1. Makromolekulalararo reaksiyalar. Kauchukni vilqonlash. Polimerlarning kimyoviy modifikasiyalash
Download 119.79 Kb.
|
17va\'vzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Polimerlanish darajasining ortishibilan boradigan reaksiyalar Makromolekulalararo reaksiyalar. Kauchukni vilqonlash
17-MAVZU: YMBLARNING KIMYOVIY O`ZGARISHLARI. MOLEKULUYAR MASSANING OSHISHI VA KAMAYISHI BILAN BORADIGAN REAKSIYALAR. Reja: 1. Makromolekulalararo reaksiyalar. Kauchukni vilqonlash. 2. Polimerlarning kimyoviy modifikasiyalash. 3. Blok va payvand sopolimerlarni olinishi va xossalari. 1.Polimerlanish darajasining ortishibilan boradigan reaksiyalar Makromolekulalararo reaksiyalar. Kauchukni vilqonlash Makromolekulalararo reaksiyalar. Makromolekulalararo reaksiyalar ikki yoki undan ortiq makromolekulalarni kimyoviy bog‘lar ishtirokida choklanishi natijasida sodir bo‘ladi va mazkur reaksiyalar qo‘shimcha birikma kiritmasdan yoki kiritish yo‘li bilan olib boriladi. Makromolekulalararo reaksiyalarga kauchuklarni vulkanlash misol bo‘ladi. Bunda chiziqsimon makromolekula choklangan shaklga aylanadi va vulkanlash oltingugurt ishtirokida, oltingugurtsiz va turli nurlar ta’sirida borishi mumkin. Oltingugurt bilan vulkanlash qo‘shbog‘ tutgan kauchuk va oltingugurt aralashmasini 130-1600S qizitish bilan olib boriladi. Oltingugurtsiz vulkanlashga qo‘shbog‘ tutmagan kauchuklar ham uchraydi. Misol tariqasida ZnO ishtirokida xlorlangan polietilenning vulkanlanishini ko‘rsatish etarli: Polimer zanjiridagi kimyoviy o`zgarish – makromolekula va undagi funktsional guruhlarning kimyoviy reaktsiyaga kirishish qobiliyati bilan bog’liq. So`nggi yillarda quyi va yuqori molekulyar birikmalarning reaktsion qobiliyatidagi tafovutlar aniqlanib, makromolekulyar birikmalarda maqsadga muvofiq ravishda kimyoviy o`zgarishlarni ta`minlash qonuniyatlari yaratildi. Hozirgi vaqtda quyi molekulyar birikmalar bilan makromolekulalarning tabiati solishtirilib quyidagi xususiyatlar borligi aniqlandi: polimerlarda, quyi molekulyar analoglarda bo`lmaydigan, faqat ularning o`zlarigagina xos bo`lgan reaktsiyalar ma`lum. Masalan, zanjirli depolimerlanish, makromolekulyar reaktsiyalar; konfiguratsion va konformatsion effektlar makromolekulalarga o`ziga xos xususiyatlar bag’ishlaydi; konfiguratsion effekt yoki eritmada makromolekula yaqinida reaktsiyaga kirishayotgan funktsional guruhlar kontsentratsiyasining o`zgarishi va uning natijasida reaktsiya tezligining o`zgarishi bilan bog’liq effektlar; reaktsiyaga kirishayotgan zarrachalar bilan zaryadlangan makromolekulalar o`rtasida o`zaro elektrostatik ta`sir bilan bog’liq effektlar; qattiq fazada va eritmada reaktsiyaga kirishayotgan zarrachalarning agregatlanishi va assotsilanishi bilan bog’liq ustmolekulyar effektlar. Download 119.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling