1. Makon va vaqt kategoriyalarining mohiyati
Download 54.53 Kb.
|
ontologiya
Eklektizm, eklektika (yun. — tanlovchi) — turli xil, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarash, gʻoya, nazariyalarning "eng yaxshisi"ni tanlab olishga intilish. Dastlab soʻnggi yunon falsafasida paydo boʻlgan. "E." terminini aleksandriyalik Potamon (2-asr) qoʻllagan va oʻz maktabini eklektik maktab deb atagan. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va muhim boʻlmagan, asosiy va asosiy boʻlmagan xususiyatlari, ular oʻrtasidagi bogʻlanishlar yuzaki ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bogʻlanishlariga aniq, muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shartsharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo boʻladi. Tasviriy sanʼat va meʼmorlikda E. turlituman, oʻzaro nomuvofiq badiiy unsurlarni birlashtirishdir. Odatda, yirik badiiy yoʻnalishlarning inqirozi davriga xos. E. xususiyatlari, jumladan, qadimiy Rim sanʼatining soʻnggi davri (Yunoniston, Misr, Old Osiyo va boshqalar sanʼatida oʻzlashtirilgan shakllar qoʻshilishi)da koʻzga tashlanadi. Uygʻonish davrining buyuk namoyandalari ijodining eng yaxshi tomonlarini qoʻshib mukammallikka erishish mumkin deb hisoblagan Bolonya maktabi vakillari ham E.ga moyil boʻlgan. E. turli uslublarning shakllarini toʻgʻridantoʻgʻri qoʻllagʻan 19-asr 2-yarmi meʼmorligi (ayniqsa, interyerlarni bezash) uchun ham xos boʻlgan, biroq uning meʼmoriy va bezak E.i oʻzining keng koʻlami, mohiyati eʼtibori bilan yaxlit bir "modern" uslubini shakllanishiga muhim taʼsir koʻrsatdi. 20-asr oʻrtalaridan E. anʼanalari Gʻarbiy Yevropa va Amerika badiiy madaniyatida keng tarqaldi.
Download 54.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling