1. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari


Download 0.68 Mb.
bet5/13
Sana21.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1105848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
8-Ma\'ruza

Po vozrastaniyu – ko‘payish bo‘yicha;
Po ubivaniyu – kamayish bo‘yicha:
Otsutstvuet– saralanmagan holda.
Masalan, agar ST familiyasi maydondagi ma'lumotlarning alfavitli ko‘payish tartibi bo‘yicha joylashishini xoxlasak, u erga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib turtilsa, pastga qaragan tugmacha tasviri hosil bo‘ladi va ushbu tugmachani bosib, bizga kerak imkoniyatni «Po vozrastaniyu» tanlashimiz mumkin. Keyingi to‘rtinchi qatorda ma'lumotlarning ekranda ko‘rinishi kerakligi yoki bunday bulmasligi tegishli katakchalarga ( (galochka) belgisini ko‘yish orqali oldindan aniqlab kuyiladi. Ko‘rayotgan misolimizda ularning barchasiga belgi qo‘yilgan va demak ularning hammasi ham ekranda ko‘rinadi. Oxirgi satr faqatgina mantiqiy turdagi maydonlar uchun ishlatiladi. Bizda mantiqiy maydon Imtiyoz bo‘lgani uchun, faqat uning o‘zigagina tegishli bo‘lgan «Istina» G`Loj, DaG`Net, VklG`Vo`kl yozuvlarini yozishimiz mumkin. «Uslovie otbora» deb nomlangan beshinchi qatorda jadvaldan qaaysi shartlarga buysungan yozuvlar tanlab olinishi kerakligi mantiqiy shartlar asosida ko‘rsatilishi mumkin (>,<, q va boshqalar). Masalan, ish xaki 20 ming so‘mdan katta bo‘lganlar yoki ismi Anvar bo‘lganlar tanlab olinsin kabi shartlar bo‘lar jumlasiga kiritilishi mumkin. Yuqoridagi barcha ishlarni bajarib bo‘lganidan so‘ng Vid menyusidan «Rejim tablitsi» rejimini tanlab olamiz va so‘rovimizga asosan hamda ko‘rsatilgan shartlar asosida qurilgan jadvalni ekranda ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida jadval ko‘rish, unga ma'lumotlarni kiritish, jadvallardan foydalanib, so‘rovlar tashkil qilish va so‘rovimizga asosan qurilgan yangi jadvalni ko‘rish kabilarni batafsil ko‘rib chiqdik. Endi mavjud jadvallardan foydalangan holda xisobotlar qanday tayyorlanilishi kerakligini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun 3–rasmda ko‘rsatilgan asosiy oynaga utib, «Otcheti» (Xisobotlar) imkoniyatini tanlaymiz va Quyida ko‘rsatilgan suxbat oynasiga ega bo‘lamiz:



11-rasm Hisobotlarni konsturktor yordamida xosil kilish

Yuqoridagi barcha ishlarimizda Master rejimidan foydalanganligimiz uchun bu erda ham xuddi shu rejimda ishlashni tanlab oldik, ya'ni “Sozdanie otcheta s pomoshchyu mastera” imkoniyatini tanladik. Agar uni ekranda bir marta to‘rtsak, biroz vaqtdan so‘ng xisobotlar tashkil qilishning dastlabki dialog oynasi «Sozdanie otchetov» hosil bo‘ladi:


Buning asosiy maqsadi xisobot uchun mavjud jadvallardan tegishli maydonlarni tanlab olishdir. Bunda bir qancha jadvallarni qo‘llash va so‘rovlarni tashkil qilish imkoniyati mavjud. «Tabltsi i zaprosi» maydonida kerakli jadval nomi tanlanadi, «Dostupnie polya» maydonida esa jadvaldagi ustunlar nomi tanlanib, ular > tugmachasi orqali «Vibrannie polya» maydoniga o‘tkaziladi. Buni ishni quidagi darchada ko‘rsatishimiz mumkin:

12-rasm. Hisobotlarni master yordamida xosil kilish
Ushbu ishlar tugatilganidan so‘ng Dalee tugmachasi bosilib, keyingi suxbatli oynada ishlashga o‘tiladi. Ushbu holda quidagi dialog oyna hosil bo‘ladi:

13-rasm. Tayyor hisoboning ko’rinishi
Ushbu oynadan xisobotdagi guruxlashtirish qaaysi ko‘rsatkich yoki Ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirilishini, ushbu ko‘rsatgichlarning qaaysi biri birinchi, ikkinchi yoki uchinchi darajali bo‘lishini aniqlab olishimiz mumkin. Bu ishlar > tugmacha va «Uroven» tugmachalarini bosish orqali amalga oshiriladi. Kurilayotgan misolda Faoliyat turini tanlab > strelkali tugmani bosdik va bu bilan biz bir darajali guruxlashtirishni tanladik, ya'ni faoliyat turi guruxlashtirish ko‘rsatkichi bo‘ldi va natijada quidagi oynani oldik:
Bundan keyingi barcha ishlar suxbatli oynalardagi ko‘rsatilgan ishlarni xuddi «Zapros» rejimi singari bajarish va «Dalee» tugmachasini bosish orqali amalga oshiriladi. Ishimiz so‘nggida «Gotovo» tugmachasini bosib, tegishli xisobotni ekranda ko‘rishimiz va chop qilishimiz ham mumkin. Demak, endi Siz ma'lumotlar bazasi tuza olasiz, unga ma'lumotlar kiritish uchun formalar, jadvallar majmuasidan xilma-xil turdagi so‘rovlar tashkil qila olasiz va jadval ko‘rinishidagi (relyatsion ma'lumotlar bazasi) ma'lumotlar majmusi asosida turfa xil ko‘rinishdagi xisobotlar tuza olasiz. Bu esa Sizga ishingizni yanada unumdor va qiziqarli qilishga imkon beradi.
Ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, ya'ni kompyuter tarmoqlarida ishlatishga mo‘ljallangan ma'lumot bazalarini yaratish va ularni yuritish tizimlariga Oracle, InterBase, SyBase, MicroSoft SQL Server, Informix deb ataluvchi dasturlar kiradi. Bu dasturlar ishlash tamoyillariga ko‘ra ierarxik, relyatsion va aylana-xalkasimon ma'lumot bazalariga bo‘linadilar. Hozirda relyatsion ma'lumot bazalari o‘zining qulayligi tufayli keng miqyosda ishlatilmoqda. Relyatsion ma'lumot bazalari ma'lumotlarni jadvallarga joylashga va jadvallar orasida mos bog‘liqliklarni, ya'ni munosabatni (relyatsiyani) o‘rnatishga asoslangan. Ular jadvallar orasidagi turli bog‘liqliklarni o‘rnatish, ma'lumot kiritish shakllarini yaratish, xisobot shakllarini chiqarish, turli so‘rovlar «Zaprosi»tuzish imkonini beradi. Shuning uchun ham ularning birini kundalik ish faoliyatida ishlatish uchun tanlab olinayotganda, ularning qaaysi tomonlarini ko‘proq ishlatishingizga va Siz uchun nima muximligiga ahamiyat berib, diqqatni xuddi shunga qaratishingiz lozim bo‘ladi.
Biz Quyida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan informatsiya bazalarini boshqarish sistemalaridan zamonaviyligi va imkoniyatlari ko‘pligi bilan ajralib turadigan, hamda hozirgi paytdagi ko‘pgina sistemaviy programmaviy ta'minotlar tarkibiga kirib, ko‘pchilik uchun qulay imkoniyatlar yaratayotgan Access deb nomlangan ma'lumotlar majmuasini boshqarish sistemasining (MBBS) asoslari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Agarda Siz ushbu sistema bilan batafsilroq tanishishni xoxlasangiz, u holda qo‘llanmaning oxiridagi adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan maxsus adabiyotlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Katta ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling