1. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari


Ma’lumotlarni bulutda saqlash. Ma’lumotlarni bulutda saqlash


Download 0.68 Mb.
bet11/13
Sana21.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1105848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-Ma\'ruza

Ma’lumotlarni bulutda saqlash. Ma’lumotlarni bulutda saqlash — bu tarmoqdagi taqsimlangan serverlarda mijozlarga ma’lumotlarni on-layn saqlash texnologiyasi.
Hozirgi kunda ma’lumotlarni bulutda saqlash uchun quyidagi keng tarqalgan ilovalar mavjud:

Google Drive
Dropbox
Mega
Яндекс.Диск
Облако@mail.ru
Box.net

Amazon Web Services
pCloud
iCloud Drive
4shared SugarSync
SpiderOak
OneDrive ( ex. SkyDrive)

iDrive
OpenDrive
Syncplicity
MediaFire

Google Drive imkoniyatlari. Google Drive —Google tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga ma’lumotlarini bulutda saqlashga imkon beradi. Saqlangan ma’lumotlarni Internet orqali boshqalarga taqdim etish mumkin bo‘ladi. Ushbu serverda 30 xil tipdagi fayllarni joylashtirish mumkin, masalan, hujjat, foto, musiqa, video va boshqalar. Google Drive tomonidan taqdim etilayotgan xizmatning 15 Gbaytgacha tarifi bepul bo‘lib, undan ko‘pi bilan 30 Tbaytgacha joy olish mumkin va bitta faylning hajmi 5 Tbaytdan oshmasligi kerak. Ma’lumotlarga Windows, Mac OS, Android, iOS muhitlaridan bevosita brauzerlar orqali kirish mumkin. Ushbu xizmat
https://drive.google.com/ manzilidan o‘rin olgan.
Microsoft OneDrive imkoniyatlari. OneDrive — ushbu Internet xizmat 2014-yilda Microsoft SkyDrive bazasida yaratilgan. OneDrive servisidan asosiy afzalligi uning Office 365 bilan integratsiyasida, shu bois unda bevosita Excel, OneNote, PowerPoint va Word fayllarini yaratish va saqlash mumkin. OneDrive xizmati 5 Gbaytgacha bepul bo‘lib (ko‘pi bilan 50 Gbayt), axborotlar tartiblangan papkalarda saqlanadi va ularni slaydlarni namoyishi kabi ko‘zdan kechirish mumkin. Ushbu xizmat http://onedrive.com/ manzilida joylashgan.
Dropbox imkoniyatlari. Dropbox — bulutda ma’lumotlarni saqlash bilan bir qatorda ularni boshqa mijozlar bilan birgalikda sinxron qayta ishlash imkonini beradi. Shu bilan birga unda quyidagi imkoniyatlar mavjud:

  • 256-bitli AES shifrlash va SSL shifrlash;

  • sinxronlashni mukammal texnologiyasi;

  • Microsoft Office 365 bilan integratsiyalanganligi;

  • fayllarni tiklash;

  • parolni va uning muddatini aniqlash;

  • papkalarga kirish darajasini belgilash va uni boshqarish;

Dropbox  xizmati 2 Gbaytgacha bepul bo‘lib, yuqoridan “cheklanmagan” va uni har qanday bonuslar orqali kengaytirish mumkin.
Dropbox doirasida o‘zgartirilgan fayl to‘liq serverga jo‘natilmaydi, faqatgina o‘zgartirilgan qismi jo‘natiladi, shu bois tezkor hisoblanadi.
Dropbox bevosita BoxCryptor bilan birgalikda fayllarni shifrlash orqali axborot xavfsizligini ta’minlash mumkin. Ushbu xizmat  http://www.dropbox.com manzilida joylashgan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling