1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati. Tafakkur – mantiq ilmining o’rganish ob’ekti sifatida. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari
Download 231 Kb.
|
4-мавзу. Мантиқ
O’xshashlik metodi. Unda o’rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu hodisaning bir qancha kuzatilayotgan hollarini solishtirish, ularning o’xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Masalan, kimyoviy tarkibi, zichligi, og’irligi, kattaligi turlicha bo’lgan mayatniklar uzunligi bir xil sterjenlarga – ilgaklarga ilintirilib, harakatga keltirilganda, bir xil tebranish davriga ega bo’lgan. Bunda hodisaning vujudga kelishi kuzatilayotgan barcha hollarda undan avval kelayotgan holatlarning faqat bittasigina takrorlanadi. Ana shunga tayanib, mazkur takrorlanuvchi holat kuzatilayotgan hodisaning vujudga kelishining sababi bo’lsa kerak, degan tarzda ehtimoliy xulosa chiqariladi.
O’xshashlik metodi bo’yicha muhokama yuritish shakli quyidagi ko’rinishga ega: Agar hodisaning kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy bo’lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababidir. O’xshashlik metodining amalga oshish mexanizmi quyidagi mantiqiy amallarni ishlatishni o’z ichiga oladi. Birinchidan, o’rganilayotgan hodisaning taxminiy sabablari haqida ma’lumotlar to’planadi. Bizning shaklda bu A, V, S, D, ye holatlari d hodisasidan avval kelib, uning paydo bo’lishiga sabab bo’luvchi holatlar sifatida olib qaralgan. Uni «A yoki V yoki S yoki D yoki ye d hodisasini keltirib chiqaradi» shaklidagi diz’yunktiv hukm deb qabul qilsak bo’ladi. Ikkinchidan, mavjud holatlar ichidan kuzatilayotgan hodisa bilan zaruriy ravishda bog’lanmagan, sababiy aloqadorlikka xos belgilarga ega bo’lmagan holatlar chiqarib yuboriladi. YUqoridagi sxemada d hodisasi birinchi holda D va ye holatlari, ikkinchi holda A va S holatlari, uchinchi holda A va ye holotlari bo’lmaganda ham vujudga kelyapti. Ana shuning uchun ular zaruriy ravishda bog’lanmagan va demak, uning sababi bo’la olmaydigan holatlar sifatida muhokamadan chiqarib yuborilishi kerak. Uni, «A ham S ham D ham ye ham d hodisasining sababi emas», degan ko’rinishdagi inkor hukmdan iborat, deb olishimiz mumkin. Bu amaldan keyin hodisaning asl sababi bo’lishi mumkin bo’lgan holatlar doirasi qisqaradi. Uchinchidan, barcha hollar uchun o’xshash bo’lgan, hammasida turg’un ravishda takrorlanadigan holat ajratib olinadi. Bizning shaklda u V holatidan iborat. Aynan ana shu holat kuzatilgan hollarda boshqa o’xshash holatlar bo’lmagani uchun, hodisaning sababi bo’lsa kerak, deb taxmin qilinadi. YUqorida sodir etilgan mantiqiy amallar natijalarini to’plab, tartibga solsak, yuritilgan muhokamaning umumiy shakli ayiruvchi-qat’iy sillogizmning tasdiq-inkor (tollendo ponens) modusi shaklida ekanligini ko’ramiz: A yoki V yoki S yoki D yoki ye d hodisasini keltirib chiqaradi. A ham S ham D ham ye ham d hodisasining sababi emas. Ehtimol, V holat d hodisaning sababidir. SHuni aytish kerakki, o’xshashlik metodidan foydalanib hosil qilingan xulosaning asoslanganlik darajasi ko’p omillarga, xususan, kuzatish va eksperiment o’tkazilayotgan sharoitlarning xilma-xilligi, ko’rib chiqilayotgan hollarning miqdori va shu kabilarga bog’liq. Agar o’xshash holat kuzatilayotgan hollar soni qanchalik ko’p bo’lsa, u holat turli xil sharoitlarda har xil boshqa holatlar bilan turlicha komplekslarda olinsa, uning vujudga kelayotgan hodisaning sababi bo’lish ehtimoli ortadi. Lekin shunga qaramasdan bu metod vositasida olingan xulosaning chinligi ehtimoliy xarakterga egaligicha qolaveradi. Download 231 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling