1. Lizing tizimidan foydalanish imkoniyatlari 8


Lizing tizimidan foydalanish imkoniyatlari


Download 35.77 Kb.
bet3/8
Sana21.02.2023
Hajmi35.77 Kb.
#1217562
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ISLOXATLARNI DAVOM ETISH VA CHUQURLASHTIRISH SHAROITIDA KORXONANI MODERNIZATSIYALASHDA LIZING TIZIMIDAN FOYDALANISHNI

Lizing tizimidan foydalanish imkoniyatlari


Milliy iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, bandlikni ta’minlash, fuqarolarning daromadi va hayotining sifatini oshirishda muhim omil va yo‘nalishlardan biri − faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish hisoblanadi.
Bunday dolzarb masalani hal etish, tabiiyki, ichki hamda tashqi investitsion manbalarni ishga solishni talab qiladi.
Investitsion loyixalarni moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan manbalar, jalb qilingan kreditlar hamda konunchilikda belgilangan holda qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish xisobiga amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishda ichki va tashqi manbalardan foydalaniladi.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning eng ishonchli manba − korxonalarning o‘z mablag‘lari hisoblanadi. Korxonalarning investitsiyalarni o‘z xisobidan moliyalashtirishga intilishi doimo ijobiy, deb baholanadi. Chunki, bunday holatda korxonalar moliyalashtirish manbalarini qaerdan olish kerak, degan muammoga ro‘para kelmaydi va ularning bankrot bo‘lish xavf-xatari kamayadi.
Korxonalar tomonidan investitsiyalarni o‘z xisobidan
moliyalashtirishning boshqa ijobiy tomonlari ham bor. Xususan, o‘z-o‘zini moliyalashtirish korxonaning rivojlanganligidan va uning yaxshi moliyaviy xolatda ekanligidan dalolat beradi. Bunday korxonalar rakobatchilardan ma’lum bir ustunlikka ega bo‘ladi. Hayotda barcha korxonalarda bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalarida investitsion doyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etadigan o‘z mablag‘lari manbai − bu, asosan, sof foyda va amartizatsiya ajratmasi xisoblanadi.
Sof foydadan samarali foydalanishda korxonalarning ayni paytdagi va istikboldagi texnik xolatini hamda mehnat jamoasining ijtimoiy xolatini yaxshi bilmoq muhimdir. Foydani korxona oldida turgan iqtisodiy va sotsial muammolar darajasiga asoslangan holda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Maboda korxonaning texnik rivojlanish darajasi past bo‘lsa va bunday holat rakobatbardosh maxsulot ishlab chikarishga to‘sqinlik qilib, oqibatda korxonani bankrotlikka olib kelishi mumkin bo‘lsa foydani − ishlab chiqarishni texnik rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shuningdek, korxonadagi sotsial masalalar (uy-joy, dam olish uyi, bog‘cha qurish va hokazolar) hal qilingan bo‘lsa, bunda holatda ham foydani ishlab chikarishni rivojlantirishga yo‘naltirish kerak bo‘ladi.
Foyda − korxonaning istikbolda rivojlanishini ta’minlashda asosiy manba bo‘lmog‘i lozim. Ishlab chikarishning rivojlanishi, oxir okibatda korxona foydasi hajmining o‘sishiga, korxona jamoasining sotsial muammolarini xal etishga va korxona investitsiya imkoniyatlarining kengayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishda amortizatsiya ajratmalari muxim manbalaridan biri xisoblanadi. Ular ishlab chikarishni kayta tashkil qilib kolmay, balki ma’lum darajada ularni kengaytirishga xam muljallangan bo‘ladi.
Rivojlangan mamlakatlarida amortizatsiya − korxona investitsiya extiyojining 70-80%ini kondiradi. O‘zbekistonda ham amortizatsiya ajratmalariga, investitsiyalarni moliyalashtirishda muhim manbai sifatida qaraladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, amortizatsiya ajratmalari investitsion loyihalarni moliyalashtirishda boshka manbalarga nisbatan ustunlikka ega. Chunki, u manba sifatida korxonaning xar kanday moliyaviy xolatida ham o‘z o‘rniga ega va doimo korxona ixtiyorida bo‘ladi.
Investitsion faoliyatini moliyalashtirishda korxonaning o‘z mablaglari yetarli bo‘lmagan holatlarda, korxona mablag‘larni − qimmatli qog‘ozlar chikarish yoki bank krediti orkali jalb kilishi mumkin.
Investitsion loyixalarni moliyalashtirishning keng tarkalgan va moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri − qimmatli kogozlarni emissiya kilish xisoblanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xarid kilinadigan qimmatli qog‘ozlar ichida keng tarqalgan turi − aksianerlik jamiyatlari tomonidan chikariladigan aksiyalardir.
Kimmatli kogozlar chikarish, investitsiyalarni moliyalashtirishda markazlashgan mablag‘lar va bank kreditlarining hissasining pasayishiga olib keladi.
Qimmatli qog‘ozlar va kredit bozori pul mablag‘lariga extiyoji bo‘lgan korxonalarga pul mablag‘larini taqsimlab korxonalarning moliyaviy holatini barqarorlashtiradi.
Korxonalar investitsion faoliyatga aksiyadan tashqari obligatsiyalarni chikarish yo‘li bilan ham mablag‘larni jalb etishadi. Obligatsiyalarni chiqarish va ularni joylashtirish bir muncha qisqa vaqt ichida korxonalarga zarur mablag‘larni to‘plash imkonini beradi.
Obligatsiyalar bo‘yicha operatsiyalar aksiyalarnikiga nisbatan kamroq xavf-xatarga ega. Shu sababdan obligatsiyalarga to‘lanadigan foiz aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividendga nisbatan pastroq bo‘ladi. Korxonalar uchun obligatsiya chikarishga nisbatan, aksiya chikarish qo‘layroq hisoblanadi. Chunki, olinadigan sof foyda mikdoriga qarab, aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividend miqdorini o‘zgartirishi mumkin, obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan foiz katiy belgilangan bo‘ladi.
Investitsion loyixalarni moliyalashtirishda − bank kreditlari, sug‘urta kompaniyalaridan olinadigan karzlar, budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi taqdim etadigan kreditlar muhim rol o‘ynaydi.
Investitsion loyixalarni kredit asosida moliyalashtirish − faoliyat yuritayotgan korxona uchun ma’kul hisoblanadi. Chunki, ishlab turgan korxona aktivlari, ushbu, kreditlarning kaytarilishiga garov bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Yangi tashkil etilayotgan korxona uchun esa investitsion loyixalarni moliyalashtirishda − aksionerlar kapitalidan foydalanish maksadga muvofiqdir. Chunki, yangi tashkil etilgan korxonalar uchun bank kreditidan foydanish yuqori xavf-xatar bilan bog‘liq bo‘ladi. Korxona kreditni kaytarish uchun yetarli darajada moliyaviy resurslar bilan yoki boshka aktivlar bilan ta’minlanmagan bo‘lishi mumkin. Likvidlik masalasi bilan bog‘liq bunday vaziyatda yangi korxona og‘ir holatga tushib koladi.
Yangi korxonalarga kredit berish yuqori darajada xavf-xatar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli banklar investitsion loyixa yaxshi texnik – iqtisodiy asoslanganda xam yukori foiz stavkasida kredit berishlari mumkin.
Bank tomonidan olinadigan foizlar − beriladigan kreditning xajmi, muddati, uning ta’minlanganligi, kreditlash shakli, kreditning xavf-xatar darajasi va boshkalarga bog‘lik tarzda differensiyalashadi.
O‘zbekistonda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda muhim manbalardan biri bo‘lib xorijiy investitsiyalar xisoblanadi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri va porfelli shakllarda jalb etiladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirishda, tarmoqlarni modernizatsiya qilishda, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirishda ularning roli oshib bormoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekistonga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalarning 73-74 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Download 35.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling