1. Logistika tizimining marketing bilan bog‘liqligi
Download 86.21 Kb.
|
8 Logistika tizimining marketing bilan bog‘liqligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Logistika tizimining marketing bilan bog‘liqligi.
LOGISTIKA TIZIMINING MARKETING BILAN BOG`LIGI REJA: 1. Logistika tizimining marketing bilan bog‘liqligi, 2. «Tijorat logistikasi» - tijorat faoliyati sohasidagi logistik faoliyat 3. Logistikaning tizimli tahlili marketing quroli Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1.Logistika tizimining marketing bilan bog‘liqligi. Logistika tizimi boshqarish vazifalari bilan uzviy bog‘liq. Lekin logistika tizimiga eng katta tahsir ko‘rsatadigan vazifalardan biri - marketing siyosati va taktikasi. Logistika tizimining servis chegaralarini marketing talablari aniqlaydi. Marketing taktikasi bevosita logistikaning xarajat ko‘rsatkichlariga tahsir qiladi. Ishlab chiqarishning assortiment bo‘yicha ixtisoslashishi marketing yordamida sezilarli darajada rivojlanadi. Mahsulot assortimenti qancha ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarishning har bir doirasi, buyurtmalar bilan ishlash, zaxiralarni nazorat qilish va boshqarish vazifalari murakkablashib ketadi. Mahsulot assortimenti taqsimlash muammolarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Masalan, mahsulotning asosiy modelini texnologik davr qo‘shimcha xarajatlari hisobiga kamaytirish jarayonida o‘zgartirish mumkin. Bu holda ishlab chiqarish uchun kerakli bo‘lgan xomashyo, materiallar va komplektatsiya qismlari assortimenti kamayadi. Lekin, ko‘pincha mahsulotlar faqat marketing talablariga asoslanib ishlab chiqariladi. Unda ko‘p hollarda tabiiy taqsimlanish bahosiga qanday tahsir qilinishi hisobga olinmay, mahsulotlar o‘zgarishiga olib keladi. Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishga joriy qilish, odatda, tabiiy taqsimlanish jarayonida kutilmagan xarajatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, avval ishlatilmagan yangi xomashyo turlariga ehtiyoj paydo bo‘lishi mumkin. Hattoki, faqat o‘rami o‘zgargan mahsulot tahminot doirasi uchun yangi assortiment birligi deb hisoblanadi. Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, har bir assortimentning o‘zgarishi xarajatlarning o‘sishiga olib kelavermaydi. Ayrim hollarda ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi ortishi, mehnatni tashkil qilishning yaxshilanishi mumkin, bular orqali anchagina mablag‘ va mehnat tejalishi mumkin. Assortimentning kengayishini rejalashtirish, zaxiralarni boshqarish, xarajatlarni kamaytirish doiralarida korxonalar oldiga qo‘yilgan vazifalarni murakkablashtiradi. Amerika va yapon kompaniyalarining assortiment siyosatini solishtirsak, ancha farq qilishini ko‘ramiz. Yapon kompaniyalari modellarni cheklangan miqdorda ishlab chiqaradilar. Ayrim komplekt qiluvchi mahsulotlar, masalan, avtomashinalarga o‘rnatiladigan konditsionerlar (namunaviy o‘lchovda bo‘ladi), avtomashinalarga sotishdan oldin dilerlar tomonidan o‘rnatiladi. Amerikalik ishlab chiqaruvchilar esa istehmolchilarni har bir modelning turli xillari bilan tahminlaydilar, hattoki maxsus buyurtmalarni ham bajaradilar. Bunday assortiment siyosati xarajatlarning ortishiga olib keladi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, rejalashtirish va nazorat qilishni murakkablashtiradi. Logistika tizimining holati taqsimlanish kanalini tanlashda katta ahamiyatga ega. Logistika qiymatiga oid tahlil ko‘pincha xarajatlarni kamaytirish yo‘llarini topish uchun qilinadi, bu tahlil tahsirida ro‘y bergan o‘zgarishlar marketingga katta tahsir ko‘rsatadi. Masalan, omborlar sonini kamaytirish, zaxiralar miqdorini kamaytirish, transportning arzonroq turlariga o‘tish hisobiga xarajatlarni kamaytirish xizmat ko‘rsatish sifatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Logistika tizimini tahlil qilish asosida marketing xizmati taqsimlanish jarayonining maqsad va vazifalarini aniqroq belgilaydi. Logistikaning tizimli tahlili marketing quroli bo‘lib, xizmat ko‘rsatish andozalarini o‘rnatadi Logistik faoliyatni amalga oshirish korxonadagi boshqa turdagi faoliyatlar bilan chambarchas bog‘liq. Logistik funksiyalar tez-tez turli xil bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, korxonaning bir bo‘linmasi materiallarni sotib olish bilan, boshqasi – zaxiralarni saqlash, uchinchisi – tayyor mahsulotni sotish bilan shug‘ullanadi. Bunda alohida bo‘linmaning maqsadlari, asosan, tashkilot moddiy oqimining ratsional maqsadlari bilan mos kelmaydi. Logistika va marketing. Logistika bilan marketingning o‘zaro bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. Masalan, marketing xizmati tomonidan hal qilinadigan korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot assortimentini boshqarish va xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish logistik bo‘linmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Logistika va ishlab chiqarishni rejalashtirish. Korxonada logistika xizmati ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bu ishlab chiqarishni, xom ashyoni, materiallarni, ehtiyot qismlarni ma’lum miqdorda va sifatda vaqtida yetkazib berilishiga tobe’ligi bilan asoslanadi. Korxonani boshkarishda marketing faoliyati, xammadan avval, ishlab chikarishni muljallangan foydani olishga imkon beruvchi rakobatbardosh maxsulotlar ishlab chikarishga muljallanganligini yana asoslash uchun boshkarishga, bozor talabini xisobga olishga yunaltirilgan. Boshkaruv tizimi sifatida asosiy tamoyillar kuydagilardan iborat: · eng yangi rakobatbardosh maxsulotlar ishlab chikarishning ishlab chikarilayotgan yoki modernizatsiya kilinayotgan maxsulotlar bilan samarali biriktirishga yunaltirilgan korxonaning faoliyat kusatishi va rivojdlanishi belgilangan maksadlari va strategiyalarini tanlash; * korxonaning potensial imkoniyatlari va ishlab chikarish rezervlaridan eng yaxshi foydalanishga muljallangan marketingdasturlarini ishlab chikish; Tamoyillarga muvofik kuydagilar marketingning asosiy vazifalari buladilar: * sifatga, texnik-iktisodiy ulchamlarga, maxsulotlarni ekologik, ergonomik bozor extiyoji, xaridorlar surovlari talabalarini kompleks xisobga olish; * iktisodiy xisob-kitoblar: maxsulotlar kiymati, kiritilgan sarmoyalardan samarali foydalanish, ishlab chikarishni moddiy, moliyaviy va sexnat resurslari bilan ta’minlash imkoniyatlari, foyda darajasi asosida ishlab chikarishning eng ma’kul tuzilmasini yaratish; Download 86.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling