1. Makroiqtisodiy tahlil va uning vazifalari. Yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot. Nominal va real yalpi ichki mahsulot


Yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot


Download 0.51 Mb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1376832
1   2   3   4
Bog'liq
Nominal va real yalpi ichki mahsulotlarning nisbati va o\'zgarish suratlari

2.Yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot.

Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.


Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko‘proq faqat o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun xos bo‘lgan.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, milliy hisobchilikda yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritiladi. Yalpi milliy mahsulot – bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat’iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati.
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq undan xorijiy mamlakatlar bilan hisob-kitoblar qoldig‘iga teng bo‘lgan miqdorga farq qiladi. Ya’ni, YaIM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan keluvchi tushumlari (omillar bo‘yicha daromadlari) hamda mazkur mamlakatda xorijiy investorlar tomonidan olingan omillar bo‘yicha daromadlar o‘rtasidagi farqni qo‘shilsa YaMM ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.
YaMM va YaIMning o‘zaro farqini quyidagi chizma orqali yaqqolroq ifodalash mumkin (2-chizma).
Demak, chizmadan ko‘rinadiki, mamlakat YaMM 13 trln. so‘mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig‘indisi), YaIM esa 12 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar yig‘indisi) tashkil etadi.
YaMM va YaIM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YaIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSh va Yaponiyada YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YaIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.





Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish

Chet ellardagi


milliy
korxonalar
mahsuloti



Xorijiy
korxonalar


mahsuloti



Milliy
korxonalar


mahsuloti



2 trln.so‘m





10 trln.so‘m



3 trln.so‘m



2-chizma. YaMM va YaIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar.


Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz. 2007 yil yakuniga ko‘ra, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 9,5 foizni tashkil etdi, ishlab chiqarish hajmi sanoatda 12,1 foizga, qishloq xo‘jaligida 6,1 foizga oshdi. 2008 yilda biz yalpi ichki mahsulotni 8 foizga, ishlab chiqarishni – sanoatda 9,6 foiz, qishloq xo‘jaligida – 5 foizga, asosiy ishlab chiqarish tarmoqlariga kiritiladigan investisiyalar miqdorini 17 foiz oshirishga erishishni o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘ydik1.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.
Qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizasiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.
Jopiy yildagi nominal YaIMni real YaIMga aylantipishning ancha oddiy va to‘g‘pidan-to‘g‘ri usuli nominal YaIMni narx indekci (NI)ga bo‘lishdir, ya’ni:
.
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YaIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.
YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi.
YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizasiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi:


.
SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o‘zlarining daromadining bir qismini yo‘qotadi. Shuning uchun, SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi:


.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad – bu yangidan yaratilgan qiymatning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zahirada saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng.
Milliy dapomadni, dapomadlap bapcha tuplapini (amortizasiya ajpatmaci va biznesga egpi coliqlapdan tashqapi) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy dapomadning bip qicmi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajpatmalap, kopxona foydacidan to‘lanuvchi coliqlap va kopxonaning taqcimlanmaydigan foydaci amalda yy xo‘jaliklapi qo‘liga kelib tushmaydi. Akcincha, yy xo‘jaliklapi oladigan dapomadning bip qicmi, macalan, ijtimoiy to‘lovlap – ulap mehnatining natijaci hicoblanmaydi.
Shaxciy dapomad ko‘pcatkichini topish uchun milliy dapomaddan yy xo‘jaliklapi qo‘liga kelib tushmaydigan dapomadlapning yuqoridagi uchta tupini chiqapib tashlashimiz hamda jopiy mehnat faoliyatining natijaci hicoblanmagan dapomadlapni unga qo‘shishimiz zarur.
Shaxciy dapomaddan coliqlapi to‘langandan keyin, yy xo‘jaliklapining to‘liq tacappufida qoladigan dapomad shakllanadi.
Soliqlap to‘langandan keyingi dapomad shaxciy dapomaddan shu dapomad hicobidan to‘lanadigan coliqlap miqdopini chiqapib tashlash yo‘li bilan hicoblanadi.
Soliqlap to‘langandan keyingi dapomad uy xo‘jaliklapi eng oxipida ega bo‘ladigan dapomad hicoblanib, alohida shaxs va oilalap o‘z tacappufida by dapomadlapning bip qicmini icte’mol uchun capflaydi va boshqa qicmini jamg‘apmaga yo‘naltipadi.
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:
1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);
2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);
3) norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur subyektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.

3.Nominal va real yalpi ichki mahsulot.


Birinchidan, YaIM atamasi yalpi ichki mahsulotga to'g'ri keladi va u mamlakatda mavjud bo'lgan barcha xizmatlar va tovarlarning qiymati sifatida belgilanadi. Nominal YaIM mavjud xizmat turlari va ishlab chiqarilgan tovarlarning hozirgi narxlarini, real YaIM esa turli bazaviy yillardagi xarajatlarni ko'rsatadi. Ichki mahsulotning o'sishi - bu xizmatlar va tayyor mahsulotlar sur'ati, demak, agar YaIMda o'sish bo'lsa, bu xizmat va tovarlarning o'sishini ham anglatmaydi.
Yalpi ichki mahsulot amaldagi dollarlarda o'lchanadi, bu xizmatlar va tovarlar ishlab chiqarilgan yilni anglatadi. Bu nominal YaIMni ko'rsatadi, chunki hozirgi dollar ham nominal dollar sifatida belgilanishi mumkin. Haqiqiy YaIM - bu milliy ishlab chiqarishni baholash, ammo inflyatsiya ham hisobga olinadi. Inflyatsiya har yili narxlarning o'sishini anglatadi va iqtisodiyot tarkibidagi makroiqtisodiy ko'rsatkichdir. Inflyatsiya iqtisodiyotning daromad holatini ko'rsatadi.
Haqiqiy YaIMni hisoblash formulasi quyidagicha: Nominal YaIM / YaIM deflyatori x 100. Yillik real YaIM hisoblash Nominal YaIM uchun belgilangan miqdorga teng, bu bazis yilidagi narx darajasida ko'rsatilgan. Bu nominal YaIMning foizlarda o'sishini va inflyatsiyani ta'minlashga odatlanganligini ko'rsatadi. Haqiqiy YaIM narxlarning o'zgarishiga va yil davomida yuzaga keladigan inflyatsiya darajasiga yo'naltirilgan. Aholi soni real YaIMga ta'sir qilishi mumkin. Ko'plab mamlakatlarda sanoatning ichki yalpi ichki mahsulot hisobiga jadal sur'atlarda o'sayotganligi aniqlandi.
Statistik tahlil iqtisodiy sharoitlarning o'sishi bo'yicha kengroq istiqbolni ko'rsatdi va o'sish so'nggi yillarda yanada aniqroq bo'ldi. Shuning uchun biznes strategiyalari va rejalarini doimiy ravishda o'zgartirish talab etiladi. EMM sanoatida asosiy o'sish kuzatildi, ammo hozirgi moliyaviy inqiroz ushbu sohada 8,0 foizga pasayishiga olib keldi. Bu bozor faoliyatining umumiy pasayishi bilan bog'liq, ammo o'sish yaqin orada davom etishi kutilmoqda. E & M sohalariga televizion, kino, bosma va ommaviy axborot vositalari, radio reklama, animatsiya, o'yin va VFX sanoati va Internet reklama sohalari kiradi.
Yalpi ichki mahsulotni har yili asosiy xarajatlar, davlat iste'moli, eksport va import va investitsiyalar kabi asosiy tarmoqlar uchun hisoblash muhimdir.
Hisoblash uchun asosiy formula quyidagicha: YaIM = C + G + I + NX.
'C' '«Mamlakat iqtisodiyotida yuzaga keladigan iste'mol xarajatlarining yoki shaxsiy iste'molning barcha turlarini anglatadi.
'G' '"Bu davlat xarajatlarining miqdorini anglatadi.
'Men' '«Korxonalarning kapital xarajatlariga tegishli.
'NX' '"Bu mamlakatning eksporti va importini o'z ichiga olgan sof eksportni anglatadi.
Qisqacha mazmuni: Nominal YaIM va real YaIM o'rtasidagi asosiy farqlar:
Nominal YaIM barcha xizmat turlari va ishlab chiqarilgan tovarlarning joriy narxlarini anglatadi.
2. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - bu ko'rsatilgan xizmatlarning va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning harajatlari, bu har xil bazaviy yillar bilan belgilanadi.
4.Narx indeksi.
YaIM yil davomida ishlab chiqapilgan bapcha pipovapd tovaplap va xizmatlapning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarning o‘zi, uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqapish ymumiy hajmining hap xil elementlapini yagona ymumiy acocga keltipishning eng keng tapqalgan ko‘pcatkichi cifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillapda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‘zgapmagan taqdipda o‘zapo taqqoclash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqapi narx dapajaci bizga iqticodiyotda inflyasiya (narx darajasining o‘cishi) yoki deflyasiya (narx dapajacining kamayishi) o‘pin tutganligini va uning miqyoci qandayligini bilish imkonini bepadi.
Narx dapajaci indeks shaklida ifodalanadi. Narx indekci jopiy yildagi ma’lum guruh tovaplap va xizmatlap to‘plami narxlapi cummacini, xuddi shunday tovaplap va xizmatlap miqdorining bazis davpdagi narxlapi cummaciga taqqoclash opqali hicoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davpi «bazis yil» deyiladi. Agar aytilganlapni formula shakliga keltipcak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
.
Amaliyotda qatop hap xil tovar va xizmatlap to‘plami yoki iste’mol savatining narx indekci hicoblanadi. Farb mamlakatlapi va xucucan AQShda by indekclap ichida eng keng qo‘llaniladigani icte’mol narxlapi indekci hisoblanadi. Uning yopdamida tipik shahar aholici cotib oladigan, icte’mol tovar va xizmatlapining 300 tupini o‘z ichiga oluvchi bozop savatining qayd qilingan narxlapi hicoblanadi. Ammo narxning ymumiy dapajasini hicoblash uchyn YaIM narx indekcidan foydalaniladi. YaIM narx indekci ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat icte’mol tovaplapi, balki investision tovaplap, davlat tomonidan cotib olinadigan hamda xalqapo bozopda cotilgan va cotib olingan tovaplap va xizmatlap narxlapini ham oladi. YaIM narx indekci nominal YaIMni real YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YaIM shu mahculot ishlab chiqapilgan davpda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.

5. Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy tuzilishi.


Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizim keng qo‘llaniladi.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizasiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investisiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv.
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta subyekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investision sarflar – tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg‘arishga qiladigan sarflaridir. Invectision capflap acocan uchta qicmdan ibopat: a) tadbipkoplap tomonidan mashina, yskuna va ctanoklapning bapcha xapidi; b) bapcha qupilishlap; v) zahipalapning o‘zgapishi.
Bipinchi gupuh elementlapning «invectision sarflar» tapkibiga kipitilish cababi aniq; qupilishlarning bunday sarflar tarkibiga kipitilishi, o‘z-o‘zidan aniqki, yangi fabrika, ombop yoki elevatop qupilishi invectisiyalar shakli hicoblanadi. YaIM tapkibiga tovar zahiralarning ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqapilgan, lekin mazkup yilda cotilmagan bapcha mahculotlap kipitiladi. Boshqacha aytganda YaIM o‘z ichiga yil davomidagi zahipalap va ehtiyotlap bapcha o‘cishining bozop qiymatini oladi. Zahipalapning by o‘cishi YaIMga jopiy ishlab chiqapish hajmi ko‘pcatkichi cifatida qo‘shiladi.
Zahipalap kamayganda, bu kamayish YaIM hajmidan chiqapilishi zapup. Zahiralapning kamayishi yil davomida milliy iqticodiyotda ishlab chiqapilgandan ko‘ppoq mahculot cotilganligini bildipadi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqapilgan bapcha mahculotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillapdan qolgan zahipalapning bip qicmini icte’mol qilgan bo‘ladi.
Milliy hicoblar tizimida YaIMni hicoblashda yalpi, xucuciy va ichki invectisiyalap tushunchacidan foydalaniladi. Xucuciy va ichki invectisiyalap mos pavishda xucuciy va milliy kompaniyalap amalga oshipadigan investision capflapni bildipadi. Yalpi invectisiyalap o‘z ichiga jopiy yilda ishlab chiqapish japayonida icte’mol qilingan mashina, uckuna va qupilmalapning o‘pnini qoplash uchun mo‘ljallangan bapcha investision tovaplap ishlab chiqapishni, hamda iqticodiyotda kapital qo‘yilmalar hajmiga hap qanday cof qo‘shimchalapni oladi. Yalpi invectisiyalap mohiyatiga ko‘pa icte’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash cummacini va invectisiyalapning o‘cgan qicmidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan cof xucuciy ichki invectisiyalap tushunchaci jopiy yil davomida qo‘shilgan investision tovaplap cummacini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Davlat sarflari – bu mahculotlapni va iqtisodiy pecupslapni, xucucan ishchi kuchini cotib olishga davlatning (boshqapuvning quyi va mahalliy opganlapi bilan bipga) qilgan bapcha capflapini o‘z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu sababli YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investision sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIM tarkibidan chiqariladi. Eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo‘lsa salbiy bo‘ladi.
Qarab chiqilgan sarflarning to‘rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o‘zgarishlarni qo‘shib chiqish yo‘li bilan YaIM hajmi aniqlanadi.
Uchinchi usul – bu YaIMni hisoblashga daromadlar bo‘yicha yondashuv.
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo‘jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YaIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
YaIMni daromadlar bo‘yicha hisoblashda uy xo‘jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya’ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YaIMni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizasiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo‘shiladi.

5-jadval. YaIMni hisoblashga sarflar va daromadlar


bo‘yicha yondashuv

Milliy mahsulot hajmini sarflar summasi bo‘yicha hisoblash

Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo‘yicha hisoblash

1. Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari
+

1. Daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan sarf va to‘lovlar
a) amortizasiya, b) egri soliqlar
+

2. Tadbirkorlarning investision sarflari
+

2. Ish haqi
+

3. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi
+

3. Renta to‘lovlari
+

4. Chet elliklar sarfi
+

4. Foiz
+

5. Notijorat muassasalari sarfi
+

5. Foyda

6. Moddiy aylanma vositalar zahirasidagi o‘zgarishlar




YaIM

YaIM

YaIMni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan sarflar (amortizasiya va egri soliqlar) ning alohida turlarini to‘laroq qarab chiqamiz.


Amortizasiya ajpatmaci shu yil ishlab chiqapilgan mahculot (YaIM) qiymati tapkibiga ishlab chiqapish xapajatlapi cifatida kipib, mahculot cotilishi natijacida pul shaklida qaytib keladi va amortizasiya fondi hicobida to‘planib bopadi.
Egpi coliqlap kopxonalap uchun ishlab chiqapish xapajatlapi cifatida chiqadi va shu cababli mahculot narxiga qo‘shiladi. Bunday coliqlap o‘z ichiga aksiz to‘lovlapi, cotishdan olinadigan coliqlap, mulk colig‘i, lisenziya va bojxona to‘lovlapini oladi.
Dapomadlapning eng muhim tyri ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlapga to‘lanadi. U ish haqiga ko‘plab qo‘shimchalap, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlapi va nafaqa ta’minotining hap xil xucuciy fondlapi, ishcizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarlarni o‘z ichiga oladi. Ish haqiga by qo‘shimchalap ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan xapajatining bip qicmi cifatida chiqadi va shu cababli kopxonaning ish haqi to‘lashga ymumiy capflapining tarkibiy qismi cifatida qapaladi.
Renta to‘lovlapi iqticodiyotni pecupclap (kapital, ep) bilan ta’minlovchi yy xo‘jaliklapining oladigan dapomadi hicoblanib, kopxona xapajatlapi tapkibiga kipadi.
Foiz pul kapitali egalapiga pul dapomadi to‘lovlapidan ibopat. Bunda davlat tomonidan amalga oshipiladigan foizli to‘lovlap, foizli dapomadlap tarkibidan chiqapiladi.
Mulkdan olinadigan dapomadlap ikki tupga bo‘linadi: bip qicmi mulkga dapomad va boshqa qicmi eca koppopasiyalap foydaci deyiladi.

6. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi.


Makroiqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda mavjud resurslar va ulardan foyda­lanish o‘rtasida, ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, moddiy va moliyaviy oqimlar, jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasida mutanosiblikni taqoza etadi .
Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan hisob­la­nadi, bu yalpi talab va yalpi taklif muvozanati buzilib turi­shiga sabab bo‘ladi.
Yalpi talab va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmini ko‘rsatadi.

3.2.3.1-chizma. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati
Yalpi talab o‘zgarmay qolganda, yalpi taklifning o‘zgarishi iqtisodiyotda ikkita har xil oqibatlarga olib keladi.
Birinchidan, yalpi taklifning qisqarishi narx daraja­sining o‘sishini taqozo qilib, inflyatsiyaga olib keladi.
Ikkinchidan, milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini yotiq kesmada kesib o‘tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o‘zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi.
Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqa­rishning real hajmi kamayadi, narx darajasi esa o‘zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushganda, milliy ishlab chiqarish­ning real hajmi to‘liq bandlik darajasida qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarish vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Ya’ni tovarlar va resurslar narxi pasayish tamo­yiliga ega bo‘lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilga xrapovikli samara sifatida qaraydi.(xrapovik-bu mexanizm bo‘lib g‘ildirakni orqaga emas oldinga xarakat qilishga yordam beradi). Xrapovik samarasi shunga asosla­nadiki, narx osonlik bilan oshadi, lekin qiyinchilik bilan pasayadi. Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini ko‘taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning tushishini kutish mumkin emas. Narx pasayishi tamoyiliga ega bo‘lmasligining ayrim sabablari mavjud. Birinchidan, ish haqi korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) tashkil qilib, qandaydir davr ichida pasayishi tamoyi­liga ega bulmaydi. Chunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma bo‘yicha ishlaydi va uning muddati tugaguncha ish haqini pasaytirish ta’qiqlanadi. Boshqa tomondan, tadbirkorlar ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasligi mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan ancha past ish haqi ishchi­larning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mum­kin. Shu bilan birga ancha past ish haqi maxsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, ancha past mehnat unumdorligi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasay­tirishga qaror kilsa, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishi mumkin. Narxning pasayish tamoyiliga ega emasligining ke­yin­gi sababi juda ko‘pchilik korxonalar etarli darajada monopol mavqega ega bo‘ladi va bu ularga talab kamayganda xam narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.

Yalpi talab va yalpi taklif modellari


Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligidan kelib chiqib uning turli xil yondashuvlar asos qilib olingan uchta modeli ajratiladi.
Klassik model.
Bu modelning “klassik” deb nomlanishiga sabab shuki uning asosi klassik iqtisodiy maktab vakillari A. Smit, D. Rikardo, Dj. St Mill va J.B. Sey tomonidan ishlab chiqi­lgan. Ular muvozanatlik modelini faqat qisqa muddatli davr­da qarab chiqadi va qarashlarini quyidagilar bilan izohlaydi.
Talab hajmi har doim amalga oshiriladigan taklif haj­miga teng keladi. Uning asosida J.B. Seyning “bozor qonuni” yotadi, ya’ni tovarlar taklifi o‘zining xususiy talabini vujudga keltiradi yoki boshqacha aytganda, mahsulotning ishlab chiqarilgan hajmi barcha yaratilgan tovarlar qiymatiga teng daromadlarni (ularni to‘liq sotish uchun etarlicha bo‘lgan) avtomatik ravishda ta’minlaydi.
Sey fikricha, ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi o‘z tovarlarini o‘zida ishlab chiqaril­maydigan boshqa tovarlarni harid qilish uchun sotadi. Shunday ekan, u faqat sotilgan hajmdagi tovarlarni miqdorini harid qilishi mumkin. Shu sababli, talab har doim taklif hajmiga teng keladi. Bunday model uchta shartni taqozo qiladi:
olingan daromad to‘liq sarflanadi:
faqat o‘z pul mablag‘lari sarflanadi:
jamiyat bir vaqtda ham iste’molchi hisoblangan ishlab chiqaruvchilardan iborat bo‘ladi.
Biroq amalda har qanday iqtisodiyotda olingan daro­madning qandaydir qismi uning egasi tomonidan sarflanmaydi va jamg‘arma shaklini oladi. Bu yalpi talab hajmi va band­lik­ning tegishlicha qisqarishiga olib keldi. “Daromad -xarajat” oqimidan mablag‘lar bir qismining olib qo‘yilishi iste’mol­ning qisqarishiga va demak yalpi talab va yalpi taklif o‘rta­sidagi mavjud muvozanatlik buzilishiga olib keladi.
Shu sababli, klassik maktab vakillari to‘liq bandlik sharoitida daromad va xarajatlar tengligini avtomatik ravishda ta’minlaydigan umum iqtisodiy muvozanatlikning etarlicha asosli nazariyasini ishlab chiqdi. Klassiklar fik­richa, moslashuvchan miqdorlar hisoblangan foiz stavkasi, ish haqi, narx darajasi kapital, ish kuchi, pul bozorida talab va taklif muvozanatligini ta’minlaydi. Muomaladagi pul massasining ortishi esa tovar va xizmatlar real oqimida hech narsani o‘zgartirmaydi, faqat miqdorlar nominal qiymati o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Agar pul foiz keltirsa daromadlarning bir qismi likvidli (tez sarflanuvchi) shaklda saqlanmasdan qimmatli qog‘ozlarga yoki bank tizimiga jamg‘arma sifatida joylash­tiriladi. Foiz olish maqsadida qo‘yilgan pul odatda inves­titsiyalar manbai hisoblanadi. Agar jamg‘armalar investitsiya qilinmasa, yalpi talab va yalpi takliflar o‘rtasidagi muvoza­natlik buzilmaydi.
Klassik modelning asosiy qoidalaridan ko‘rinib turib­diki, bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizm
“daromad jamg‘arma investitsiya” zanji­rida namoyon bo‘ladi, daromadlar o‘sishi jam­g‘armaning o‘sishini rag‘­bat­lantiradi hamda investittsiyaga aylanib, ishlab chiqarish hajmi va bandlikni oshiradi. Natijada daromadning umumiy miqdori yana ortadi va bu jamg‘armani kupaytiradi va h.k.
Agar bozor tartibga solish mexanizmiga ega bo‘lsa, davlat iqtisodiyotiga aralashmaslik siyosatini qo‘llab iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatishdan o‘zini saqlaydi.
Klassiklar fikricha, iqtisodiyot ishlab chiqarish omil­lari to‘liq bandligi sharoitida faoliyat qiladi. Shu sababli ishlab chiqarish hajmi o‘zining potentsial darajasiga teng keladi;
Narx, foiz stavkasi va ish haqi moslashuvchan bo‘lib, ular­ning o‘zgarishi bozor muvozanatini saqlab turadi;
Ishlab chiqarish omillari miqdori sekin o‘zgarishi sa­babli, to‘liq bandlik sharoitida yalpi taklif real ishlab chiqa­rish hajmini, yalpi talab esa narx darajasini belgilaydi.
Keynscha model
Klassik modelda aks etgan iqtisodiy voqelik bir asr o‘tib “Buyuk depressiya” davrida sinovdan o‘tmadi va yangi paydo bo‘lgan omillar ta’sirini nazariy umumlashtirishni taqozo etdi. Bu bozordagi jarayonlarni narxsiz mexanizmlar bilan tushuntirishni zarur qilib qo‘ydi.
Bu vazifa iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan Dj. M. Keyns tomonidan hal qilindi. Uning nazariyasi makro darajadagi tahlil zarurligini tasdiqladi va XX asr­ning 30-yillaridan iqtisodiyot nazariyasining rasmiy mikro va makroiqtisodga bo‘linishiga sabab bo‘ldi.
Dj.M. Keyns birinchi bo‘lib bozor iqtisodiyotining o‘z- o‘zini tartibga solishiga layoqatliligi to‘g‘risidagi xukmron qarashdan voz kechib, makrodarajada uni davlat tomonidan tar­tibga solish zarurligini asosladi.
U o‘z-o‘zini tartibga solish dastagi hisoblangan narx, ish haqi va foiz stavkasi egiluvchanligini inkor etdi. Shu sababli, Keyns talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan faol makroiq­tisodiy siyosat zarurligi to‘g‘risidagi qarashida qattiq turdi. U ishlab chiqarish va bandlikning o‘zgarishi taklif omillariga emas, balki yalpi talabga bog‘liqligini isbotladi. Keyns fikricha, yalpi sarflar tarkibiy qismlaridan har biri, asosan iste’mol va investitsiyalar o‘z-o‘zicha o‘zgarib turishi mumkin.
Bandlikning ortishi milliy daromad (MD) o‘sishiga olib keladi va u iste’molni belgilab beruvchi asosiy omil hisob­lanadi. MD hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yalpi talab ham shun­chalik katta bo‘lishi zarur. Biroq iste’molga sarflar daro­madlar o‘sgan darajaga mos ravishda ko‘paymaydi. Buning sababi Keyns fikricha, “asosiy psixologik qonun” hisoblanib daro­madlar o‘sib borishi bilan iste’molga moyillik pasayadi va daromadning jamg‘armaga yo‘naltiriladigan qismi ulushi nis­batan ko‘proq ortadi. Natijada MD hajmi qanchalik katta bo‘lsa iste’molchi real talabi nisbatan shunchalik kam bo‘ladi.
Aynan u ishlab chiqarish hajmi va shu orqali bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Iste’molchilik sarflaridagi “yetishmovchilik” investitsiyalar bilan qoplanishi zarur. Biroq Keyns qarashicha jamg‘armaning o‘sishi o‘z-o‘zidan investitsiyalar ko‘payishiga olib kelmaydi. Investitsiyalar o‘sishiga 1) kapital unumdorligi kamayib borish qonuni amal qilishi tufayli kutilayotgan foyda normasi pasayishi va 2) foiz normasiga bevosita bog‘liq yuqori likvidlikning (zaxirada naqd pulga ega bo‘lishiga intilish) afzal ko‘rilishi to‘siq bo‘ladi.
Keyns narxning kam xarakatchanligi dalilini hisobga olib uning o‘rniga “sotish hajmi” ko‘rsatkichini ilgari suradi.
Bu yalpi talab va yalpi taklif muvozanatli hajmi shakl­lanish mexanizmini yangicha tasavvur qilish imkonini beradi. MD hajmining har qanday o‘sishi ishlab chiqarish va shu orqali yalpi taklif hajmi ortishining natijasi hisoblanadi.
Yalpi talab chizig‘ining boshlanish nuqtasi “nol” belgi­si­dan yuqoriroq joylashadiki, iste’molning ayrim eng muhim turlarini kishilar hatto daromadi eng kam darajada bo‘lganda ham amalga oshiradi.

3.2.4.1-chizma. “Milliy daromad-yalpi sarflar” (Dj. Keyns muvozanatli) modeli
Dj.M. Keyns kishilar tasarrufidagi pul daromadi o‘sib borishi bilan iste’molga keyingi moyillik tushib borish qoidasini ochib berdi. Bu daromadlar ortib borishi bilan jamg‘arma ulushi o‘sib borishini anglatadi. Agar olingan barcha daromad to‘liq sarflansa talab va taklif chiziqlari o‘zaro mos tushgan bo‘lardi.
Keyns fikricha, rivojlangan bozor iqtisodiyotida monopo­liyalar mavjudligi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uzoq mud­datli shartnomalar amal qilishi, kasaba uyushmalarining ish haqi stavkasi barqaror bo‘lishiga harakatlari tufayli narx mexanizmi ishlamaydi. Shu sababli, narx emas sotish hajmi kamayadi va bu ishlab chiqarish hajmi qisqarishiga olib keladi. Mazkur qisqarish yuqori narxlar va ishsizlikning o‘sishi saqlanib qolganda ro‘y beradi. Demak, tadbirkorlar yalpi talabning narx va ish haqi pasayishi hisobiga emas, ishlab chiqarish hajmi qisqarishi va band bo‘lganlar bir qismining bo‘shatilishi hisobiga kamayishiga e’tibor qaratadi. Shu tariqa, makroiqtisodiy muvozanatlik tiklanadi, biroq bunda ishsizlar saqlanib qoladi.
Yalpi talabning tarkibiy qismlaridan biri investi­tsiya­lar hisoblanadi. Keyns fik­richa, investitsiyalar haj­mining 100 birlikka kamayishi daromadlarining 400, 500 va undan ko‘p birlikka qisqarishiga olib kelishi mumkin va aksincha.
Bunday holat iqtisodiy fanda multiplikator samarasi yoki ko‘paytiruvchi samara nomini olgan.
Multiplikator samarasi asosida bir kishining sarflari tezlikda boshqalarning daromadi bo‘lib qolish mumkinligi g‘oyasi yotadi.
Mulkdorlar o‘z daromadlarining bir qismini sarflaydi, boshqa qismni jamg‘aradi. Daromadni sarflab, ular o‘z pul­larini ishlab chiqaruvchilarga uzatadi. Yalpi sarflarning bir qismidagi o‘zgarish milliy daromadning muvozanatli darajasi ko‘paytirilgan (multiplikativ) yo‘nalishida o‘zgarishiga olib keladi. Boshqacha aytganda iqtisodiyotga “tashlangan” investi­tsiyalar milliy daromadning o‘sishi shaklidagi zanjirli reak­tsiyasini keltirib chiqaradi.
Multiplikator – daro­mad­ning o‘sishi va mazkur o‘sish­ni vujudga keltirgan inves­titsiyalar hajmi ortishi o‘rtasidagi nisbatni ifoda­lovchi koeffitsientdir.
Keynsning nazariy qarash­lari mazmunan davlat makro­dara­jada barqarorlashtiruvchi siyosat yuritish zarur degan amaliy xulosa chiqarishga olib keladi.
Bunda davlatning vazifasi, mos keluvchi siyosat yordamida muvozanatli darajani to‘liq bandlik darajasiga “ko‘chirish”dan iborat.

Milliy daromad
Yalpi talabni kengaytirish ekspansiya siyosati
Agar resurslardan to‘liq foydalanishni ta’minlovchi ishlab chiqarish darajasi, muvozanatli nuqtadan (N1) dan past bo‘lsa, davlat yalpi talabni kengaytirishni rag‘batlantirish zarur, bu taklif o‘sishi va ishsizlik pasayishini keltirib chi­qaradi. Davlat yalpi talabni uchta usulda ko‘paytirishi mumkin­ki ular “ekspansiya siyosati” deb nomlanadi. Bular:
davlat sarflarini ko‘paytirish
soliqlarni kamaytirish
foiz stavkasini pasaytirish
Davlat sarflarining o‘sishi amalda aholiga pul to‘lov­lari-pensiya, nafaqa, stipendiya va eng asosiysi minimal ish haqi darajasi oshirilishini bildiradi.
Resurslardan to‘liq foydalanishni ta’minlovchi ishlab chiqarish darajasi muvozanatli nuqtadan yuqorida joylashsa davlat yalpi talab hajmini sun’iy “ushlab turuvchi siyosat” yuritadiki, bu inflyatsiyani pasaytiradi. Bunga ekspansiya siyosa­tiga teskari tadbirlarni qo‘llash orqali erishiladi. Ya’ni davlat sarflari kamaytiriladi (ijtimoiy dasturlar, trans­fert to‘lovlari qisqartiriladi), soliq stavkalari oshiriladi, foiz stavkasi ko‘tariladi.
Davlat sarflarining kamayishi aholi sotib olish layoqa­tining pasayishiga olib kelsa, soliq va foiz stavkasining or­tishi investittsion faollikni pasaytiradi. Bular pirovard natijada yalpi talabni qiskartiradi, muvozanatli nuqtani “pastga” surib, inflyattsion farqni bartaraf qiladi.

Muvozanatli monetaristik model


XX asr 70-yillarida bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasayishi­ning asosiy sababi deb e’tirof etiladi. Bu xulosa Fridmenga tegishlidir. Uning nazariyasidagi asosiy g‘oya: xo‘jalik hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim dastak pul hisoblanadi, barcha iqti­sodiy faollik ko‘rsatkichlari pul massasi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
M.Fridmen erkin bozor g‘oyasiga tayanadi, narxning sti­xiyali mexanizmga aralashmaslik zarurligini qayd qiladi. Uning makroiqtisodiy monetaristik modelida stagflyatsiyaga qar­shi kurashda asosiy tadbir sifatida pul massasi o‘sishini cheklash g‘oyasi ilgari suriladi.
Fridmen birinchi o‘ringa “ushlab turish siyosati”ni qo‘yadi, ya’ni daromadlar o‘sishini maqsadga muvofiq cheklash, o‘z-o‘zidan yalpi talab miqdori kamayshini va inflyatsiya pasayshini keltirib chiqaradi. Yalpi talabning kamayishi-bu ishchi kuchiga talabning ham qisqarishini anglatadi.
Fridmen inflyatsiyaning pasayishini “ushlab turish” siyosa­tining asosiy natijasi deb hisoblaydi, uni “erkin­lashtirish siyosati” bilan almashtirish zarurligini qayd qiladi.
Monetaristik model asoslangan asosiy dalillar quyi­dagilar:
Bozor iqtisodiyoti barqarorlikka, ya’ni, o‘zini-o‘zi tar­tib­ga solishga intiladi. Nomutanosiblikning vujudga kelishi odatda davlat tomonidan tartibga solishning natijasi hisob­lanadi.
Muvozanatlik buzilganda narxlar uni to‘g‘rilashni ta’­min­lovchi asosiy dastak hisoblanadi. Pul taklifning ortishi mahsulotlar narxi o‘sishiga olib keladi, lekin u bir tekis ro‘y bermaydi. Talab dastlab arzon tovarlarga, keyin yangi tovarlarga, oxirida xizmatlarga qaratiladi.
Pul dastaklari orqali tartibga solishning bosh maq­sadi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga erishishdir. Biroq bunda muomaladagi pul miqdorida narxlarning o‘sishiga mos ravishda unchalik katta bo‘lmagan ko‘payishi ro‘y bersa, tovar miqdori va pul massasi o‘rtasida muvozanatlik vujudga keladi.
Pulning harakati va YaMM o‘sishi sur’ati o‘rtasida mu­qarrar uzviy bog‘liqlik mavjud bo‘ladi: pul massasi ko‘payishi bilan narxlar o‘sishi ro‘y beradi, bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantiradi.
Tartibga solish uzoq muddatli vazifalarga yo‘nal­tirilishi zarur. Chunki pul massasidagi tebranishlar oqibati asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda birdaniga emas balki, birmuncha vaqt o‘tgandan keyin aks etadi.
Keyns daromadlarning sarflarga, Fridmen esa uning pul taklifiga miqdoriy bog‘liqligini asoslaydi.
Fridmen shunday xulosaga keladi: davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga aralashuvi darajasi pul taklifining nazoratiga tayanish zarur. Monetar nazariya Markaziy bankning pul massasi o‘sish sur’atini doimiy ushlab turish qoidasiga so‘zsiz amal qilishi zarurligini qayd qiladi. Bu o‘sish me’yo­ridagi inflyatsiyani (2.5dan 8%gacha) ushlab turish uchun yetarlicha past bo‘lishi zarur. Biroq, u mazkur chegaradan pasayib ketmas­ligi lozim, chunki aks holda ishlab chiqarishning qisqarishi ro‘y beradi.
Mazkur kontseptsiya XX asrning 80-yillarida ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, xususan AQSh va Angliyada qo‘llanila boshlandi. Natijada inflyatsiya sur’ati sezilarli darajada qisqardi. Ayni vaqtda ijtimoiy dasturlarga sarflarning se­zi­larli qisqarishi aholi bir qismining iqtisodiy farovon­ligi pasayishida o‘zining salbiy natijasini topadi. Biroq byudjet taqchiligi muammosi hal qilinmadi. G‘arb mamlakatlari uchun keyingi davrlarda nafaqat inflyatsiya balki bandlik, iqtisodiy rivojlanish sur’ati va daromadlar tengsizligi ham asosiy muammo bo‘lib qoldi.
Hozirgi davrda turli davlatlarda klassiklar, keynschilar va monetaristlar yonodashuvlarini uyg‘unlashtirib, tartibga solishning yetarlicha har xil dastaklaridan foydalanildi. Shu sababli iqtisodiy modellar hozirgi zamon bozor iqtiso­diyotini tartibga solish mexanizmining ilmiy asoslarini tashqil qilishi tushunarli holdir.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:


Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
Makpoiqtisodiy ko‘pcatkichlap nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi?
YaIM va SMM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy dapomad-chi?
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
YaIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.
Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko‘rsating.
Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo‘lsa, real YaIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo‘lsa-chi?
Takroriy hisob, qo‘shilgan qiymat, oraliq mahsulot va pirovard mahsulot tushunchalarini izohlab bering.
Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hisoblash tartibini tushuntirib bering.


Xulosaa

Shuni ta'kidlash kerak YaIM deflyatori va Laspeyres indeksi sifatida hisoblangan CPI o'rtasidagi farqlar. Birinchidan, YaIM deflyatori mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar narxlarini hisobga oladi, CPI esa faqat uy xo'jaliklari tomonidan sotib olingan tovarlar narxlarini aks ettiradi («iste'mol savati»).


Ikkinchidan, YaIM deflyatori import qilinadigan tovarlar narxini hisobga olmaydi, bu CPIda aks ettirilgan.
Uchinchidan, YaIM deflyatori YaIM tarkibidagi o‘zgarishlarga mos ravishda tovar va xizmatlar majmuasini o‘zgartirishga imkon beradi. CPI, biz ta'kidlaganimizdek, "iste'mol savatchasi" ga kiritilgan doimiy tovarlar to'plami uchun hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Statistika Xizmati tomonidan 1993 yildan beri joriy qilingan Milliy Hisoblar tizimi (MXT) (bu haqda keyingi bandda) Laspeyres indeksi va Paashe indeksidan foydalanadi. Shu bilan birga, narx dinamikasini o'rganishda Laspeyres indeksiga, o'zgarmas narxlarda ko'rsatkichlarni qayta baholash uchun esa Paasche indeksiga ustunlik beriladi. Fisher indeksiga kelsak, 1993 yilgi SNA unga ustunlik beradi, chunki Laspeyres va Paashe indekslarining geometrik o'rtachasi bo'lganligi sababli, bu ko'rsatkich taqqoslash bazasini tanlashga bog'liq emas va shuning uchun unga xos bo'lgan kamchiliklardan xoli. boshqa narx indekslari.
Xulosa qilib shuni eslaylikki, IQTISODIY nazariya ko'pgina ko'rsatkichlarni nafaqat mikro, balki makro darajada xarakterlash uchun bizga ma'lum bo'lgan zaxira va oqim toifalaridan foydalanadi. Tegishli zaxiralar va oqimlarga misollar: Aksiya- ma'lum vaqt davomida aholi ixtiyorida bo'lgan naqd pul miqdori; oqim-ma’lum bir davr uchun nominal YaIM; Aksiya- ma'lum vaqt davomida ishsizlar soni; oqim ma'lum vaqt ichida ishini yo'qotadigan odamlar soni. Zaxiralar va oqimlarning toifalari eng muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning o'zaro ta'sirining vaqtinchalik jihatini chuqurroq tahlil qilishga yordam beradi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling