1. Maktabda geografiya fanini o’qitishning maqsadi va ularning guruhlari. Geografiya fanini o’qitish vazifalari


Download 38.5 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1648772
  1   2
Bog'liq
Boshlang\'ich maktablarda geografiya fanining mazmuni o’quv dasturining tahlili


Boshlang'ich maktablarda geografiya fanining mazmuni o’quv dasturining tahlili
Reja:


1. Maktabda geografiya fanini o’qitishning maqsadi va ularning guruhlari.
2. Geografiya fanini o’qitish vazifalari.
3. Dasturlar, darsliklar qo’llanmalar.
O’qitish maqsadlarini aniqlash geografiya va didaktika metodikasining eng muhim muammosidir. O’qitish maqsadi geografiya nima uchun o’qitiladi , degan savol bilan chambarchas bog’liq.
O’qitish maqsadi maktab geografiyasining mazmunini , tuzilishi, o’qitish metodlari va yo’nalishini belgilashda katta ahamiyatga ega . Dastlab barcha fanlar uchun o’qitish maqsadlarini aniqlashda didaktik tatqiqotlar amalgam oshirildi.Ta’lim va kadrlar to’g’risidagi qonunlarda o’qitish maqsadini aniqlashda jamiyatning xususiyatlari, qiziqishi albatta hisobga olinadi, ya’ni o’quvchilarning jamiyat uchun kurashadigan va qayg’uradigan bo’lishi kerak. Maktab o’z o’quvchilarni mehnatni sevadigan , vatanparvar , texnika, texnalogiyaga ega qilib tarbiyalashi zarur. Geografiya inson hayotida katta ahamiyatga ega. Uning va tabiiy boyliklarimizni , chet mamlakatlar bilan qiyoslashda iqtisodiy, ijtimoiy ,siyosiy, ilmiy, geografik munosabatlarimizni aniqlashda katta ahamiyatga ega .
Umum geografik ta’limga o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishiga ta’sir jihatdan katta e’tibor qaratish kerak. Hozirgi zamon ishlab chiqarish tarmoqlari yirik sanoat , transport, agrosanoat komplekslaridan iborat , Ular tabiat kompleksi va uning kompanentlariga keskin ta’sir qilmasdan atrof muhitning ifloslanishiga, tabiatdagi ekologik aloqalrning buzilishiga olib keladi.
Bu aloqadorlikni chuqur ilmiy tadqiqot o’tkazish orqli amalgam oshirish mumkin. Bunda quyidagilarni etiborga olish kerak:
a) jamiyat ishlab chiqarish faoliyatining atrof muhitga tasirini o’rganish va bu o’rganishlar oqibatlarini oldindan aytish va uni ilmiy jihatda asoslash;
b) Tabiiy resurslarni izlash, ularga iqtisodiy jihatdan baho berish va samarali foydalanish
v) Tabiiy resurslar bilan atrof muhitni qo’riqlash o’rtasidagi aloqadorlikni yechish.
g) Hozirgi zamon ilmiy texnika inqilobiga tayanib, inson yashashi uchun qulay bo’lgan muhitni qo’riqlash yo’lini izlash.
Iqtisodiy geografiya ishlab chiqarishning geografik joylashishini o’rganadi. Uni ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini birgalikda tatqiq qiladi. Uning tatqiqot predmetiga sanoatni, qishloq xo’jaligini, transportni ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy omillarini etiborgan olgan holda kjoylashishi qonuniyat va qoidalarini o’rgatish kiradi. Bularni barchasi ishlab chiqarishni hududiy mehnat manbalari, tabiiy sharoit va boyliklarini birgalikda o’rganishni taqozo qiliadi, iqtisodiy geografiya ijtimoiy masalalar bilan chambarchars bog’liq. Iqtisodiy geografiya iqtisodiy rayonlashtirish, iqtisodiy rayon, TICHK lar, iqtisodiy geografik o’rni, ishlab chiqarishni joylashtirishning umumiy masalalari, aholi joylashishi va boshqa masalalarni ham tatqiq qiladi. Ayniqsa “inson va atrof muhit muammosining jamiyat oldida ko’ndalang bo’lib turishi, iqtisodiy geografiya oldida talay vazifalarni qo’ydi. Har bir (iqtisodiy) geografiya oldiga yani alohida kurslari maqsadlarini bilishi shart agar o’qituvchi buni bilmasa, yirik mavzular va alohida darsliklarning maqsadini uch guruhga ajratish mumkin.”
Geografiya ta’limi maqsadlarini uch guruhga ajratish mumkin.
1. Ta’limiy maqsadlar - o’quvchilarga ta’limiy iqtisodiy, kartografiya va boshqa geografiya fanlarining asoslarini o’rgatish. Tabiatni qo’riqlash va undan oqilona foydalanishning tabiiy-ilmiy va texnika iqtisodiy tomonlarining ochilishi, toki bu jamiyat hayoti va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun imkon yaratsin:
-O’quvchilarning iqtisodiy ekologik talim bilan qurollantirish;
-O’quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirish, ularni kartalar, ma’lumotlar bilan ishlay olish, kundalik matbuot materiallarini o’qitishga geografiya va unga aloqador bo’lgan fanlar sohasida o’z bilimlarini oshirish qobiliyatlarini shakllantirish;
-O’zbekiston Respublikasini tabiiy va iqtisodiy geografiyasida oid bo’lgan bilimlarini chuqur bilish;
-O’quvchilarga tabiatga, xo’jalikka, tabiat bilan xo’jalik o’rtasidagi aloqalarga nisbatan to’g’ri ilmiy dunyo qarashini shakllantirish;
-O’quvchilarga vatanparvarlik, ilmiy g’urur hislarini shakllantirish.
-O’quvchilarni turli mamlakatlarning xo’jalik yurutish metodlari, tabiiy boyliklaridan unumli foydalanish, aholini ish bilan taminlash kabi masalalar mohiyatini ochib berish;
Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti o’quvchilarning mehnat tarbiyasi, kasb tanlashi, umuman hayotda o’z o’rnini topishga ko’maklashishi.
- O’z mamlakati iqtisodi yutuqlari bilan g’ururlanish, o’zimni yashab turgan jamiyatning haqiqiy egasi deb his qilish kabi xizmatlarini shakllantirishi.
-O’quvchilarni bilim faoliyatlarini rivojlantirish.
- O’quvchilarda kuzatuvchanlik, esda saqlab qolish nutq kabi xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirish.
- O’quvchilarni kuchi yetadigan darajada geografik muamolarni yechish o’rgatish. Geografik narsa va hodisalarga nisbatan atroflicha yondashish, o’z fikri va mulohazalarni bevosita kartaga bog’lay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga ko’maklashishi.
Ta’lim maqsadi geografiya fani mazmuni bilan chambarchars bog’liq. Vaqt o’tishi bilan geografiya o’qitish maqsadlari tez suratlarda o’zgartirmoqda. Kelajakda bunday o’zgarishlar yanada kuchaydi.Ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi geografiya fani mazmunining o’zgarish geografiya o’qitish maqsadlariga ham ta’sir qiladi.Maktab geografiyasi maqsadlarini aniqlamasdan turib geografiya o’qitishni amalgam oshirish talay qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.Bunday qiyinchiliklar quyidagilarda namoyon bo’lishi mumkin:
1. Maqsadlarimiz dasturlar tuzish ancha mushkul bo’lib qoladi;
2. Maqsadni aniq bilmasdan turib , usullarini aniqlab bo’lmaydi.
3.Geografiya o’qitish maqsadlarini aniqlamasdan o’quvchilar bilimini tekshirishning samarali yo’llarini yaratish qiyinlashadi va h.k.
4.Geografiya ta’limining kelajakdagi (20-25 yil ichida) mazmunan qanday bo’lishini aniqlamasdan turib , o’quv predmetining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Geografiya o’qitishdagi maqsadni bilmasdan turib geografiya o’qitishning ahamiyatini belgilab bo’lmaydi. Bundan 100 yil oldin geografiya karta va rasmlardan, 50-yillarning boshlarida darslarda ayrofotosurat,televideniya,kinofilmlardan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi.
Bugungi talab va o’qituvchi rivojlangan va taraqqiy etgan madaniy muhitda yashamoqda,ularni o’rab turgan muhit bundan 20-30 hatto 50yil oldinga qaraganda farq qiladi.Maktab o’qituvchisi bepul darslik va boshqa o’quv qo’llanmalari yagona bilim informatsiyalari bo’lmasdan qoldi.
Bilim olishda maktabdan tashqari xilma-xil manbalar,gazeta jurnallar, radio, televideniya,videofilmlar paydo bo’ldiki,ular o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda katta ta’sir ko’rsatmoqda. O’quvchilarga ta’sir qilayotgan bu ma’lumotlar aksariyati tasodifan bo’lib,ular bilimini ma’lum yo’nalishda va izchillikda olib borishga yordam berishi ancha qiyin.Bu ma’lumotlar o’quvchilarning ob’yekt, voqe’likni to’g’ri anglab olishlariga qanchalik to’g’ri ta’sir qilishi aniq emas.Asosiy vazifa ularni bu ma’lumotlarga nisbatan yondasha olish, faktlar bilan fikrlar o’rtasida qanday bog’liqlik borligini ajrata olishga o’rgatish, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.Bizni o’rab turgan dunyo haqida, turli muhitlarda yashab turgan o’quvchilar o’ziga xos qarashlarga ega. Yuz minglab o’quvchilar, umuman dengiz va okeanlarni, cho’llarni tog’larni bevosita ko’rish, idrok qilish imkoniyatidan mahrum. Ularnining ayrimlari katta bo’lib, voyaga yetganda ularni sayohatlar orqaligina ko’rishlari mumkin.Ammo oddiy ko’rish orqali ularni tushuna oladigan darajada bilish imkoniyatlariga ega bo’la olmaydilar. Shu tufayli ham o’quvchilarning dunyoqarashidagi bilimlarida. Bu borada tushunchalar tarkib topdirishda xilma-xil ta’lim uslublari vositalaridan foydalanishga to’g’ri keladi.Hozirgi geografiyaning asosiy vazifasi yangi yerlarni kashf qilish, tog’,xalqlarni ta’riflashdan iborat emas, balki jamiyat bilan tabiat o’rtasida bo’ladigan voqealarni, aholining tez suratlar bilan ko’payish oqibatlari, ITI o’rtasidagi bog’liqlik muammolarini hal qilishdan iborat.Demak geografik bilimlar orqali quyidagi vazifalarni hal qilish kerak.
1.O’quvchilarga hozirgi kundagi vaziyatni, kundalik turmushni bundan 20-30yil oldingi vaziyat bilan qiyoslash va xulosalar chiqarishga o’rgatish.
2.Hozirgi geografik bilimlar Yer shari va uning ayrim regionlaridagi fakt va voqealarni ta’riflash emas balki undan u yoki bu hudud xo’jaligini rejalashtirishda foydalanishdan, iqtisodiy qishloqni tugatishni bartaraf qilish, qishloq xo’jaligi mahsuldorligini oshirish yo’llarini izlash va hokazolarda qo’llashdan iborat.
Geografik bilimlar bu muammmolarni hal qilishda faol rol o’ynashi kerak.Bu fan o’quvchilarni kelgusidagi hayotga ishlab chiqarish jaroyonlarini, to’g’ri tushunishga tayyorlashdan iborat bo’libgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish jarayonida qo’llash kerak bo’lgan iqtisodiy bilimlarni ham o’rganishga yordam berilishiga erishmoq kerak. Shu tufayli ham ta’limni ishlab chiqarishning uzviy qismi deb qarash lozim. Geografiya ta’limida yuqoridagi jarayonlarni amalga oshirish quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi maqsadga muvofiq:
1. Har bir geografiya kursining tarkibi va mazmunini aniqlash;
2. Har bir geografik ob’yekt va hodisalarning o’rni va joylashishini tahlil qila olish. Geografik tahlil orqaligina narsa va hodisalarning tabiiy va antropogen xususiyatlari aniqlanadi. Ularning joylashishi faqat statistic ma’lumotlardan iborat bo’libgina qolmasdan balki doimiy rivojlanishda bo’lishligi tufayli ham geografik tahlil dinamik yo’nalishga ega bo’lishi zarur;
3. Atrof-muhitni tahlil qilish. Yaxlit hudud bir qancha hodisa va voqeani o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi. Ob’yektlar o’rtasidagi bog’liqlikni anglash joyni, u yoki bu ishlab chiqarishning rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Insonlar va hayvonlar bu joyda yagona ekosistemaning bitta qismi sifatida mavjud bo’ladi.
4. Geografik hududni o’rganishni tashkil qilish. Fermer o’z yeridan bozor iqtisodini e’tiborga olgan holda foydalanishga harakat qiladi. Uning yerdan foydalanish fermaning shahardan va aholi punktlaridan uzoq yaqinligiga bog’liq bo’ladi.Har qanday tuman va hududning yerdan foydalanishi uning ixtisosligi bilan bog’liq. Har bir hudud joylashgan madaniy landshaft xususiyatidan kelib chiqadi.Barcha tumanlarning hududi infrastrukturalar bilan belgilanadi.
5. Geografiyaning yer va ijtimoiy fan ekanligi xususiyati uning tabiiy va iqtisodiy geografiya predmetlari maktablarda o’qitishni taqozo qiladi.Geografiyaning bunday mazmunga ega bo’lishi kelajakda geograf mutaxassislarni tayyorlashda xilma-xil fanlardan xabardor bo’lishni taqazo qiladi.Har bir madaniyatli inson tabiiy va iqtisodiy geografiyaning eng oddiy bilimlari bilan qurollangan bo’lishi kerak.
6. Geografiya har bir region, tuman , hududning bir-biri bilan qaysi xususiyatlari bilan farqlanishni o’rganishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yishi kerak. Chunki narsa va hodisalarga umumiy ta’rif berish orqali ularga xos bo’lgan ichki qonuniyatlarni bilib olish ancha murakkab hisoblanadi.

Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling