabul qilingan 

mulohazalar (aksiomalar) dan formal mantiqiy keltirib chiqarish vositasi bilan olinadi. 

Matematik mantiqda formulalarning maxsus tili ifodalanadi. U orqali matematik 

nazariyaning istalgan mulohazasi butunlay aniqlangan formula ko`rinishida yoziladi. A 

asos (shart)dan V natijani mantiqiy keltirib chiqarish jarayonini dastlabki formulalarni 

formal almashtirishlar jarayoni sifatida ifodalash mumkin. Bunga mantiqiy hisobdan 

foydalanish yo`li bilan erishish mumkin. 


 

42

Tanlangan mantiqiy hisobda V mulohazani A asosdan mantiqiy keltirib chiqarish 



masalasi A formuladan V formulaga olib keluvchi deduktiv zanjirning mavjudligi 

masalasidir. Shu tufayli keltirib chiqaruvchanlikni tanish muammosi paydo bo`ladi: 

mantiqiy hisobdagi istalgan ikkita A va V formula uchun A dan V ga olib keluvchi deduktiv 

zanjir mavjudmi yoki yo`kmi? 

Bu muammoning echimi sifatida har qanday A va V lar uchun javob beradigan 

algoritm mavjudligi ma`nosida tushuniladi. Chyorch olgan natija quyidagicha izohlanadi. 

Chyorch t e o r e ma s i .  Keltiribchiqaruvchanlikni tanish muammosi algoritmik 

echilmovchidir. 



O`z-o`ziga tatbiq etuvchanlikni tanish muammosi. 

T`yuring mashinasining shifri tushunchasini kiritamiz. Hozirgacha T`yuring 

mashinasining dasturini ikki o`lchovli mxn jadval ko`rinishida yozardik. Ammo uni bir 

o`lchovli shaklda ham tasvirlash mumkin. Buning uchun 5 ta simvolni shunday ketma-

ketlikda yozish kerakki, beshlikning birinchi simvoli jadvalning ustunini, ikkinchisi 

satrini va keyingi uchtasi jadvalning yuqorida ko`rsatilgan ustun va satrlari 

kesishmasidagi uchta simvolni (komandani) ifodalasin. 

Masalan, 3- jadvalda ifodalangan funktsional sxema o`rniga quyidagi bir o`lchovli 

satrni hosil qilamiz: 

a

0



q

1

a



0

q

3



│q

1

αn



2

q

1



αlq

1

a



0

q

2



a

0

lq



4

……       (1) 

Mashina konfiguratsiyasini ifodalashda ham shu usuldan foydalanamiz, ya`ni holatni 

ifodalovchi harfni «ko`rilayotgan» harfning tagidan emas, balki chap yonidan yozamiz. 

Masalan, 

││││││ 


            q

4

 



 

konfiguratsiyani quyidagi shaklda yozamiz: ││││ q

4

││ 


(1) satrdagi har bir harfni quyidagi shartlarga rioya qilgan holda qayta nomlaymiz: 

1)  (1) satrni ayrim kodlashtirilgan guruhlarga bir qiymatli qilib bo`lmoq kerak; 

2)  kod simvollari uch turda bo`lishlari kerak: 

a)  l, n, n harflari uchun; 



 

43

b) tashqi alfavit harflari uchun



v) mashina holatini ifodalovchi harflar uchun. 

Shu munosabat bilan kuyidagi kodlashtirish jadvalidan foydalanamiz: 

Alfavit  Harf 

Kodlashtirilgan 

guruh

Eslatmalar 



101 


1 lar orasida 1 ta 

1001



1 lar orasida 2 ta 

Adreslar 

harfi 

 



10001

1 lar orasida 3 ta 

a

o

 



100001  4 ta nol`  2 dan katga juft sonli 

a

1



  10000001   6 ta nol`

nollar 


…. 

….

Tashqi 



alfavit 

 

 



a

n

 



10...01 2(n + 2) ta   

q

1



 

1000001   5 ta nol` 3 dan katta toq sonli 

q

2

  100000001  7 ta nol`



nollar 

…. 


….

Ichki 


alfavit 

 

 



q

10...01 2(n+ 

 

 

Agar (1) satrdagi 1, α,β simvollarni moc ravishda a



1

 a

2



, a

3

 harflar deb qarasak, u 



holda uni shu kodlashtirish sistemasi asosida quyidagicha yozish mumkin: 

10000110000011000011000110000000001100000011000001... (2) 

Funktsional sxema yoki alohida olingan biror konfiguratsiya uchun tuzilgan 1 va 

0 lardan iborat bo`lgan bunday satr funktsional sxemaning shifri yoki konfiguratsiyaning 

shifri deb ataladi. 

A`debiyatlar: 

Turaev X. 



Matematik mantik va diskret matematika  T. 2003 

Sukasheva G., Lixtarnikov 



I. 

matematicheskaya logika 

Sank-Peterbu 

rg, 1999 

Mendel`son E. 



Vvedenie  v matematicheskuyu 

logiku 


M.:1984 

Mal`tsev A.I. 



Algoritmi               i rekursivnie 

funktsii 

M. 1986 

Rodjers X. 



Teoriya   rekursivnix funktsiy i 

effektivnaya vichislimost` 

M. 1972 

Lavrov I.A., Maksimova L.  Zadachi     po    teorii mnojestv



matematicheskaya logikai           teorii 

algoritmov 

M.:1984 

Ershov YuL. 



Matematicheskaya logika 

M.:1983 


 

Download 353.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling