1. Mahallaning tarixi va rivojlanish bosqichlari. Mahalla davlat va jamiyat taraqqiyotining omili


Bolani rivojlanishida mahallaning o’rni


Download 43.86 Kb.
bet5/6
Sana08.01.2022
Hajmi43.86 Kb.
#243082
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Men ishtiomiy pedagogika

Bolani rivojlanishida mahallaning o’rni.

Avvalgiday, jamoa o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. Hozirda mahalla maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar bilan yaqin hamkorlik olib borib, ularga binolarni ta’mirlashda, tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish ishlarida yordam ko‘rsatadi. Mahalla qo‘mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko‘rib chiqiladi. Yoshlarga ta’sir ko‘rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari, jamoani nazorat qilishning an’anaviy usuli ham saqlanib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko‘chadagi yurish-turishini nazorat qilishdir. Ular har qanday odamga tanbeh berishlari mumkin, biroqbu ishpni doimo ularning hurmatini saklagan hodda amalga oshiradilar. Ota-onalarning bunday munosabatni qadrlashi tahsyanga sazovor. Shuning uchun "mahalla — sening ham otang, ham onang" degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon bo‘ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o‘zligini anglash jarayonini faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Sobiq Sovet itgifoqi davrida bu kabi an’analar to‘liq yo‘qolib ketmagan, balki ayrim oilalarda o‘ziga xos tarzda saqlanib qolgan va yoshlarga berilgan. Bu. ayniqsa, hayotning an’anaviy turadush tarzini saqlab kelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo‘lgan. Mahalla fuqarolarining goqori savodxonlik va madanmy darajasi (yosh va o‘rta avlod, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega) badiiy ijodning keng rivojlanishi, marosimlar o‘tkazishda ma’naviy o‘z-o‘zini ifodalashning keng imkoniyatlarini ko‘zda tutadi.

Shuni ta’kidlash joizki, etnik an’analar va marosimlarning tiklanishida, avvalo, oiladagi katta avlod, shuiingdek, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, televidenie katta o‘rin tutadi.

Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormoqda. Biroq yoshlar tarbiyasida muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga to‘sqinlik qiladigan bir qancha holatlar ham yuzaga kelmoqda. Yoshlarning savdo-sotiq qilishga va boshqa tijorat ishlariga sho‘ng‘ib ketishi ularning o‘qishga va bilim olishga bo‘lgan intilishlariga, ijtimoiy munosabatlarga kirshshiilariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ba’zi hollarda muallimlar o‘quvchilarni to‘liq tarbiyalash imkoniyatidan mahrumdirlar Buning sababi, ularning boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanishlaridadir.

Jamiyatni demokratiyalashtirishning mazkur bosqichida yoshlar faoliyat turini tanlashda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq ular bu imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayaptilar, So‘nggi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susayib bormoqda. Dinning ta’siri kuchaydi, natijada yoshlar mafkuraviy sohada noto‘gri, ekstremistik yo‘nalishlarga kirib qoldilar. Mahalla tarbiyasining an’anaviy usullaridan foydalanib yesh avlod bilan yanada faol ish olib borish, ularda hozirgi jamiyat talablariga muvofiq keladigan dunyoqarash va axloqiy tamoyillarni hosil qilish kerak.

Mahalla azaldan nafaqat o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ularda ijtimoiy fikrni shakllantirgan ham, Qo‘shnilar o‘rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek, oilaviy janjallar mahalla qo‘mitalari faollari tomoyaidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko‘pincha qaynona-kelin, yosh kelin-kuyovlar orasidagi janjallar ko‘p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo‘mitasi suhbat o‘tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo‘lmasa, bu holat bilan mahalla qo‘mitasi shug‘ullanadi. Odatda, o‘sha joyning o‘zida muammo hal qilinadi. Shuniig uchun ajralishlar soni ko‘p emas. So‘nggi paytlarda uy ishlari bilan band ayollar va yosh ollalar bilan ishlash faollashdi, ularli kasb-hunarlarga o‘rgatmsh ishlari olib borilmoqda. Harbyay qo‘mitalar muddatli xarbiy xizmatga yigitlarni tailab odish jarayonida ham mahallalarning faol yordamiga tayanishadi. 1999 yilning 14 aprelda O‘zbekiston Respublikasining ;'Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari haqida"gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unda yana bir marta fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishi asosida tarixiy taraqqiyot xususiyatlari, milliy va ma’naviy qadriyatlar, mahalliy odat va an’analar yotishi ta’kidlandi. Bundan tashqari, ushbu qonunda mahallaning vazifalari aniq qilib belshlab qo‘yilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari, mahallaga yangi vazifalar; tijorat va maishiy xizmat ko‘rsatishni, hududning tozalik holatini, aholidan soliqlarni o‘z vaqtida topshirilishkni nazorat qilish ham belgilangan. Davlat mahallaga avval mahalliy kengashlar bajargan vazifalarni yuklamoqla. Bu esa mahalla qo‘mitalari d.avlat tuzilmalariga aylanayotganligidan dalolat beradi.

Mahallaning ijtimoiy hayotida so‘nggi o‘n yillarda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirgan qo‘shnichilik munosabatlari muhim o‘rin tutmoqda. Oilaviy muhitnint individuallashuv jarayoni jadal sur’atlar bilan shakllanmokda. Shu bilan birga, yaqin qo‘shnichilik munosabatlari o‘zbek oilasining qadriyatlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Bu, avvalombor, xo‘jalik ishlarida, bolalar tarbiyasida, moddiy qiyinchshshklar yuz bergan.'vaziyatlarda yordam ko‘rsatishda o‘z aksini topmoqda. Buning asosida esa ma’naviy yaqinlik paydo bo‘ladi: kundalik axborot almashinuvi, mahalladagi muammolari muhokamasi, birgalikda hordiq chiqarish va hokazo. Shu tarzda maxalladagi eng kichik guruhlardan biri — qo‘shnichilik guruhi paydo bo‘ladi.

Mana shu guruh bilan bir qatorda qarindoshlik aloqalari ham mavjud. Qarindoshlik munosabatlari o‘zbeklarning oilaviy qadriyatlari tizimida hali ham birinchi o‘rinda turadi.

O‘zbeklarning ijtimoiy hayotidagi muhim hodisalardan biri erkaklar birlashmalari gap, gashtak, ziyofat bo‘lib, ularning maqsadi bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdir. Har bir yosh guruhi o‘zining o‘zaro munosabat shaklini tuzishga harakat qilgan. Qadimda Toshkentda to‘qma va gap ommaviy tusga ega bo‘lgan. Ular hosil yig‘im-terimi yakunlangan kuzgi-qishki davrda o‘tkazilgan.

To‘qmada erkaklar har kuni bir-birlarining uyida to‘planishgan va har kim qo‘lidan kelganini shxib ke.lgan. Buning hammasi "umumiy qozon"gasolingan. O‘zlari taom tayyorlaganlar, o‘zlari uy yig‘ishtirganlar, namoz o‘qiganlar, o‘zaro fikr almashganlar, turli mavzularda suhbatlashganlar. To‘qmadan farqli o‘laroq, gap haftada bir marta, odatda, juma kunlari ishtirokchilardan birining uyida o‘tkazilgan. Har bir gapda saylangan raqbar va ishtirok etish qoidalari mavjud bo‘lgan. Qoydabuzarlar gapdan chetlashtirilgan. Ziyofat xarajatlarini mezbon ko‘targan.

XX asrning 30-yillarida namoz o‘qigan va diniy adabiyotlarni mutolaa qilgan odamlarni qamash boshlanganligi sababli gashtakda to‘planish xavfli bo‘lib qolgan. Ikkinchi jahon urushi yillaridagi moddiy qiyinchiliklar qam gagchar o‘tkazilmasligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Faqatgina XX asrning 50 — 60 yillariga kelib gaplar asta-sekin tiklana boshladi. Biroq bu gaplar ilgarigilaridan biroz farq qilar edi. Avvalo, endi ayollar orasida ham gap tashkillashtirila boshladi. Hozirda erkaklarnikidan ko‘ra ayollarning gaplari ko‘proq tarqalgan. Oilaviy gaplar, avvalambor, sinfdoshlar, kursdoshlar orasidagi gaplar, shuningdek, kasbiy gaplar ham ommaviylashib bormoqda. Gaplarning ijobiy xususiyatlari bilan birgalikda ularda salbiy jihatlar ham mavjud bo‘lib, bular isrofgarchilik va ichkilik bilan bog‘liq. Bundan tashqari, kitoblar mutolaasi hamda mazmunli suhbatlar tan olinmay qolgan holatlar ham kuzatilmoqtsa. Avvalgilaridan farqli ravishda hozirgi gaplar yil davomqda o‘tkaziladi. To‘y paytida gap ishtirokchilari to‘y egasiga yordam ko‘rsatishadi. Ular ulfatlarini qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlashadi. Har bir gapning o‘ziga xos daragi, nomi va shuhrati bor. Insonni, ayniqsa, yoshlarni qaysi gapga a’zo bo‘lganidan u qanaqa tarbiya olganini aniqlasa bo‘ladi. Aellar orasidagi gaplar XX asrning 60 ~ 70 yillarida keng rivojlana boshladi. Bu mahalladagi qo‘shnilarning birlashmasi bo‘lib, bunda ishtirokchiking yotssh inobatga olingan bo‘lib, har bir mahallada o‘rta yoshli va yosh ayollar (asosan, kelinlar) birlashmalari mavjud bo‘lgan. Yaqin qarindoshlar orasidagi gaplar ham keng tarqala boshladi. Odatda, bunda yoshi eng ulug‘ ishtirokchi rahbar bo‘ladi. Bunday gaplarga ayollar farzandlarini ham olib kelishlari mumkin. So‘nggi vaqtlarda oilaviy gaplar paydo bo‘ldi. Ularda erkaklar o‘z xotinlari bilan birgalikda ishtirok etishadi. Bu gaplar sinfdoshlar yoki kursdoshlarning gaplari sifatida boshlanib, keyinchalik uylangan yigitlar gapga oilaviy kela boshlaydilar. Bu gaplar umumiy qoidapar asosida mavjud bo‘lib, birmuncha kam uchraydi.

O‘rta va katta avlod ayollari o‘rtasida to‘planishning boshqa shakllari ham mavjud bo‘lib, bular mushkulkushod va mavlud. Ushbu diniy marosimlar so‘nggi yillarda Toshkent mahallalarida ochiq-oydin o‘tkazilmoqda. Mavlud yoki mushkulkushodga to‘plangan ayollar diniy marosimlarda ishtirok etish, balki birga muloqotga kirishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o‘z o‘rnini topgan. Milliy va etnik an’analarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston siyosati bu an’anaviy institutning yanada samarali faoliyat yuritishiga yangi zaminlar yaratdi.

XULOSA

Mahalla – O‘rta Osiyoda shaharlar ichidagi hududiy birlik bo‘lib, u bizga o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan. Arablar istilosi va islom dini qabul qilinganidan ancha ilgari paydo bo‘lgan mahalla cheklangan hududda istiqomat qiluvchi odamlar birlashmasi bo‘lib, unda odamlar faqat qo‘shnichilik rishtalari bilan emas, balki yuzlab yillar davomida yaratilgan ichki tartib-qoida, ma‘naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar va an‘analar bilan belgilangan. SHuning uchun ham undan minglab kishilarni faol ijtimoiy hayotga jalb etishning samarali vositasi sifatida foydalanish lozim. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda mahalla institutining o‘rni va roli mavzusini tahlil qilishda quyidagi xulosalarga kelindi.

Birinchidan, O‘rta Osiyoda mahallaning vujudga kelishi, uning tarixi bu hududda ilk davlatlar paydo bo‘lgan davrga borib taqaladi. Mahallaning rivojlanish bosqichlari bu hududdagi davlatchilik taraqqiyoti bilan bog‘liqdir.

Ikkinchidan, Fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida mahalla institutining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada, Parlament tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlarida o‘z aksini topgan.

Uchunchidan, Fuqarolik jamiyatini barpo etishda mahalla instituti faoliyatini takomillashtirish davlat va jamiyat taraqqiyotining omili ekanligini bugungi kunga kelib, dunyoning rivojlangan davlatlari ham tan olishmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda mahalla institutining o‘rni va roli beqiyosdir. Dunyoning rivojlangan davlatlarining ham e‘tiboriga sazovor bo‘layotgan xalqimiz turmush tarziga xos bo‘lgan mahalla boshqaruvining hufuzi, o'rni va roli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ortsa ortadiki aslo kamaymaydi bundan tashqari o’sib kelayatgan yosh avlodga mahalla qadiriyatlar maskani ekanini tushuntirishimiz kerak.




Download 43.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling