1. Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish deganda nimani tushunasiz?


Qanday mezonlar va ko’rsatkichlar asosida aholining ish bilan oqilona bandligi holatini ifodalash mumkin?


Download 21.14 Kb.
bet4/5
Sana26.01.2023
Hajmi21.14 Kb.
#1126209
1   2   3   4   5
Bog'liq
,,,,

Qanday mezonlar va ko’rsatkichlar asosida aholining ish bilan oqilona bandligi holatini ifodalash mumkin?

Aholini ish bilan oqilona bandlikni shakllanishining barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda o’z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatigaa erishish; ish joylarini ko’paytirish; iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; mehnat unumdorligining o’sishini ta’minlash; aholining mehnat daromadlarini ko’paytirish; ishsizlikni kamaytirish va boshqalar.
Mazkur mezonlar quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va yangi yaratilgan ish joylarining soni;
-bajarilgan ish vaqtining miqdori;
-aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIMning hajmi; mahalëiy va jalb etilgan mehnat resurslarining soni;
-aholining migratsion oqimi;
-mehnatni fond va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining miqdori;
-qishloq xo’jaligi har bir xodimini yer yuklanmasi;
-o’rtacha yillik ish haqi;
-aholining uy-joy bilan ta’minlanishi;
-mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi;
-asosiy fondlardan foydalanishning smenalik koeffitsienti;
-ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan shaxslar ishsizlar soni hamda ularning nafaqa miqdori;
-mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi;
-mulkchilikning turli xil shakllari va mehnatni tashkil
qilishning samaradorligi va h.k.


  1. Ishsizlar deb kimlarga aytiladi va uning darajasi qanday aniqlanadi? 

Ishsiz deb rasmiy ravishda ish bilan band bo’lmagan, lekin ishlashni xohlaydigan va ishni faol izlaydigan mehnatga layoqatli kishi tan olinadi. Ishsiz maqomini olish uchun bandlikka ko’maklashuvchi markazlardan ro’yxatdan o’tish lozim. Ro’yxatdan o’tgan kishilargina ishlashni xohlaydigan va ishni faol izlaydigan ishsiz deb rasman tan olinadi.
Ishsizlik darajasi – mehnat bozorining hozirgi paytdagi ahvoli haqida va unda muayyan vaqt mobaynida ro’y bergan o’zgarishlar to’\risida tasavvur beradigan asosiy ko’rsatkichdir.
Ishsizlik darajasi (N) davrning boshi (yoki oxiri)dagi ahvolga ko’ra tegishli sanada ishsizlik maqomiga ega bo’lgan kishilar sonining (I) ana shu sanadagi iqtisodiy faol aholi soniga (F) nisbati sifatida aniqlanadi: 
I=I/F*100% 
Ishsizlik darajasi ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishng eng muhim ijtimoiy omillaridan biri sifatida qaraladi.


  1. Download 21.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling