1-M. Psixologiya mustaqil fan sifatida P


Download 82.25 Kb.
bet1/12
Sana19.02.2023
Hajmi82.25 Kb.
#1214826
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Psixologiya mustaqil fan sifatida Psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari, Psixika va ong


1-M. Psixologiya mustaqil fan sifatida Psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari, Psixika va ong.
Reja:

  1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari.

  2. Metod haqida tushuncha

  3. Psixologik tadqiqot metodlari

  4. Psixika haqida tushuncha.

  5. Ong taraqqiyoti va ongsizlik. (Z.Freyd nazariyasi)

  6. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi ( Nerv tizimi).

  7. Endokrin tizimning inson organizmi va xulq-atvoridagi ahamiyati.



Tayanch so’z va atamalar: Psixologiya, umumiy psixologiya, «psyuxe», jon, ruh, «logos», psixika, instinkt, xulq-atvor, psixologiya sоhalar, psiхоlоgiya fanining taraqqiyoti tariхi, sixologiya fanining yirik ilmiy yo’nalishlari va maktablari, Metod: asosiy: kuzatish, eksperiment, yordamchi: suhbat, so`rov, test, korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o`rganish, egizaklar, B.G.Ananev bo`yicha metod turkumi, Ong taraqqiyoti va ongsizlik.


Psixologiya fanining predmeti va vazifalari. Atrofimizdagi ob’ektiv olam turli fanlarning o’rganish ob’ekti va predmeti bo’lib xizmat qiladi. Real dunyoda haqqoniy psixikaga ega yoki uni tashuvchi barcha narsa ularning ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Predmeti esa – psixika, uning barcha shakl va faoliyat ko’rinishlari: psixikaning yuzaga kelish qonuniyatlari, shakllanish, faoliyat va namoyon bo’lish, hamda uning ayrim fenomenlaridir.
Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda – ta’limot, jon bilim to’g’risida («psyuxe» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi. Bu fan eng avvalo inson va insonlarning turli xil ijtimoiy guruhlarining psixik hayoti hamda faoliyati qonuniyatlari to’g’risidagi fandir. Psixologiya fan sifatida psixikaning qonuniyatlarini va mexanizmini, dalillarini o’rganadi (A.V.Petrovskiy).
Psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi.
Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks etishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi (V.Karimova).
Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ong tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiyaning ob’ekti bo’lib nafaqat odamlar, insonlar balki oliy rivojlanishga ega hayvonlar ham xizmat qiladi, ularning psixik hayotini psixologiyaning tarmoqlaridan zoopsixologiya o’rganadi. Biroq an’anaviy ravishda psixologiyaning asosiy ob’ekti insondir. Unda,

Psixologiya – bu insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda ularning psixikasini namayon bo‘lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati to‘g‘risidagi fan.



Download 82.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling