1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati. Tafakkur – mantiq ilmining o’rganish ob’ekti sifatida. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari


ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI


Download 231 Kb.
bet8/14
Sana03.02.2023
Hajmi231 Kb.
#1153941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
4-мавзу. Мантиқ

ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
1. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi.
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakli
Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo’ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi.
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak. Masalan, «Arastu – mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi. CHunki bu mulohazalar o’rtasida mantiqiy aloqadorlik yo’q. Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan, «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi. Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to’liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.
2. Xulosa chiqarishining asosiy turlari:
Deduktiv xulosa chiqarish
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiy
qat’iy mulohazalarni (a, e, i, o), s va p lar esa mulohazalarning sub’ekti va predikatini ifodalaydi. xsp– xulosa asosi yoki antesedent, yspxulosa yoki konsekvent, deb ataladi. bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Induktiv xulosa chiqarish
Biz avvalgi mavzuda zaruriy xulosa chiqarish bilan (deduktiv xulosa chiqarish asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiqda ehtimoliy xulosa chiqarish ham o’rganiladi. Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan. Ehtimoliy xulosa chiqarish ba’zan induksiya (lotincha– inductio – yagona asosga keltirish) - juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o’tish shaklida sodir bo’ladi. Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida amalga oshib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi. Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik qonunlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga olib keladi. Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya’ni uning asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo’ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi. Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz’iy xarakterga ega bo’lgan bilimlar umumiy bilimlarni hosil qilish uchun mantiqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turg’un aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy aloqalaridan iborat bo’lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi yakka va juz’iy faktlar haqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bo’lishini qayd etadilar.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling