1. Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish deganda nimani tushunasiz?


Mahalliy o’z-o’zini boshqarish qanday shartlar asosida bo’lishi mumkin?


Download 21.14 Kb.
bet2/5
Sana26.01.2023
Hajmi21.14 Kb.
#1126209
1   2   3   4   5
Bog'liq
,,,,

2. Mahalliy o’z-o’zini boshqarish qanday shartlar asosida bo’lishi mumkin?
MAHALLIY OʻZINI OʻZI BOSHQARISH — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Koʻpchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u yerda faqat Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuziladi. Mas, Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yigʻilishlar, kengashlar, qoʻmitalar va sh. k.), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari (mahalliy maʼmuriyat), yigʻinlari va boshqalar Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni amalga oshiradi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tuzilishini aholi oʻzi mustaqil belgilaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonun asosida ayrim davlat va-kolatlari berilishi mumkin, bu va-kolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham mavjud. Shaharchaqishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarsa fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari hisoblanadi (q. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari).

Keys uchun savollar va topshiriqlar.

  1. Aholining ish bilan oqilona bandligi nimani anglatadi?

Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo’lib, u mеhnat masalalari bilan bog’liq muammolarni hamda mеhnatga bo’lgan taklif va talablarni qondirish yo’llarini ochib bеradi. Ish bilan bandlik kishilarning ish joylari qayеrdaligidan qat’i nazar, ijtimoiy foydali mеhnatda qatnashish yuzasidan o’zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mеhnatga layoqatli kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mеhnatda qatnashishini ko’rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichdir. Aholining ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponеntlar bilan chеklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bеvosita yuzaga kеlgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik uning asosiy xususiyati hisoblanadi. Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo’lar ekan, uni quyidagicha ta’riflash mumkin. Ish bilan bandlik – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kеlmaydigan o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq, ularga ish haqi yoki mеhnat daromadi kеltiradigan faoliyatdir


  1. Download 21.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling