1. Lizing tizimidan foydalanish imkoniyatlari 8


Lizing xizmatlari turlari va boshkarish samaradorligining xususiyatlari


Download 35.77 Kb.
bet5/8
Sana21.02.2023
Hajmi35.77 Kb.
#1217562
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ISLOXATLARNI DAVOM ETISH VA CHUQURLASHTIRISH SHAROITIDA KORXONANI MODERNIZATSIYALASHDA LIZING TIZIMIDAN FOYDALANISHNI

4.Lizing xizmatlari turlari va boshkarish samaradorligining xususiyatlari


Respublikamiz barcha iktisodiy soxalar va tarmoklarda juda tez rivojlanib borayotgan va shu bilan birga xalkaro bozorda uzining nufuziga ega mamlakatlar katoriga kiradi. Ushbu rivojlanish tendensiyasi albatta, yurtimizda olib borilayotgan iktisodiy isloxatlarga boglik xisoblanadi. Aynan moliyaviy sektorni rivojlanishi, unga zamonaviy yangi tushunchalarni va xizmatlarni kirib kelishi shular jumlasidandir. Lizing xizmatlari bevosita moliyaviy munosabatlar bilan boglik xisoblanib, uning iktisodiyotimizda tutgan urni yildan-yilga oshib bormokda.
Lizing uning uchta sub’ekti ishtirok etadigan tugridan-tugri shaklda xam, lizing oluvchi va sotuvchi bulib bir shaxsning uzi ishtirok etadigan kaytariladigan shaklda xam amalga oshirilishi mumkin.
Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bulib kolgani xolda, lizing shartnomasi buyicha olgan lizingob’ektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaktinchalik egalik kilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga kushimcha lizingga topshirishga xakli. Kushimcha. lizing shartnomasining amal kilish muddati lizing shartnomasining amal kilish muddatidan ortik bulishi mumkin emas.
Lizing odatdagi kredit munosabatlardan farkli birinchi navbatda, mazmuni, shakli, tashkiliy jixatdan ta’minlanishi, ishtirokchilar doirasi, iktisodiy samarasi va solikka tortilish tizimi bilan ajralib turadi. Bu farklar shundan kelib chikadiki, lizing olinganida kredit munosabatlari keyinchalik ijara munosabatlari bilan uygunlashib ketadi.
Lizing xizmatlari bozorining rijlanishi, lizing turlaring lizing subek’tlariga mos kelishi va boshka moliyaviy vositlardan afzalligi bilan belgilanadi. Ijaradan lizingning farki shuki, lizing beruvchi muayyan ishlab chikaruvchidan muayyan kursatkichlarga ega bulgan lizing mol-mulkini lizing oluvchining topshiruviga binoan sotib olish majburiyatini oladi.
Lizing jadal amortizatsiyadan foydalanish imkonini beradi, shu yul bilan tadbirkor mulk soligi summasini kamaytirishga erishadi. Lizing oluvchi oldidagi asbob-uskunalarning sifati, butligi, yetkazib berish muddatlari va boshka xizmatlar uchun lizing beruvchi emas, balki maxsulot ishlab chikaruvchi javob beradi.
Ilmiy adabiyotlarda kursatilgandek lizingnikeng tarkalgan ikkita turi mavjud 33 :
-moliyaviy lizing:lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulkiga utadi va lizing shartnomasi muddati lizing ob’ektining xizmat muddatidan 80 foizdan ortik buladi yoki lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing ob’ektining koldik kiymati uning boshlangich kiymatining 20 foizidan kamini tashkil etadi

  • operativ lizing:sotib olish xukuki bulmaydi va lizing tulovlari lizing beruvchini barcha sarflarini koplamaydi

Lizing munosabatlariga oid ilmiy ishlarda lizingning xozirgi iktisodiyotdagi turlari kuyidagicha ajratilgan:

  • moliyaviy va operativ lizing: lizingga olingan mol-mulkdan foydalanish muddatiga karab;

  • toza va xul lizing: lizing xizmatining xajmi va shakliga karab; - xalkaro va ichki lizing: lizing bozorining joylashgan joyiga karab;

  • kaytarma va aralash lizing: lizing munosabatlarining xarakteriga karab;

  • aloxidalangan va guruxlangan lizing: lizingni moliyalash katnashchilarining tarkibiga karab;

  • boshka turdagi lizing ob’ekti bilan almashtiriladigan va aynan shu turdagii yangi lizing ob’ekti almashtiriladigan lizing: lizing ob’ektini yangilanishiga karab;

  • kushimcha lizing va asosiy lizing: lizing ob’ektini uchinchi shaxsga foydalanish uchun berilishiga karab .

Moliyaviy lizing garb mamlakatlarida XX asrning 80 - yillariga kelib jadal rivojlana boshladi. Dozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalarning 25-30 foizi lizing operatsiyalariga tugri keladi. Shuningdek, yangi tur madsulotlardan 80 foizga yakini aynan lizing asosidagi uskunalarda ishlab chikarilmokda.
Uzbekiston Respublikasi konunchiligiga muvofik operativ lizing
«ijara» degan ma’noni anglatadi, moliyaviy lizing esa «moliyaviy ijara» yoki «lizing» ma’nosini anglatadi
Operativ lizingda lizing beruvchi uz xarajatlarini bitta lizing shartnomasi orkali koplashni maksad kilib kuymaydi. Boshkacha kilib aytganda, lizing beruvchi uz xarajatlarini bitta lizing oluvchi disobiga koplamaydi. Lizing beruvchi mashina va uskunalarni umumiy xizmat davrida texnik kurikdan utkazish, ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi.
Tezkor(operativ) lizing afzalliklari kuyidagilardan iborat:

  • lizing beruvchilar uchun yangi imkoniyat;

  • texnologiyalar tez uzgarishi;

  • ikkilamchi bozor rivojlanishi;

  • servis xizmati buyicha shartnoma;

  • lizing ob’ektini lizing beruvchiga kaytarish.

Xalkaro lizingda eksport va import lizingi farklanadi. Agar lizing kompaniyasi lizing predmetini maxalliy ishlab chikaruvchidan darid kilib, uni xorijiy lizing oluvchiga takdim etsa, unda u eksport lizingi buladi. Aksincha bulganda, ya’ni lizing predmeti xorijiy ishlab chikaruvchidan darid kilinib, maxalliy lizing oluvchiga takdim etilsa, unda import lizingi amalga oshirilgan buladi.
Ichki lizingda sotuvchi, lizing beruvchi va lizing oluvchilar orasidagi munosabatlar bir mamlakat ichida amalga oshiriladi.
Toza lizingda lizing oluvchi lizingga olingan ob’ektga texnik va boshka xizmatlarni kursatishni uz zimmasiga olsa, xul lizingda lizing beruvchi lizing ob’ekti bilan birga unga texnik xizmat kursatish, uni ta’mirlash, sugurtalash, unda ishlovchi kadrlarni tayyorlash, marketing dizmatini tashkil etish, tayyor madsulot reklamasi, dom ashyo bilan ta’minlash kabi xizmatlarni xam kilishi mumkin. Bunga ketadigan xarajatlar lizing tulovlariga kiritiladi.
Kaytarma lizingda bulajak lizing oluvchi korxonaning uskunasi bor, lekin unga asosiy ishlab chikarishni tashkil etish uchun moliyaviy mablaglar yetishmaydi. Shu sababli korxona, uzining mulkini lizing kompaniyasiga sotadi, keyin esa aynan shu uskunani lizing beruvchidan lizingga oladi. Natijada, korxonada ishlab chikarishni tashkil etish uchun aylanma mablaglar paydo buladi va uskunadan lizing shartlarida foydalanish imkoniyati vujudga keladi.
Aralash lizing - bu moliyaviy va operativ lizingning barcha elementlaridan tashkil topgan. Bunda lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan kursatilgan sotuvchidagi mulkni lizingga berish maksadida sotib oladi va lizing oluvchiga lizingga yetkazib beradi. Lizing muddati tugashi bilan mulk lizing oluvchiga utadi.
Aloxidalangan lizingda, lizing beruvchi lizing ob’ektini xarid kilish uchun ketadigan mablagning bir kismini uz mablagi evaziga tulaydi, kolgan kismini esa bir yoki bir nechta kreditorlardan ssuda shaklida olib tulab beradi.
Guruxlangan lizingda lizing beruvchi jixozlarni lizingga berishni bank yoki boshka kreditorlardan olingan karz mablaglaridan foydalangan xolda amalga oshiradi. Karz mablaglari lizing ob’ekti umumiy narxining 60-80 foizini tashkil etishi mumkin.
Kushimcha lizing - bu tadbirkorlik faoliyatining bir turi bulib, bunda lizing ob’ekti lizing beruvchining yozma roziligi asosida lizing oluvchi tomonidan foydalanish uchun uchinchi shaxsga beriladi. Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida asosiy lizing shartnomasi asosida javobgar bulib koladi. Kushimcha lizing shartnomasi asosiy lizing shartnomasi kabi yozma shaklida tuziladi. Asosiy lizingda lizing ob’ektini uchinchi shaxsga foydalanishga berish xukuki kuzda tutilmaydi.






Download 35.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling