1. Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyalar sinfining tashqi va ichki tuzilishi


Download 1.82 Mb.
bet5/5
Sana23.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1113493
1   2   3   4   5
Bog'liq
ASSIDIYALAR SINFI.....

Salplar sinfi — Salpae
Salplar erkin suzib yuruvchi, pelagik hayot kechiruvchi dengiz hayvonlaridir. Ularning gavda shakli bodringga yoki bochkaga òxshaydi. Gavdasining oldingi uchiga oģiz, orqa uchiga esa kloaka sifonlari òrnashgan. Butun gavdasi yupqa tiniq parda bilan òralgan, hayvonni halqa singari òrab olgan muskul lentalari shu tunikadan kòrinib turadi. Salplarning halqumi va jabraoldi bòshliģi gavdasini deyarli tòldirib turadi. Bu bòshliqning òrtasini orqa òsimta degan parda ajratib turadi. Bu pardada jabra teshiklari-stigmalar joylashadi. Hayvon muskul lentalarini oldindan orqaga qarab qisqartiradi va suvni kloaka sifonidan kuch bilan otib chiqaradi. O`zi oldingi tomonga qarab harakat qiladi.

Salplarning yakka holda va koloniya bòlib hayot kechiradigan turlari mavjud. Bularda kòpayish navbatlashib turadi. Jinssiz kòpayishda yakka salp gavdasining orqa uchida maxsus òsimta-stolon hosil bòladi, bu stolondan jinsli qiz individlar ketma-ket kurtaklanib chiqib, zanjirsimon koloniya hosil qiladi. Ular òz gavdasining tuzilishi jihatidan ona individga òxshaydi, lekin undan maydaligi bilan farq qiladi. Ularning har birida ham tuxumdon, ham uruģdon bor. Lekin tuxum va uruģ hujayralari bir vaqtda pishib yetilmaydi. Ona individdagi uruģlangan tuxumdan yosh individ paydo bòladi, u òsib, stolon hosil qiladi va bu sikl yana takrorlanadi.

Salplar sinfi 25 turni òz ichiga olib, ikkita turkumga bòlinadi. Haqiqiy salplar turkumi-Desmomyaries ning ba'zi turlarining bòyi 5-15 sm gacha yetadi.

Bochkalilar(bochenochnik) turkumi-Cyclomyaries uchun polimorf koloniya hosil qilish juda xarakterli bòlib, koloniyasining uzunligi 30-40 sm gacha yetadi.

Salplar issiq dengiz suvlarida pelagik hayot kechiradi va 200-300 m chuqurlikda yashaydi.


Appendikulyariyalar sinfi — Appendiculariae
Bu sinf òz ichiga 60 ga yaqin hayvon turlarini oladi. Appendikulyariyalar suvda erkin suzib yuruvchi mayda hayvonlar bòlib, gavdasining uzunligi 0,5-3 mm, ba'zi turlari 1-2 sm gacha borishi mumkin. Tashqi kòrinishiga kòra, appendikulyariyalar assidiyalarning lichinkasiga òxshab ketadi. Ularning xordasi umrbod saqlanib qoladi va atrial bòshliģi bòlmaydi. Halqumining ustida ipsimon nerv tortmasi bor. Nerv tortmasidan dumining oxirigacha boradigan nerv tolasi chiqadi. Butun dumi bòylab naysimon xorda joylashadi. Appendikulyariyalarning haqiqiy pardasi bòlmaydi. Mantiyaning ektodermal hujayralari ayirgan moddadan maxsus “uycha” hosil bo`ladi. Bu boshqa qobiqlilarning tunikasiga mos keladi.
Appendikulyariya “uycha”ning ichida dumini tebratib, suvni “uycha”ning oldingi teshigiga qarab haydaydi, suv appendikulyariyaning orqa teshigidan chiqib ketar ekan, hayvonni oldinga qarab itaradi. 4-20 soat ichida “uycha” ifloslanadi. Bu yerda hayvon dumi bilan urib, “uycha” devorini teshadi va “uycha”dan chiqadi. Mantiyaning ektodermal hujayralari yana shilimshiq parda ishlab chiqa boshlaydi. Natijada 1-1,5 soat ichida hayvon yangi “uycha” yasaydi.
Appendikulyariyalar neotenik guruh hayvonlar bòlib, lichinkalik davrida kòpayish qobiliyatiga ega, evolyutsiya jarayonida yetuklik davrini yòqotgan bòlishi mumkin.
Appendikulyariyalar deyarli barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling