1. Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari. Tushuncha turlari, munosabatlari va mantiqiy amallari. Hukm va xulosa – tafakkur shakli sifatida


Dalillashning mantiqiy asoslari. Muammo. Faraz. Nazariya


Download 0.68 Mb.
bet8/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1013248
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9 мавзу (1)

Dalillashning mantiqiy asoslari. Muammo. Faraz. Nazariya. E’tiqodning shakllanishida dalillashning o‘rni. Suhbat, munozara fikr almashuv insonlar o‘rtasida munosabat o‘rnatish, ularning o‘zaro aloqada bo‘lishning eng muhim vositalaridandir. Bunday aloqaga kirishuv inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi. Suhbat, munozara albatta ikki suhbatdosh yoki undan ko‘p bo‘lishini nazarda tutadi. Albatta bu suhbatdoshni fikran tasavvur etish ham mumkin. Suhbat, munozaraning eng muhim xususiyatlaridan biri, oddiy informasiya almashuv bilan birga ma’lum maqsad yo‘lida dalillardan foydalanish, dalil, asos keltirish, dalillash, asoslash (argumentatsiya) jarayonidir.
Argumentatsiya maqsadlari har xil bo‘lishi mumkin:
1) o‘z fikrini bildirish orqali o‘zining mustaqilligini ifodalash;
2) haqiqatga erishish, haqiqatni aniqlash;
3) suhbatdoshini ishontirish, munozara olib borayotgan raqibiga o‘z fikrini uqdirish;
4) muloqotda bo‘linayotgan shaxsni qandaydir foydali faoliyat, harakatlarga rag‘batlantirish yoki zarar ishlardan qaytarish va h. k.
Dalil keltirish, fikrni asoslab berish, argumentatsiya jarayoni, usuli hayotning va ilm-fan, madaniyatning turli sohalarida, tafakkur faoliyatida turli o‘ziga xos xislatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Fizika, matematika ilmida asoslash jarayoni — usuli adabiyot, tilshunoslikdan farq qiladi, shuningdek arxeologiyadagi dalil keltirish usuli texnikadagi argumentatsiyadan o‘zgachadir. YUridik sohada ham biror masalani isbotlab berish o‘ziga xos asoslash usulini, jarayonini talab etadi. SHu bilan birga har bir soha o‘ziga xos argument, dalil shakllariga ega bo‘lishi mumkin — dalil so‘zlar, shifr, sxema, fakt-hodisa, voqealar, buyumlar kabi shakllarda mavjud bo‘lishi mumkin.
Lekin shu bilan birga qaysi sohada bo‘lmasin asoslash jarayoni, argumentatsiya o‘z tuzilishi, xarakteri, bilishdagi ahamiyati, maqsadlari jihatidan umumiy xislatlarga tomonlarga egadir.
Mantiq fani umuminsoniy xarakterga ega bo‘lgani kabi dalil keltirish, fikrni asoslash jarayoni ham umuman mantiqiy tafakkurning u kimniki, qaysi vaqt va jamiyatda bo‘lishidan qat’iy nazar ajralmas xislatidir. Dalil keltirish jarayoniga u inson tafakkurining xillari bo‘lganligi sababli turli faktorlar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. CHunki inson ma’lum jamiyatda ma’naviy-g‘oyaviy, milliy muhitda, ruhiy holatda, ya’ni konkret ijtimoiy sharoitda yashaydi.
Dalil keltirish jarayoniga axloqiy faktor ma’lum jihatdan ta’sir ko‘rsatadi, xususan suhbatdosh yoki auditoriya, suhbatni eshituvchilar uchun suhbatni olib boruvchining maqsadi, axloqiy xislatlari argumentatsiyaning ishontirish kuchiga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, residivist, xiyonatchi noto‘g‘ri harakatlari bilan ma’lum shaxsning yuqori axloqiy fazilatlar to‘g‘risidagi balandparvoz gaplari eshituvchiga aks ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Axloqiy faktor argumentatsiya, asoslashdan olinadigan maqsadning mohiyati jihatidan ijtimoiy xarakter kasb etadi.
Munozarada ishtirok etuvchilarning jamiyatda tutgan mavqei, malakasi, bilim darajasi kabilar dalillarning ishontirish kuchiga ta’sir etadi. Bu masaladan isbotlash, dalil keltirish jarayonida avtoritetdan foydalanish masalasi ham kelib chiqadi. Biz suhbat, munozara, ma’ruzada dalil keltirganda ulug‘ olimlar, davlat arboblari, atoqli shaxslarning so‘zlaridan, davlat qarorlaridan foydalanishga harakat qilamiz. Lekin asarlari, fikrlaridan foydalanilgan shaxslar yoki davlat arboblari davrlar o‘tishi, sharoitning o‘zgarishi bilan o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotishi mumkin.
Demak argumentatsiyaga, asoslash jarayoniga ijtimoiy-sotsial — iqtisodiy, siyosiy faktorlar ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan.
Asoslash, dalil keltirish ikkidan ortiq shaxsning ishtirokini talab etadi. SHu bilan birga argumentatsiya suhbatdoshda qandaydir ishonchni vujudga keltirish, uni ishontirish maqsadiga qaratilgan ekan uning psixologik aspekti ham mavjuddir, chunki ishontirish, ishonish yoki ishonmaslikning shakllanishi insonning ruhiy, psixologik holati bilan ham bog‘liqdir.
Bu ruhiy holat, psixologik jarayon esa inson tarbiyasi, ta’lim-tarbiya ishlarining insonga qanday ta’sir etganligini taqozo qiladi. SHunday ekan argumentatsiyaning, psixologiya, pedagogika masalalari bilan uzviy bog‘liqligi ma’lum bo‘ladi.
Suhbat, munozaraning natijasi argumentatsiyada foydalanilgan til, nutq vositalariga ham qisman bog‘liqdir. Fikrlar til orqali ifodalanadi, til tabiiy til va sun’iy til — fanda ishlatiladigan sun’iy tildan iborat bo‘lishi mumkin: birinchisi kundalik hayotda, muloqotda muhim rol o‘ynasa, ikkinchisi bilimning spetsifik sohalarida — texnika, informatika kabilarda muhim ahamiyatga egadir.
Argumentatsiyaning muhim vazifalaridan bo‘lmish suhbatdoshda ishonch hosil qilish ekan, bunda til faktori ham ma’lum darajada rol o‘ynaydi. Bunday hollarda argumentatsiya uchun foydalaniladigan dalil — hukmlar va ularni ifodalash uchun kerak bo‘lgan so‘zlarning tanlab olinishi, so‘z san’atidan foydalana olish ma’lum ahamiyatga ega bo‘ladi.
SHunday qilib, argumentatsiya, asoslash jarayoni qator faktorlarni, unga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni nazarda tutishni talab etadi.
Lekin argumentatsiyaning turli sohadagi ko‘rinish xususiyatlari, unga har xil faktorlarning qaysi darajada ta’siridan qat’iy nazar u mantiqiy jarayon, mantiqiy kategoriya sifatida o‘z mohiyati bilan butun va muayyandir.
Argumentatsiya — dalil keltirishning mantiqiy asosi isbotlash va raddiya jarayonidir. Raddiya isbotlashning aksi, aniqrog‘i ma’lum munosabat, belgining mavjud emasligi, yo‘qligini isbotlashdir.
Isbot mantiq va tajribada hayotda bir xil ma’nodagi tushuncha emas, bulardan biri isbot etish jarayoni, ikkinchisi esa isbot natijasini bildiradi. Isbotning mantiqiy ma’nosi uning natijasini ko‘rsatishdir. SHuning uchun isbot deb tajribada tekshirilib, chinligi aniqlangan hukmlar orqali ikkinchi bir hukmning chinligini aniqlashga aytiladi. Har bir mantiqiy isbot fikrlarimiz orasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Xususan tezis bilan argument — dalil munosabatini ko‘rsatish isbotning muhim xislatidir. SHuning uchun ham isbot vositali bilishdir. Masalan, agar tarix, adabiyot yoki boshqa fanlar sohasida biz uchun zarur bo‘lgan problemalar haqida yangi ma’lumotlar olishni istasak, buning uchun arxeologik qazilmalar, adabiy manbalar, qo‘l yozma asarlar va boshqalar orqali dalil-faktlar to‘plashga kirishamiz. Bu fakt-dalillar isbot uchun eng zaruriy vosita bo‘ladi.
Hozirgi zamon ayrim mantiqshunoslari dalil mantiqiy fikrlashni asosiy xususiyati emas deb, mantiqiy isbotni voqelikdan tamoman ajratib qaraydilar. Ularning fikricha, matematikadagi isbot faqat bir chin fikrdan ikkinchi bir chin fikrning kelib chiqishi orqali paydo bo‘lgan. Bu isbot go‘yoki tajribadan ajralgan holda faqat matematikadagi aksiomalar va ta’riflar orqali amalga oshiriladi. Darhaqiqat, matematikadagi isbot kimyo, fizika fanlaridek tajriba o‘tkazishga muhtoj emas. Ammo matematikadagi aksiomalar va ta’riflar ham inson tajribasida ko‘p martaba takrorlanish natijasida vujudga kelgan umumiy mulohazalar ekanligini hisobga olish lozim. SHuning uchun ularning isbot bilan voqelik munosabati haqidagi ta’limoti ilmiy asosga ega emas.
Ilm-fan har bir isbot hamma vaqt faktlarga, tajribaga tayangan bo‘ladi, deb ta’lim beradi. To‘g‘ri, biz isbot etish uchun chinligi aniqlangan hukmlardan foydalanib, ikkinchi bir hukmning chinligini aniqlashga intilamiz. CHunki chinligi aniqlangan hukmlar hamma vaqt tajribada tekshirilib, umumlashtirilgan chin fikrlardir.
Isbot etish tarkibi tezis, asos yoki argumentdan va demonstratsiyadan iboratdir.
1. Tezis deb, chinligi isbot etishga muhtoj bo‘lgan hukm yoki mulohazaga aytiladi.
2. Asos yoki argument — dalil deb, tezisni isbot etish uchun foydalaniladigan chin hukm yoki mulohazalarga aytiladi.
3. Demonstratsiya deb isbot etish jarayoni va usuliga aytiladi.
Endi ularning har birini alohida-alohida olib qaraymiz.
T e z i s. Isbot etish jarayoni tezis va asos yoki argument o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘ladi. Misol uchun: «Furqat ma’rifatparvar shoir» degan tezisning chinligi isbot etishga muhtoj deb qaraylik. Buning uchun xulosa asoslari sifatida oldin isbot etilgan chin hukmlardan foydalanamiz. Avvalo Furqatning ilmni egallash, ilm tarqatish uchun kurashgan demokrat shoir ekanligi ma’lum bo‘ladi. «Hamma ilmni egallash, ilm tarqatishga chaqirgan shoir ma’rifatparvardir», degan fikr aniqlanib, chinligi isbotlanadi.
Bu misolda keltirilgan asosda biz isbotlamoqchi bo‘lgan tezis — Furqatning ma’rifatparvar shoir ekanligining chinligini belgilash yotadi.
Har bir fikr, mulohazani isbot etish uchun foydalanadigan tezis hamda vaqt aniq va ravshan bo‘lmog‘i lozim. SHuning uchun hamma ilmiy mulohazalarni isbot etish paytida aniq termin, tushunchalardan foydalanilmasa, u albatta noaniq va chalkash bo‘ladi.
Ba’zan tezisning isbot etilishi tezisning kelib chiqishi uchun sabab bo‘lgan manbalarni aniqlashni taqozo qiladi. Masalan, «Muhammad Soliq 1499 yildan boshlab «SHayboniynoma» dotsonini yozishga kirishdi». «Abu nasr Forobiy 873 yilda tug‘ildi» degan xulosalarni faqat tarixiy manbalarga tayanib isbot etish mumkin. Ko‘pchilik vaqtlarda fanlar sohasidagi ma’lum bir tezisning chinligi bevosita amalda isbot etish yoki tajribada tekshirib ko‘rish orqali isbot etiladi. Bunday vaqtlarda tekshirilib aniqlangan faktlar tezisning chin yoki xato ekanligini aniqlash uchun katta xizmat qiladi. Masalan, qadimgi yunon materialistlaridan Demokrit «atom sodda jism» degan tezisni olg‘a surgan edi. Keyinchalik olib borilgan ilmiy tekshirishlar bu tezisning chin emasligini, balki haqiqatda «atom sodda jism emas» degan tezisni isbot etdi. Kopernik quyosh Er atrofida emas, balki, aksincha, Er quyosh atrofida aylanadi, degan mulohazaga keldi. Fanlar tarixidan bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Asos—(argument — dalil) bu yuqorida bayon etilganidek, tezisni isbot etish uchun tajribada sinab ko‘rilgan, fanda aniqlangan hukm va mulohazalardir. Asos tezisning chin ekanligini isbot etuvchi chin hukmdir. SHuning uchun xato yoki shubhali mulohazalar isbotlashga asos bo‘la olmaydilar. Isbotlashdagi hamma asoslar bilim ahamiyatiga ega bo‘lishlari bilan uch xil xarakterga egadirlar:
a) faktlarning isbot uchun asos bo‘lishi;
b) aksiomalarning isbot uchun asos bo‘lishi;
c) fanlarda oldin isbot etilgan fikrlar isbotga asos bo‘lishi:
Argument yoki asosning bu uch xil xususiyatini ketma-ket ko‘rib chiqamiz.
a) Faktlarning isbot uchun asos bo‘lishi. Har bir fakt, ya’ni haqiqatan yuz bergan real hodisa yoki chin voqea fan uchun va insonning kundalik ishi uchun muhim hamda zaruriy ahamiyatga egadir. YUz bergan bu real voqea hamma vaqt isbotning asosi bo‘la oladi. Odatda, hayotda faktlar hamma vaqt o‘zaro bog‘langan bo‘ladilar. SHuning uchun faktlardan isbotlash uchun to‘la foydalanish zarur, ya’ni faktlarning faqat soniga e’tibor berib qolmay, balki ularning sifatiga ham e’tibor berish lozimdir.
Fakt va qonunlar. Har qanday fan asosida kuzatish, sezish, bevosita his etish va eksperiment yordamida olinadigan faktlarning umumlashmalari, sintezi yotadi. Konkret faktlar va ularning analiziga asoslanmagan ilmiy bilim, nazariya, ta’limot, shuningdek, fanning bo‘lishi mumkin emas. Faktga asoslanmagan bilimning ilmiy qimmati va shuningdek, amaliy faoliyat uchun ahamiyati ham bo‘lmaydi. U quruq fantaziya, xayoliy fikrdan iborat bo‘lib qoladi. SHu boisdan ham mashhur rus olimi akademik I. P. Pavlov faktning fan uchun nihoyatda zarur ekanligini alohida ta’kidlab, «fakt — fan uchun havodek zarur narsa», deb aytgan edi. Fanlarning xarakteriga qarab faktlar turlicha bo‘ladi. Tabiatshunoslik fanlarida faktlar tabiat hodisalaridan, konkret fizik jismlardan, kimyoviy jarayondan iborat bo‘ladi. Masalan, tibbiyotda har bir kasalning dardi yoki jarohati, undagi bo‘layotgan jarayonlar konkret fakt bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarda esa tarixiy hodisalar. arxeologik qazilmalar, badiiy asarlar, qo‘lyozma kabilar fakt xizmatini o‘taydi.
Faktlar yordamida ma’lum tezisni isbot etish yoki opponentning tezislarini rad etish har qanday fanda keng qo‘llaniladi va u haqiqatni aniqlashning eng muhim yo‘li, vositasi hisoblanadi.
Isbot etish maqsadida foydalaniladigan faktlar ob’ektiv voqelik in’ikosi bo‘lsa, u tezisning chinligini tasdiqlash uchun xizmat qiladi, aksincha, faktlar ob’ektiv voqelik bilan mos bo‘lmasa, u tezisning chinligini tasdiqlash uchun xizmat qila olmaydi. Hamma vaqt tabiiy va ijtimoiy fanlardagi tezisni isbot etish uchun ko‘proq faktlardan foydalanish foydali bo‘ladi, lekin tezisni inkor etish uchun foydalaniladigan faktlar tasodifiy bo‘lmay, balki xarakterli xususiyatga ega bo‘lgan faktlardan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Aksioma deb narsalar va hodisalar orasidagi munosabatni aks ettiruvchi hamda insonning bilish praktikasida ko‘p marotaba takrorlanishi natijasida shakllanib qolgan isbotsiz, o‘z-o‘zidan aniq bo‘lgan haqiqatga aytiladi. Aksioma bu grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, isbot talab qilmaydigan, o‘z-o‘zidan ma’lum haqiqat degan ma’noni anglatadi.
Aksiomalar chin bo‘lgan fikrlardir. Har bir fanda ayrim mulohazalarni isbot etish uchun o‘ziga xos bo‘lgan aksiomalardan foydalaniladi. Masalan, matematika, mexanika va nazariy fizikadagi aksiomalar faqat shu fanlar uchun xizmat qiladi. Bu fanlardagi aksiomalar boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar uchun xizmat qila olmaydi. Aksiomalar fanda isbot etishning asosi sifatida foydalaniladi. Aksiomalar umuman isbot etish va xususan deduktiv isbot etishning asosi bo‘ladi. Aksiomalar tajribada ko‘p marotaba sinalgan umumiy haqiqatni ifoda etganligi sababli argument uchun muhim rolni bajaradilar. SHu bilan birga aksiomalarning vazifasi chegaralanganligini hisobga olmoq lozim, ular barcha fan uchun ham xizmat qila olmaydilar. Bu jihatdan aksiomalardan foydalanish doirasi chegaralangandir. Ammo bundan har bir fandagi aksioma abadiy o‘zgarmas degan xulosa chiqmaydi, albatta. Aksiomalar ham fan va texnikaning taraqqiyoti natijasida o‘zgaradi.
Aksioma, postulat, formula va sxemalap. Ayrim fanlar sistemasida, chunonchi, matematika, mexanika, fizika, siyosiy iqtisod fanlarida tekshirilayotgan hodisani ifodalash uchun aksioma, postulat, turli sxema va formulalardan keng foydalaniladi.
Aksioma, postulatlar biror ilmiy nazariyaga xos masalalarni isbotlash asosida yotuvchi, lekin o‘zlari shu ilmiy nazariya doirasida isbotlanmaydigan boshlang‘ich fikrlardir. Masalan, geometrik teoremalar chinligi shubhasiz deb qabul etilgan qator aksiomalarga asoslanib isbot qilinadi. Aksioma xulosa chiqarishning mantiqiy asosi, argumenti bo‘lganda, u postulat shakliga aylanadi.
Aksioma va postulat — ikkisi ham o‘z tabiati va mohiyati jihatidan bir bo‘lib, isbot talab qilmaydi, nazariya va ta’limot doirasida chinligi isbotlanmaydi. CHunonchi, Evklid aksioma, postulatlari geometrik aksiomaning klassik ko‘rinishlaridandir. Bu aksioma va postulatga binoan: «Alohida-alohida, uchinchi narsaga teng bo‘lgan ikki narsa o‘zaro ham tengdir», «Har bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin».
Evklidning bu postulati hozirgi geometriya kursida quyidagi aksioma shaklida beriladi: «Har qanday ikki nuqtadan birgina to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin».
Bunday aksiomalar mantiq ilmida ham uchraydi.. Ular fikr yuritishda o‘z-o‘zidan isbot qilinmaydigan qoida shaklida bo‘ladi. Masalan, deduktiv xulosa chiqarish yoki sillogizm: «Bir narsa ikkinchi narsaning ichiga kirsa, ikkinchisi esa uchinchi narsa ichiga kirsa, birinchisi ham uchinchisi ichiga kiradi» degan aksiomaga asoslanadi.
Aksioma va postulat, umuman, har qanday muhokamaning deduksiya prinsipida tuzilishini nazarda tutadi. SHuning uchun ham ular asosan, deduktiv xulosa chiqarishga asoslanuvchi fanlarda uchraydi. Lekin aksioma va postulatlarning bunday xarakteridan, ularni mutlaqo isbotlab bo‘lmaydi, ular azaldan miyada «tug‘ma shakl»da mavjud bo‘lgan fikrlardir, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Sub’ektiv idealizm, jumladan, hozirgi zamon sub’ektiv idealistik falsafa har qanday tushunchalarni, ayniqsa, aksioma, postulat kabilarni sub’ekgiv mazmunga ega deb e’lon qiladi.
Dialektik materialistik falsafa aksioma va postulatlarning ham ob’ektiv mazmunga egalignni, ular narsa va hodisalarning oddiy munosabatlarini miyada bir necha bor aks ettirish va tajribada sinab ko‘rish natijasida shakllanib qolganligini isbotladi. Inson amaliy faoliyati inson ongida turli mantiqiy shakllarni juda ko‘p marta qaytarishga olib kelgan, natijada bu shakllar aksioma ahamiyatiga ega bo‘lib qolgan.
Qator ilmiy asarlarda aksioma shaklidagi bilimlar inson miyasida amaliy faoliyatning million marta takrorlanib, o‘rnashib qolishi shaklida vujudga kelishi ta’kidlanadi.
Aksioma va postulatlarning roli fanda chegaralangan bo‘lsada, ular ayrim fanlarda ilmiy nazariyalarni asosli, puxta, izchil isbotlash va bayon etishda muhim o‘rin egallaydi.
CHin hukmlarda ifodalangan fan qonunlaridan isbotlash argumenti sifatida foydalanish mumkin. CHunki fan qonunlari, ob’ektiv xarakterga ega bo‘lgan va tajribada sinalgan bilim nazariyasining ajralmas qismi bo‘lib, ular hamma vaqt hukm shaklida ifodalanadilar. Ammo fan qonunlari hech bir vaqt isbot etishning yagona argumenti bo‘la olmaydilar. Umumiy hukmlardan boshqa tajribada tekshirilgan juz’iy chin hukmlar ham isbot asosi bo‘la oladilar.
Demonstratsiya tezis va argumentga o‘xshash ayrim hukm yoki isbotning ayrim qismi bo‘lmay, aksincha, isbotning mohiyatidir. SHuning uchun, demonstratsiya deb tezis bilan argumentning mantiqiy bog‘lanishi natijasida paydo bo‘ladigan shakl, jarayonga aytiladi. Demonstratsiya chin asosdan kelib chiqadigan chin tezisni yoki chin asos orqali xato tezisni aniqlab beruvchi usuldir. Isbot etish shakli — demonstratsiyani tasvirlovchi quyidagi misolga nazar tashlaylik. Buning uchun eng avval isbot tezisni belgilaymiz.
Isbot tezisi: «Karim— tinchlik tarafdori». Bu tezisning chinligini isbot etish uchun dalil—argument sifatida quyidagi chin hukmlardan foydalanamiz:
«Respublikamizning hamma fuqarolari — tinchlik tarafdori».
«Karim Abdullaev Respublikamiz fuqarosi».
Endi tezis bilan argumentlarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanish usuli va bundan kelib chiqadigan xulosani ko‘rib chiqamiz.
«Respublikamizning hamma fuqarosi — tinchlik tarafdori». (Argument).
Karim Abdullaev Respublikamiz fuqarosi. (Argument).
Demak, «Karim — tinchlik tarafdori» (xulosa).
YUqorida bayon etilgan fikrlarga tayanib, hamma mantiqiy isbot uch asosiy elementdan: tezis, argument va demonstratsiyadan iboratdir degan xulosaga kelamiz. Tezis — bu isbot qilinishi lozim bo‘lgan hukm bo‘lib, «nima?» degan so‘roqqa, argument — tezisni isbotlash )chun xizmat qiladigan hukm bo‘lib, «nima bilan?» degan so‘roqqa va demonstratsiya esa tezisning argument orqali isbot etish sababini tushuntiruvchi hukm bo‘lib, «nima uchun?», «qanday?» degan so‘roqlarga javob beradi.
Mantiqda xulosa chiqarishning asosiy shakllariga qarab isbot etish uch asosiy, ya’ni induktiv, deduktiv va traduktiv turga bo‘linadi. Bulardan tashqari, to‘g‘ri va chetdan isbot ztish turlari ham bo‘ladi.
Isbot etish turlaridan biri bu induktiv isbot etishdir. Induktiv isbot etishda tezis umumiy hukm va mulohazadan iborat bo‘lib, uning asosi, dalili yoki argumenti ayrim faktlar haqidagi chin hukmlardan tashkil topadi. Ikkinchi xil qilib aytganda, induktiv isbot etishda umumiy mulohazalar ayrim faktlarni kuzatish yoki eksperiment qilish orqali isbotlanadi.
Induktiv isbot etish induktiv xulosa chiqarishning ayrim usulidir. Ammo induktiv isbot etish bilan induktiv xulosa chiqarish aynan bir xil hodisa emas. Induktiv isbot etish o‘ziga xos xususiyatga ega: agar induktiv xulosa chiqarishdan fikr asoslari xulosa chiqarishda fikr asoslaridan xulosaga qarab boradigan bo‘lsa, induktiv isbot etishda, aksincha, fikr xulosadan asoslarga qarab boradi. Induktiv isbot etishning xulosasi induktiv xulosa chiqarishdek to‘la asosli emas, u ehtimoliy xarakterga ega. Induksiya deduksiyasiz to‘la bilim bera olmaganidek, induktiv isbot ham deduktiv isbotsiz to‘la asosli bilim bera olmaydi.
Isbot etish turlaridan yana biri bu deduktiv isbot etishdir.Deduktiv isbot sillogizm shaklidagi xulosa chiqarish usullaridandir. Deduktiv isbot etishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, unda asoslar umumiy shakldagi chin hukmlardan, tezislar esa yakka yoki juziy shakldagi chin hukmlardan tashkil topgandir. Ammo bundan deduktiv isbot sillogizm shaklidagi xulosa chiqarishning aynan o‘zi degan xulosa chiqmaydi. Sillogizm ba’zan ikkinchi bir sillogizmning asosiga aylanadi. Deduktiv isbot etish tezisning chinligi umumiy mulohaza shaklidagi chin argumentdan, ya’ni chin hukmdan kelib chiqqanligi va bu argument o‘z navbatida praktikada qayta-qayta sinalgan real narsalar va hodisalar munosabatining in’ikosi ekanligini bildiradi.
Deduktiv isbot etishning mantiqiy usulini tasvirlovchi quyidagi misolni ko‘rib chiqaylik. Biz «mis elektr toki o‘tkazuvchi» degan hukmni, ya’ni tezisning chinligini isbot etishimiz lozim. Bu tezisning chinligini isbot etish uchun «hamma metallar elektr toki o‘tkazadilar», degan chin umumiy hukmdan foydalanamiz. Bunday vaqtda isbot etish sillogizm shaklida boradi, chunki misning elektr toki o‘tkazuvchanligi uning (o‘rta termin) «metall» bo‘lgani sababidandir. Natijada biz quyidagi sillogizmga ega bo‘lamiz: hamma metallar elektr toki o‘tkazuvchi. Mis — metall. Demak, mis elektr toki o‘tkazuvchi. Misolimizdagi tezis umumiy asos orqali deduktiv tarzda isbot qilingan.
Isbot etishning uchinchi turi bu traduktiv isbot etishdir. Deduktiv va induktiv isbotlash bilan bir qatorda traduktiv shakldagi isbotlash ham mavjuddir. Traduktiv isbotlash hukmlarning o‘zaro tengligi va aynanligiga qarab xulosa chiqarish va bu xulosaning chin ekanini isbotlashdir.
Traduktiv isbot deduktiv isbotlash bilan birga tajribada tekshirilib, aniqlangan induktiv xulosaning nazariy va amaliy ahamiyatini yana ham to‘laroq ifodalovchi isbotdir. Ba’zan deduktiv va induktiv isbotsiz traduktiv isbotdan foydalanish mumkin. Bunday vaqtda u analogiya shaklidagi isbot bo‘ladi. Analogik shakldagi isbotning chin yoki chin emasligi induktiv va deduktiv isbot orqali tekshiriladi.
Hozirgi vaqtda fanning «Marsda organik jismlar bor» degan fikrni isbot qilishga urinish traduktiv xarakterga egadir. Kosmosga Erning sun’iy yo‘ldoshlari bir necha bor yuborildi va bu orqali «Marsda organik jismlar bor» degan traduktiv isbotning chin yoki chin emasligi aniqlashga harakat qilindi.
Traduktiv shakldagi isbot ko‘proq matematikada qo‘llaniladi. Matematikada traduktiv isbot hukmlar orasidagi tenglik, aynanlik asosida xulosa chiqarishni talab etadi.
Traduktiv isbot to‘liq bo‘lmagan asosga egadir. Traduktiv isbot xulosasining chin bo‘lishi uchun undan hamma vaqt induktiv va deduktiv isbot bilan birgalikda foydalanish lozim.
Bulardan tashqari, to‘g‘ri, bevosita va aylanma (bavosita) isbot etish ham mavjud. To‘g‘ri isbot deb tezis chinligining bevosita asosdan kelib chiqishiga aytiladi. Induktiv, deduktiv va traduktiv isbotlar to‘g‘ri isbotdir, chunki bunday vaqtda tezisning chinligi uning umumiy yoki yakka, juz’iy bo‘lishidan qat’iy nazar, argumentning chinligiga asoslanadi. Bunday holatda dalillar uchun xulosa chiqarish qoidalarini tatbiq etib, undan o‘zimizga kerakli tezisni yuzaga keltiramiz.
To‘g‘ri isbot etishdan ijtimoiy va tabiiy fanlarda ko‘p foydalaniladi. Bunday vaqtda fanda tezisning argumentdan kelib chiqishi sillogizmning birinchi figurasidagi (AAA) modus qoidasiga muvofiq amalga oshiriladi. Misol:
Insonlar jamoasining tarixiy shakli a, b, c, d belgilariga ega bo‘lsa, u millat bo‘ladi.
( a—til birligi, b—territoriya birligi, c—iqtisodiy birlik, d—psixik birlik.) (Bu fanlar tomonidan aniqlangan haqiqat.)
Insonlar jamoasining bu tarixiy shakli a, b, c, d belgilariga ega (bu fakt tekshirish natijasida aniqlangan).
Demak, jamoaning bu tarixiy shakli —millatdir.
To‘g‘ri isbot etishga ikkinchi misol: Vrach kasalga qo‘ygan diagnozning chinligini isbot etish uchun o‘z mulohazasini quyidagicha bayon etadi: a, b, c, d sil kasali alomatidir, bu kasalda a, b, c, d alomatlari mavjud. Demak, bemor sil kasali bilan og‘rigan. Bunda ham tezisning chinligi, asoslarning oqibati ekanligi yaqqol ko‘rinayotir.
Aylanma (bevosita) isbot etish deb antitezisning (ya’ni tezisning aksi, inkori) xatoligini asoslashga va antitezisning xatoligidan tezisning chinligi haqida xulosa chiqarishga aytiladi. Antitezis deb tezisga qarama-qarshi bo‘lgan hukmga aytiladi.
Aylanma isbot mantiqiy tafakkurning — uchinchisi istisno qonuniga asoslanadi. Bu qonunga muvofiq bir vaqtda yo tezis, yoki antitezis chin bo‘lishi mumkin. Agar antitezisning (ya’ni tezisga zid bo‘lgan hukm) xato ekanligi aniqlangan bo‘lsa, demak, unda tezisni chin deb hisoblash lozim.
CHetdan isbot etish ham to‘g‘ri isbot etishdek ayrim fanlarda, xususan, matematikada va insonning kundalik ish tajribasida ko‘proq ishlatiladigan usullardandir.
Aylanma isbot etishga misol: «Biz basharti Avenariusning fikriga vaqtincha qo‘shilib, miyadagi jarayonlar sezgilarni tug‘dirmaydi, balki ularni biror tarzda «x a l o s qiladi» deb faraz qilaylik. U holda biz, barmog‘imizni butun pichoq kesganida menda paydo bo‘lgan oqriq sezgisi kecha ham, barmog‘im kesilmasdan oldin ham bor edi: men ertaga gulni hidlaganimda menda paydo bo‘ladigan hid sezgisi bugun ham menda bor ediyu, lekin hali men buni faqat anglamagan edim, degan xulosaga kelishimiz mumkin bo‘ladi. Ilmiy, mantiqiy fikrlashning elementar normalarini tarq qilmasdan turib, Avenariusning bu gaplariga qo‘shilib bo‘ladimi? Albatta, qo‘shilib bo‘lmaydi.
Misoldan ko‘rinadiki, isbot etish vaqtida:
a) isbot etiladigan tezisga zid bo‘lgan antitezis chin deb qaraladi;
b) chin deb hisoblanayotgan antitezisdan kelib chiqadigan xulosa aniqlanadi;
s) bu xulosaning boshqa allaqachonlar isbot etilgan holatlarga qarama-qarshi ekanligi ko‘rsatiladi.
Fikrimizni bunday tarzda borishi chetdan, bevosita isbot talabiga muvofiqdir. haqiqatan ham, agar biz biron hukmni (masalan uni (a) deb atasak) isbot etmoqchi bo‘lsak, lekin uni tasdiqlovchi to‘g‘ri dalilga ega bo‘lmasak, unda biz unga zid bo‘lgan hukmni (hukmni (c) deb ataymiz) keltiramiz. Masalan, bunday holda biz (a) hukmni faraz qilib, ziddiyatga uchradik (ya’ni v ni isbot etmoqchimiz, chunki bunday holat ko‘pchilik vaqtlarda bo‘lib turadi). Unda biz (a) xato degan xulosaga kelamiz. haqiqatan ham formal ziddiyat aynan xato ifodaga mos bo‘ladi. SHunday tarzda mulohazalarimizda agar (a)hukmi chin bo‘lsa, unda (c) hukmi — xato, degan mulohaza chin bo‘lardi. Demak, (a) hukmining bo‘lishi mumkin emas.
Takrorlash uchun savollar:
1. Mantiq fani predmeti va vazifalarini ta’riflab bering.
2. Mantiqning asosiy qonunlari.
3. Formal mantiq tushunchasiga ta’rif bering.
4. Tushuncha, hukm va hulosa.
5. Hulosaning asosiy turlari.


Mazvuga doir asosiy tushuncha va sxemalar








Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling