Metodika uyushmasining ishini tashkil etish bosqichlari
- Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari, metodist tarbiyachi, psixolog, musiqarahbari, jismoni tarbiya yo'riqchisi logopedla uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.
- Metodika uyushmasiga har bir ta'lim tashkilotidan bir va bir necha pedagog xodim tashkilot rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
- Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
- Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
- Metodik uyushma faoliyatig bog'li barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta'lim tashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
- Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'limtashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
- Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
- Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi.
Metodika uyushmasi hujjatlari:
Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi:
yillik ish rejasi;
yig'ilish bayonnomalari;
hisobotlar;
metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi.
Metodika kengashiga maktabgacha ta'lim boshqaruv organlaridan yo'llangan hujjatlar nusxasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |