1. Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli


Download 210.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi210.07 Kb.
#1614368


1.Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli 
ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi 
modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish; 
davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat 
boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat 
boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish; 
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi 
va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va innovatsiya 
faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish; 
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investitsiyalarni 
keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani 
takomillashtirish; 
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va 
ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu 
faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish; 
mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilish va 
joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan ilmiy-eksperimental 
ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa 
innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarni, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; 
2..Iqtisodiy mahsulotni i.ch., taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan 
asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan 
paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan 
mustahkamlangan normalar majmui. I.t. doirasida iqtiso-diyot subʼyektlari, i.ch. omillari oʻzaro 
munosabatga kirishadilar va bu muno-sabatlar maʼlum qonun-qoidalarga bi-noan boshqariladi. 
I.t. faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, 
foyda kabi bir kator vo-sitalar yordamida tashkil qilinadi. 
I.t. masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-
iqtisodiy ti-zimlarni i.ch. vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va 
boshqarish usuliga koʻra tas-niflash koʻproq tarqalgan. 21-asr boshlaridagi qarashlarda I.t.ni 
baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllaniladi, I.t.ning eng 
muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va 
texnologiya darajasi; i.ch. harakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy 
munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi. 
3…Bizning zamonamizda bilimda misli ko'rilmagan taraqqiyot ro'y bermoqda, bu esa, bir 
tomondan, hayotning turli sohalariga oid ko'plab yangi faktlar, ma'lumotlarning ochilishiga va 
to'planishiga olib keldi va shu bilan insoniyatni ularni tizimlashtirish zarurati bilan to'qnashdi. 
xususiyda umumiyni, o‘zgaruvchanda doimiyni topish. Tizim deganda ma'lum bir yaxlitlikni
ma'lum birlikni tashkil etuvchi o'zaro bog'liq elementlar yig'indisi tushuniladi. 
Ob'ektlar va hodisalarni tizim sifatida o'rganish fanda yangi yondashuv - tizimli yondashuvning 
shakllanishiga sabab bo'ldi. 

Download 210.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling