1. Lugʼaviy jihatdan "competence" tushunchasi qanday maʼnoni ifodalaydi?


Download 97.5 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1125287
  1   2
Bog'liq
YN savollar (Ijodiy ta\'lim)


1. Lugʼaviy jihatdan “competence” tushunchasi qanday maʼnoni ifodalaydi?
2. Kasbiy faoliyatni amalga oshirishda mutaxassis tomonidan oʼzi uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma, malakalarning egallanishi va ularni amalda
yuqori darajada qoʼllay olishi qanday sifatni ifodalaydi?
3. 1) murakkab jarayonlarda; 2) raqobatchilar bilan kurashishda; 3) noaniq vazifalarni bajarishda; 4) bir-biriga zid maʼlumotlardan foydalanishda; 5) har qanday vaziyatda ham yutuqqa erishishga intilishda; 6) kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega boʼla olishda. Kompetentlik yaqqol namoyon boʼladigan holatlarni belgilang.
4. А.K.Markovaning fikriga koʼra, pedagogda kasbiy kompetentlikning qaysi jihatlari namoyon boʼladi?
5. B.Nazarova pedagogning kasbiy kompetentligida qaysi jihatlarni ustuvor deb belgilagan?
6. Kasbiy kompetentlik sifatlarini belgilang.
7. Ijtimoiy munosabatlarda faollik koʼrsatish koʼnikma, malakalariga
egalik, kasbiy faoliyatda subʼektlar bilan muloqotga kirisha olish. Bu holatlar pedagogda qanday kompetentlik mavjudligini ifodalaydi?
8. Psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik. Ushbu tarkibiy asoslar pedagogga xos qanday kompetentlikka xos?
9. Izchil ravishda kasbiy oʼsishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda oʼz ichki imkoniyatlarini namoyon qilish negizida pedagogga xos qanday kompetentlik aks etadi?
10. Kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilgʼor texnologiyalarni oʼzlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish pedagogga xos kompetentlikning qaysi sifatini ifodalaydi?
11. Favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, toʼgʼri harakatlanish malakasiga egalik. Ushbu malakalarga egalikni ifodalovchi kompetentlikka xos sifat – bu ...
12. Pedagogning oʼz ustida ishlashi necha bosqichda kechadi?
13. Oʼz ustida ishlaganda pedagogning yutuqlarini boyitish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq qarorga kelishi qaysi bosqichda roʼy beradi?
14. Oʼz ustida ishlashning 1-bosqichida pedagog tomonidan qanday harakatlar tashkil etiladi?
15. Pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan oʼz amaliy harakatlari mohiyatining oʼrganilishi – bu ...
16. Shaxsning oʼz-oʼzini tahlil qilishi orqali oʼziga baho berishi qanday nomlanadi?
17. Shaxsning oʼzini oʼzi samarali baholashiga qanday omillar taʼsir koʼrsatadi?
18. Shaxsning oʼz-oʼzidan qoniqishi yoki qoniqmasligi nimani belgilaydi?
19. OʼOʼB A) yutuqlar/oʼzini yuqori baholashga intilish (yoki OʼOʼB A) Yu / OʼYuBI). Ushbu formula yordamida qanday jarayon amalga oshiriladi?
20. Shaxsning oʼzida kasbiy tajriba, malaka, mahoratni takomillashtirish yoʼlida aniq maqsad va puxta oʼylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi qanday nomlanadi?
21. Har bir shaxs yoki mutaxassisning oʼzida maʼlum sifat, BKM, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlari asosida
ishlab chiqilgan shaxsiy xarakterdagi dastur qanday nomlanadi?
22. Biror bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, oʼta mohirlik bilan bajarish qanday nomlanadi?
23. Pedagogning pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va subʼektiv jihatdan oʼta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish va boshqarish qobiliyati, koʼnikma-malakasiga egaligi ... deb nomlanadi?
24. Pedagogik odob; pedagogik bilimdonlik; pedagogik qobiliyat; pedagogik muloqot madaniyati; pedagogik relaksatsiya; kommunikativ taʼsir koʼrsatish qobiliyati; pedagogik takt (nazokat); pedagogik texnika; nutq texnikasi; pedagogik ijodkorlik; pedagogik tajriba; pedagogik madaniyat. Ular nimaning tarkibiy qismlari?
25. Pedagogning oʼz oldiga oʼziga, kasbiga, jamiyatga, talabalarga va taʼlim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatda boʼlishiga qoʼyadigan axloqiy talablari tizimi qanday nomlanadi?
26. Pedagogik odobning asosiy shakllarini koʼrsating.
27. Pedagogning oʼquvchilar, ularning ota-onalari, pedagogik jamoa, jamiyat tomonidan eʼtirof etilgan axloqiy maqomi qanday nomlanadi?
28. Pedagogga xos boʼlib, pedagogik faoliyatni oqilona tashkillashtirish va olib borilishiga imkon beradigan, amaliy vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ahamiyatli boʼlgan xususiyatlar qanday nomlanadi?
29. Didaktik qobiliyat; akademik qobiliyat; pertseptiv-pedagogik qobiliyat; nutq qobiliyati; tashkilotchilik qobiliyati; avtoritar qobiliyat; kommunikativ qobiliyat; pedagogik xayolot; diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. Pedagogik qobiliyatning ushbu turlari kim tomonidan guruhlangan?
30. Pedagogik muloqot uslublarini koʼrsating.
31. Talabalarning hissiy faoliyati, ruhiy-jismoniy quvvati va ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash qanday nomlanadi?
32. Talabaga hurmat bilan munosabatda boʼlish; talabchanlik; suhbatdoshni qiziqish (diqqat) bilan tinglay olish va qaygʼurish malakasi; ruhiy barqarorlik, dadillik, ogʼir vazminlik; munosabatlar jarayonida ishonch bilan soʼzlay olish; qatʼiyatlilik (qaysarlik emas); talabalarga eʼtiborli, hushyor boʼlish. Ushbu asosiy koʼrinishlar nimaga xos?
33. Oʼzini oʼzi hissiy boshqarish; pantomimika; mimika; jest (qoʼl, oyoq harakat)dan oʼrinli foydalanish; nutq texnikasi; alohida soʼz yoki ifodalarni ifodalash surʼati (ritmika). Ular nimaning asosiy turlari sanaladi?
34. V.А.Suxomlinskiyning fikriga koʼra, qosh-qovoqni uyub yurmaslik; boshqalarning kamchiliklari, nuqsonlarini oshirib koʼrsatmaslik; hazil-mutoyibaga moyil boʼlish; xushmuomala boʼlish va kelajakka ishonch bilan qarash. Ular qanday holatning muhim shartlari sanaladi?
35. Shaxs ichki kechinmalari, oʼy-fikrlari, xarakterining gavda harakati va
imo-ishoralar yordamidagi ifodasi qanday nomlanadi?
36. Shaxsning yuz muskullari harakatlari orqali oʼz fikri, his-tuygʼulari, kayfiyati va mavjud voqelikka nisbatan munosabatini ifodalashi qanday nomlanadi?
37. Nutqni tinglovchiga yetkazishda qoʼllaniladigan vositalar majmui qanday nomlanadi?
38. Kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida pedagog tomonidan orttirilgan bilim, koʼnikma va malakalar majmui qanday nomlanadi?
39. Pedagogning maʼnaviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi koʼrinishi oʼrtasidagi oʼzaro uygʼunlik, mutanosiblik nimani ifodalaydi?
40. “Kreativlik” tushunchasining lugʼaviy maʼnosi – bu...
41. Individning yangi gʼoyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiradigan ijodiy qobiliyati qanday nomlanadi?
42. Muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va oʼzgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning oʼzaro qarama-qarshiligiga nisbatan taʼsirchanlik. Kreativlikni ifodalovchi ushbu holatlar kim tomonidan asoslangan?
43. Ijodiy yoʼnalganlik, mantiqiy fikrlay olish, eruditsiya (bilagʼonlik), boy tasavvur, ijodiy taʼsirchanlik va tashabbuskorlik, oʼz ijodkorligini toʼla-toʼkis namoyish etish, refleksiya qobiliyati, hissiyotga boylik, mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi. Ular nimaning negizida aks etuvchi sifatlar sanaladi?
44. Oʼzini tavakkal qilishdan olib qochish; fikrlash va xatti-harakatlarda qoʼpollikka yoʼl qoʼyish; shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; boshqalarga tobe boʼlish; har qanday holatda ham faqat yutuqni oʼylash. Ular qanday omillar sanaladi?
45. Pedagog kreativ potentsialining tarkibiy asoslarini koʼrsating.
46. Muammoli xarakterga egalik; ijodiy yoʼnaltirilganlik; imkoniyatlarni oshirib borish; individuallikka erishish; kreativlikning yorqin namoyon boʼlishi; bir butunlik, izchillik va tizimlilik; shaxsning individual xususiyatlari va hayotiy faoliyatda orttirgan sifatlarining oʼzaro uygʼunligi. Ushbu tamoyillar qanday sifatni belgilashga xizmat qiladi?
47. Pedagogning kreativ potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlarni koʼrsating.
48. Pedagogning anʼanaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda taʼlim
va tarbiya jarayoni samaradorligini taʼminlashga xizmat qiluvchi yangi gʼoyalarni yaratishi, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga boʼlgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati qanday nomlanadi?
49. Shaxsning kreativ faoliyatini baholovchi testlar necha turga boʼlinadi?
50. Pedagogning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob va muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiradigan suhbati qanday nomlanadi?
51
Ijodkorning muhim hususiyati – bu……………..
52
Kreativ taʻlimning maqsadi -
53
Pedagogik kreativlik oʻqituvchining anʻanaviy tafakkuridan quyidagi hususiyatlar bilan farqlanadi?
54
Kreativ pedagogning ijodiy salohiyatga ega boʻlish uchun oʻqituvchi oʻz eʻtiborini quyidagilarga qaratishi kerak:
55
Kreativ pedagogning ish faoliyati koʻp qirrali jarayon boʻlib,u nechta prinsipga bo’linadi?
56
Kreativlik – bu….................
57
Divergent fikrlash bu-………?
58
Intuitiv -……………….
59
Diskursiv (maʻruza) - ………….
60
Diskursiv (ma’ruza) da qaysi metodlardan foydalanish mumkin?
61
evolyusion metodlar deb qanday metodlarga aytiladi?
62
belgilovchi metodlar deb qanday metodlarga aytiladi?
63
KWHL (bilasizmi?, bilishni xohlaysizmi?, qanday bilib olsam boʻladi?, nimani oʻrganib oldim?) – …………………..
64
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror qachon qabul qilingan?
65
Madaniyat vazirligini boshqargan taniqli siyosatchi Maykl D. Xiggins qayerlik bo’lgan?
66
"Anʻanaviy pedagogika, bu oʻqituvchining obroʻsiga va bilimlarni oʻqituvchidan talabaga oʻtkazish printsipiga asoslangan munosabatlar bilan tavsiflanadi, uni qabul qilishga tayyor, endi zamonaviy maktablar uchun tobora kamroq qoʻllanilmoqda. " bu fikrlar kimga tegishli?
67
Qaysi davlat hukumati oʻzining taʻlim tizimini "mamlakatni global kreativlik markaziga aylantirishga qaratilgan ulkan, ammo erishib boʻladigan maqsad" ni belgilamoqda?
68

Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling