ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash
joylari qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid
boshqa ichki hujjatlar talablariga
rioya etishi;
axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o‘z dunyoqarashini
kengaytirishga intilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni,
qadr-qimmati va
ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi
shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonunchilikka
muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
49-modda. Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo‘yiladigan
talablar
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning
kiyim-boshiga doir talablar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim oluvchilarning ayrim toifalari O‘zbekiston
Respublikasi Davlat
budjeti mablag‘lari hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
50-modda. Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni vaqtincha yashash
Do'stlaringiz bilan baham: