1. Ma’lumotlar bazasining turlari. Ierarxik modellarda yozuvlar daraxtsimon sturukturali ko‘rinishi


Download 371.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi371.07 Kb.
#1600791
Bog'liq
3-mavzu



3-Mavzu: Ma’lumotlar bazasining turlari. Ma’lumotlarning ierarxik va 
tarmoqlangan modellari. 
Reja: 
1. Ma’lumotlar bazasining turlari.
2. Ierarxik modellarda yozuvlar daraxtsimon sturukturali ko‘rinishi 
 
Tayanch so’z va iboralar: ma’lumоtlar bazasi, ierarxik, tarmоqli, relyatsiоn. 
Ma’lumotlar bazasining turlari 
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlar turli ko'rinishda bo 'lishi mumkin ekan. 
Qanchalik turli-tuman bo'lishid an qa t’i nazar, ularni uchta guruhga ajratish mumkin. Bu 
guruhlar quyidagicha nomlanadi: 
• daraxtsimon ma’lumotlar bazasi; 
• tarmoq ko'rinishidagi ma’lumotlar bazasi; 
• relatsion (jadval) ko'rinishdagi ma’lumotlar bazasi. 
Bularni misollarda ko'rib chiqamiz. 
Daraxtsimon m a’lumotlar bazasi 
Daraxtsimon ma’lumotlar bazasi sizga informatika kursidan ma’lum bo'lgan Norton 
kommanderda kataloglar strukturasini daraxtsimon ko'rinishda tasvirlash misol bo'la oladi. Uni 
quyid agicha tasvlrlash mumkin (1.1-rasm): 
1.1-rasm. Daraxtsimon ma’lumotlar bazasi 
Ayrim hollarda ma’lumotlar bazasini bu ko'rinishda tasvirlash foydalanuvchi uchun 
m a’lum qulayliklar tug'diradi. Bunga, biz Norton programmasida ishlaganingizda ishonch hosil 
qilgansiz. Ayniqsa, ichma-ich joylashgan (qism) kataloglarni daraxtsimon ko'rinishda tasvirlash 
foydalanuvchiga qulayliklar tug‘diradi. Shuningdek, daraxtsimon ma’lumotlar bazasini
Windows bilan ishlaganda ham ko'rgansiz. PUSK m enyusi yoki PROVODNIK bilan 
ishlaganingizda bunga amin bo'lgansiz. 
Tarmoq ko'rinishidagi ma’lumotlar bazasi 


Bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasiga internet tarmog'i misol bo‘la oladi. 
Internetda ma’lumot ma’lum bir protokol asosida yoziladi va shu protokol asosida barcha 
internetga ulangan kompyuterlaruni o'qiydi. Ma’lumotlar bazasi esa bir-biridan uzoqda 
joylashgan serverlard a (kompyuterlarda) saqlanadi. Bu turdagi ma’lumotar bazasini quyidagi 
rasmda ko'rish mumkin (1.2-rasm): 
1.2-rasm.Tarmoq ko'rinishidagi ma’lumotlar bazasi 

Download 371.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling