1. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari
Download 0.68 Mb.
|
8-Ma\'ruza
2-rasm. Microsoft Access 2000 ma'lumotlar majmuasining asosiy oynasi tasviri.
Ko‘rib turganingizdek, ushbu oynadagi ko‘pgina tugmachalar o‘zining ko‘rinishi va moxiyati jixatidan matn muharriri Word va jadval hisoblagichi Excel ning tugmachalariga juda ham o‘xshab ketadi. Xaqiqatdan ham ular xuddi Siz o‘ylagandek ishlarni va funktsiyalarni bajarish imkonini beradi. Masalan, fayl ochish, chop qilish, orfografiyani tekshirish, qaychi va xokazolar. Boshqa tugmachalar esa informatsiya bazasi tuzish va unda ishlash bo‘yicha maxsus aniqlanilgan masalalarni echish uchun xizmat qiladi. ACCESS informatsiya bazasini boshqarish sistemasida ma'lumotlarni standart usul bilan olish imkoniyati amalga oshirilgan (ODBC - Open Database Connetivity). Ushbu imkoniyat mos drayverlar orqali xilma xil formatlardagi informatsiya massivlari bilan ishlaydigan ma'lumot bazalari bilan ish olib borishga qulay sharoitlar yaratadi. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, bu MBBS lari faqatgina xususiy kompyuterlardagi MBBS lar bo‘lishi shart emas, balki ular informatsiya bazalari serverlari ham bo‘la oladi (masalan, Microsoft SQL Server, Oracle, Sybase), ODBS drayverlarini ishlatish Sizga ma'lumot bazasiga amaliy programmalardan (masalan Word va EXCEL dan) kirish imkoniyatini va Access Visual Basic nomli ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishni avtomatlashtiradigan algoritmik tilni qo‘llash imkoniyatini beradi. ACCESS informatsiya bazasi bir-biri bog‘liq bir qancha jadvallardan iborat bo‘lib (relyatsion jadvallar), ularda qandaydir turdagi, formatdagi va ko‘rinishdagi ma'lumotlar majmuasi saqlanadi. Unda Har bir ma'lumot bazasi aloxida faylda saqlanadi. Ushbu fayl ma'lumot bazasining hamma ob'ekti va elementlarini o‘z ichiga oladi (masalan, so‘rovlar, xisobotlar, formalar, indeks va kalit maydonlari xaqidagi ma'lumotlar va xokazolar). Masalaning bunday qo‘yilishi ob'ektlarni saqlash, nusxalash, yo‘qotish va boshqa operatsiyalarning amalga oshirilishini ancha osonlashtiradi. ACCESS informatsiya bazasida quidagi turdagi ma'lumotlarning turlarini ishlatishingiz mumkin:
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling