1. Makon va vaqt kategoriyalarining mohiyati
Download 54.53 Kb.
|
ontologiya
Dogmatizm, aqidaparastlik — tanqidiy nuqtai nazardan tekshirmay, aniq sharoitni hisobga olmay koʻr-koʻrona fikr yuritish usuli. Falsafada Dogmatizm biror tezisni falsafiy tizimga asos qilib olib, uning haqiqatligini isbot qilish shart emas deb fikr yuritishda namoyon boʻladi. Qadimgi davrda falsafada hamma narsani shubha ostiga oluvchi skeptiklarga qarama-qarshi oʻlaroq ijobiy fikr va taʼlimotni ilgari suruvchilarni dogmatiklar deb atashgan. Immanuil Kant tajriba va kuzatuv bilan hisoblashmay, inson aql-zakovati bunga haqlimi-yoʻqmi deb oʻylamay metafizik fikrlovchilarni dogmatiklar deb hisoblagan. Dogmatizm diniy taʼlimotda qat'iy, hech bir eʼtirozga yoʻl qoʻymaydigan aqidalarga rioya qilishda, fan sohasida esa, tayin tarixiy sharoitlarni hisobga olmay oʻzgarmas qonun va qoidalarni tan olishda namoyon boʻladi. Dogmatizmga asoslangan tafakkur usuli ilmiy bilishga zid, nazariya bilan amaliyotning bir-biridan ajralib qolishi natijasidir. D. hukm surgan joyda turgʻunlik, jaholat, karaxtlik, qotib qolish, mutaassiblik paydo boʻladi. Yaqin oʻtmishdagi shoʻrolar tuzumi davrida fan, falsafa, iqtisodiyot, adabiyot va sanʼat sohalarida dogmatik fikrlash usuli hukmronlik qildi. Iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar va ular ishidagi buzilishlar ilmda sotsializmning asosiy mohiyatini tashkil etuvchi tomonlar sifatida koʻrsatilar va mutlaqlashtirilar edi. Bu xulosalar esa ijtimoiy fanlarga bahslashib boʻlmaydigan dogma sifatida kiritilib, nazariy fikrlarning ijodiy taraqqiyotiga toʻsiq boʻlib qolgan edi. Shunday sharoitda kimki yangi ilmiy muammoni koʻtarib chiqsa, ijodiy fikr yuritishga urinsa, u sotsializm dushmani deb eʼlon qilinar edi. Natijada ijtimoiy fan vakillari orasida sotsialistik jamiyatni tanqidiy tahlil qilish mumkin emas, degan fikr keng yoyilgan edi. SSSR parchalangandan soʻng ilm-fan va b. nazariy hamda amaliy faoliyatda ijodiy fikr yuritish imkoniyati vujudga keldi.[1]
Sofizm (yun. sophisma — hiyla, joʻmboO — biror beʼmani fikrni asoslovchi muhokama yoki xulosa. S.da yolgon muhokama chin muhokamadek kilib koʻrsatiladi yoki mantiq qonunlarini buzib xulosa chiqariladi. Aristotel S.ni "soxta isbot" deb atagan. S. — haqiqatni yolgʻon, yolgʻonni haqiqat deb tushuntirishdan iborat boʻlib, raqibni aldash, uni notoʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirishga va shu tarzda oʻz maqsadiga erishishga moʻljallangan mantiqiy usuldir. Mana bu misolda odamning shoxi borligi shunday isbotlanadi: — Yoʻqotmagan narsalaring oʻzingda boʻladimi? — Ha. — Sen shox yoʻqotmagansan? — Ha. — Demak, shoxing oʻzingda. Sen shoxli odamsan. Mantiq ilmini yaxshi egallagan kishilar bunday hiylagarlikni osongina fosh eta oladi. S. soddadil kishilarqalbida haqiqatga, adolatga shubha uygʻotuvchi, ularni toʻgʻri yoʻldan adashtiruvchi makkorlik qurolidir. Download 54.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling