1. Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyalar sinfining tashqi va ichki tuzilishi


Download 1.51 Mb.
bet4/4
Sana23.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1113746
1   2   3   4
Bog'liq
Assidiyalar sinfi

Salplar sinfi — Salpae
Salplar erkin suzib yuruvchi, pelagik hayot kechiruvchi dengiz hayvonlaridir. Ularning gavda shakli bodringga yoki bochkaga o`xshaydi. Gavdasining oldingi uchiga og`iz, orqa uchiga esa kloaka sifonlari o`rnashgan. Butun gavdasi yupqa tiniq parda bilan o`ralgan, hayvonni halqa singari o`rab olgan muskul lentalari shu tunikadan ko`rinib turadi. Salplarning halqumi va jabraoldi bo`shlig`i gavdasini deyarli to`ldirib turadi. Bu bo`shliqning o`rtasini orqa o`simta degan parda ajratib turadi. Bu pardada jabra teshiklari-stigmalar joylashadi. Hayvon muskul lentalarini oldindan orqaga qarab qisqartiradi va suvni kloaka sifonidan kuch bilan otib chiqaradi. O`zi oldingi tomonga qarab harakat qiladi.
Appendikulyariyalar sinfi — Appendiculariae
Bu sinf o`z ichiga 60 ga yaqin hayvon turlarini oladi. Appendikulyariyalar suvda erkin suzib yuruvchi mayda hayvonlar bo`lib, gavdasining uzunligi 0,5-3 mm, ba'zi turlari 1-2 sm gacha borishi mumkin. Tashqi ko`rinishiga ko`ra, appendikulyariyalar assidiyalarning lichinkasiga o`xshab ketadi. Ularning xordasi umrbod saqlanib qoladi va atrial bo`shlig`i bo`lmaydi. Halqumining ustida ipsimon nerv tortmasi bor. Nerv tortmasidan dumining oxirigacha boradigan nerv tolasi chiqadi. Butun dumi bo`ylab naysimon xorda joylashadi. Appendikulyariyalarning haqiqiy pardasi bo`lmaydi. Mantiyaning ektodermal hujayralari ayirgan moddadan maxsus “uycha” hosil bo`ladi.
Appendikulyariya “uycha”ning ichida dumini tebratib, suvni “uycha”ning oldingi teshigiga qarab haydaydi, suv appendikulyariyaning orqa teshigidan chiqib ketar ekan, hayvonni oldinga qarab itaradi. 4-20 soat ichida “uycha” ifloslanadi. Bu yerda hayvon dumi bilan urib, “uycha” devorini teshadi va “uycha”dan chiqadi. Mantiyaning ektodermal hujayralari yana shilimshiq parda ishlab chiqa boshlaydi. Natijada 1-1,5 soat ichida hayvon yangi “uycha” yasaydi.
Appendikulyariyalar neotenik guruh hayvonlar bo`lib, lichinkalik davrida ko`payish qobiliyatiga ega, evolyutsiya jarayonida yetuklik davrini yo`qotgan bo`lishi mumkin.
Appendikulyariyalar deyarli barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling