1. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish. Pedagogik kengash shakllari. Pedagogik kengashda ko’riladigan masalalar


Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari


Download 47.03 Kb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi47.03 Kb.
#1471701
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-Ma\'ruza mashg\'uloti

Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari:
1. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari tomonidan maktabgacha ta'lim yo'nalishiga oid me'yoriy hujjatlar va metodik ishlarni o'rganadi hamda ta'lim tashkilotlarida ta'lim- tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo'llarini ko'rsatib beradi.
2. Viloyat metodika markazlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tajribali pedagoglari tarkibidan yo'nalishlar (rahbar, metodist, tarbiyachi, logoped, defektolog, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi) bo'yicha trenerlar guruhi tashkil etiladi. Trenerlarning har biri o'z yo'nalishi bo'yicha yangi metodik tavsiyalar va me'yoriy hujjatlar bilan metodik uyushma rahbarlari uchun ikki oyda bir marta mashg'ulotlarni tashkil etadi.
3. Tuman (shahar) miqyosidagi ilg'or pedagogik ish tajribalarini o'rganad hamda ulardan eng samaralilarini metodika uyushmasi qarori bilan tuman (shahar) bo'yicha ommalashtiradi.
4. Tuman (shahar} miqyosida ommalashgan innovatsion ish uslublariga ega tashkilotlar ish tajribasini viloyat bo'yicha ommalashtirishga tavsiya etadi.
5. Ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish maqsadida ta’lim- tarbiya faoliyatining zamon talabiga mosligini, qo'yilgan talablarning bajarilishi va ijodiy fikrlarning ta'lim jarayoniga to'g'ri yo'naltirilganini kuzatib boradi.
6. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari»ning yo‘nalishlar bo'yicha bajarilishi va tayanch dasturining ishlashini ta'minlashga rahbarlik qiladi.
7. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari»ning ijrosini o'rganish uchun zarur bo'lgan test topshiriqlari va boshqa nazorat materiallarini tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
8. Shahar va tumanda tegishli ta'lim yo'nalishining tatbiq etish ahvolini o'rganadi, tahlil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning Davlat talablari asosida egallagan malaka va ko'nikmalaridagi bo'shliqlarni aniqlaydi va ularni to'ldirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi.
9. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari» ijrosini ta'minlash, ta'lim sifat va samaradorligini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan boyitish, unga yangi innovatsion g'oyalarni tatbiq etishga ko'maklashuvchi tavsiyalar ishlab chiqadi va ularni ta'lim tashkilotlariga yetkazadi.
10. Tuman (shahar) miqyosida tegishli ta'lim yo'nalishlarining metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi.
11. "Ilk qadam" dasturi, metodik qo'llanma va boshqa yangi metodik nashrlar, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoniga doir ilmiy maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi.
12. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari ko'rsatmasi bilan sohaga oid yaratilayotgan yangi dastur, qo’llanmalarni tahlil qiladi va asoslangan xulosalar taqdim etadi.
13. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maxsus sanitariya- gigiyena talablari asosida jihozlanishiga metodik yordam beradi.
14. Tuman (shahar) miqyosida tegishli yo'nalish bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg'or ish tajribalarini o'rganishga yo'naltirilgan o'quv-metodik seminarlarni tashkil etadi.
15. Tuman (shahar) miqyosida tarbiyachilarning uzluksiz malaka va mahoratlarini oshirib borishlarini ta'minlaydi.
16. Tuman (shahar maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ilg'or pedagogik tajribalari, ijodkor tarbiyachilari haqida axborotlar bazasini tashkil etadi.
17. Ta'lim tashkilotlarida turli yo'nalishdagi to'garaklar faoliyati va noan'anaviy guruhlarning ishlarini o'rganadi, ularga tegishli yordam ko'rsatadi.
18. Tuman (shahar) miqyosida o'tkaziladigan ikkinchi bosqich ko'rik-tanlovlarni o'tkazishga yordam beradi.
19. Ta'lim tashkilotlarining yangi o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlanishini nazorat qiladi.

Download 47.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling