1. Maʼmuriy javobgarlikka tortilish yoshi necha yosh? A 18 b 14 c 15 d 16 2
Download 11.51 Kb.
|
Xumoyun
1.Maʼmuriy javobgarlikka tortilish yoshi necha yosh? A)18 B)14 C)15 D)16 2.Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan qaysi normativ huquqiy hujjatda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi? A)Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi nizom B)Ichki ishlar organlari xodimlarining oʻzini tutish boʻyicha odob axloq kodeksi C) Oʻzbekiston Respublikasi 445-sonli qonuni D) Toʻgʻri javob yoʻq 3.Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga qaysi maʼmuriy jazo qoʻllanilishi mumkin emas? A)Jarima B)Maʼmuriy qamoq C)Ozodlikdan mahrum qilish D) Ozodlikdan cheklash 4.Ma’muriy qamoq muddati nimalar bilan hisoblanadi? A) Yillar B) Oylar C) Soatlar D) Sutkalar 5.Maxsus huquqdan mahrum etish muddati nimalar bilan hisoblanmaydi? A) Yillar B) Oylar C) Kunlar D) Sutkalar 6.Bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish. Yuqorida qaysi huquqbuzarlikka taʼrif berilgan? A) Tuhmat B) Firibgarlik C) Haqorat qilish D) Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish 7.Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish. Yuqorida qaysi huquqbuzarlikka taʼrif berilgan? A) Tuhmat B) Firibgarlik C) Haqorat qilish D) Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish 8.Ma’muriy huquqbuzarlik deganda ... . Jumlani davom ettiring. A)qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. B)qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. C)qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. D)Hamma javob toʻgʻri 9.Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishsa, ularga qanday jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin emas? A) Jarima B) Maʼmuriy qamoq C) Ozodlikdan cheklash D) Axloq tuzatish ishlari 10.Quyidagi jazo choralaridan qaysi biri, ham asosiy ham qoʻshimcha jazo turi hisoblanmaydi? A) Ashyolarni ularning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish B) Ashyolarni musodara qilish C) Maxsus huquqdan mahrum qilish D) Jarima 11.Quyidagilardan qaysi bir jazo chorasi faqatgina asosiy jazo chorasi hisoblanadi? A) Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish B) Ashyolarni ularning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish C) Ashyolarni musodara qilish D) Maxsus huquqdan mahrum qilish 12.Quyidagi fikrlardan qaysi bir xato? A) Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. B) Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin emas. C) Maʼmuriy javobgarlik subyektlari uch turga boʻlinadi D) Jinoiy javobgarlik choralari faqat sud tomonidan belgilanadi. 13.Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish ularning O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi keyinchalik necha yildan necha yilgacha muddatga cheklangan holda, majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishidan iborat? A) uch yildan besh yilgacha B) yarim yildan uch yilgacha C) uch yildan toʻrt yilgacha D) bir yildan uch yilgacha 14.Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qaysi organlar tomonidan taʼminlanmaydi? A) Davlat sanitariya nazorati organlari B) Ichki ishlar organlari C) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi D) Farmasevtika organlari 15.Quyidagilardan qaysi biri javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarga kirmaydi? A) Aybdorning o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi B) Huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og‘ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi C) Huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi D) Huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi Download 11.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling