Makroiqtisod nazariyasiga asosan baholarni belgilashga an’anaviy yondashish
hajmi (donada)
Jami xarajatlar va jami daromadlarning egri chiziqli bog’lanishi
Marjinal daromad va marjinal harajatlar egri chizig’i
Yuqorida keltirilgan grafik ma’lumotlaridan ham xulosa qilish mumkinki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashda asos sifatida hamma vaqt ham tannarx, ya’ni, xarajatlar olingan.
Shu borada jahon amaliyotida baho belgilash usuli sifatida juda keng va samarali qo’llanilib kelinadigani - “xarajatlar - plyus” usulidir. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va muvaffaqiyatli yuritish uchun ham alohida e’tiborga olinadigan usul – “xarajatlar - plyus” usulidir.
Shu bilan birgalikda e’tirof etish joizki, turli xil xo’jalik yurituvchi subyektlar o’z mahsulotlariga baho belgilash jarayonida aynan ana shu “xarajat” ko’rsatkichining ham turli elementlarini baza sifatida olib, unga nisbatan turli xil miqdordagi qo’shimchalarni (ustamalarni) qo’shish orqali bahoni belgilaydilar. Bu fikr-mulohazalarni quyidagi misolda ko’rib chiqish mumkin.
Misol:
Xarajat elementlari va ustamalar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
|
Xarajatlar bazasi
|
miqdori
(so’mda)
|
ustama
(foizda)
|
sotish bahosi (so’mda)
|
1.
|
To’g’ri shartli o’zgaruvchan xarajatlar
|
1000
|
120
|
2200
|
2.
|
To’g’ri shartli doimiy xarajatlar
|
500
|
|
|
3.
|
Jami to’g’ri harajatlar
|
1500
|
50
|
2250
|
4.
|
Egri xarajatlar
|
400
|
|
|
5.
|
Jami xarajatlar
|
1900
|
25
|
2375
|
|
Yuqori texnologiyalarni joriy qilish xarajatlari
|
80
|
|
|
|
Barcha xarajatlar
|
1980
|
15
|
2277
|
Mana shu misolda baho belgilash uchun xarajatlarning 4 ta elementi baza sifatida tanlab olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |