1. Marjinalizm metodologiyasi. Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi
Download 51.5 Kb.
|
1. Marjinalizm iqtisodiy ta\'limoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marjinalizm metodologiyasi.
- Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi.
- Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining shakllanishi, umumiy ta’rifi
Reja: 1. Marjinalizm metodologiyasi. 2. Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi. 3.Kembridj maktabi. A.Marshalli va uning narx, ish haqi va foyda haqidagi nazariyalari. 4.Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi. 5. Lozanna maktabi. Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llanilishi Marjinalizm metodologiyasi. 19 asrning 70-yillarida klassik siyosiy iqtisod maktab o‘rniga marjinalizm iqtisodiy nazariyasi vujudga keldi. Marjinalizm (inglizcha – me’yorli) tadqiqotining predmetini me’yorli tahlil tashkil etadi. Marjinalizm iqtisodiy yo‘nalishning namoyandalari Fridrix Vizer (1851-1926, Avstriya maktabi), Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914, Avstriya maktabi), Alfred Marshall va boshqalar bo‘lgan. XIX asrning 70-yillaridan boshlab klassik (mumtoz) qiymatning mehnat nazariyasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar yuz bergan edi. Avstriya maktabining namoyandalari, ya’ni dastlabki marjinalistlar iqtisodiyotni sub’ektiv-psixologik nuqtai-nazardan baholanib (ob’ektiv iqtisodiy qonunularni inkor etib), asosiy e’tiborni iste’mol(talab)ning tutgan o‘rniga bag‘ishlab, ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo‘ydilar. Keyingi marjinalistlar ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarni yaxlit o‘rganib, me’yoriy iqtisodiy o‘lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tatbiq etdilar. Natijada Yangi iqtisodiy g‘oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. Marjinalizm nazariyasi markazida o‘z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va harid qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste’molchi turadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli unumdorlik, me’yorli foydalilik, me’yorli harajatlar va b. Qiymat nazariyasini ilmiy tahlil qilishda yaratilgan eng yuqori foydalilik, ya’ni marjinalizm ta’limotining keng tarqalishi ham mana shu olimlar nomi bilan bog‘liqdir. Bu boradagi o‘zining ilk fikrlarini (deyarli bir vaqtda, turli davlatlarda) S.Jevons 1863 yilda nashr etilgan «Siyosiy iqtisod nazariyalari» nomli asarida bayon etadi. Siyosiy iqtisoddagi yangi yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, ular moddiy ne’matlar qiymatini unga zarur bo‘lgan ijtimoiy mehnat chiqimlari va mehnat miqdori bilan belgilamasdan, balki tovarning foydaliligi (nafligi) va noyobliligi bilan bog‘lanadi. «Eng yuqori foydalik» tushunchasini kiritdilar. Avstriya maktabi.XIX asrning 70-yillarida G‘arb siyosiy iqtisodining nufuzli maktablaridan biri Avstriya maktabi (avstraliyalik omillar nomidan) vujudga keldi. Avstriya maktabini sub’ektiv-psixologik maktab ham deb ataydilar, uning mafkurachilari qo‘llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi Karl Menger (1840-1921) bu g‘oyani rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix fon Vizer (1852-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), Vizerning «Xo‘jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to‘g‘risida» (1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-1889), «Xo‘jalik ne’matlari nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi»(1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AqSh, Rossiyada va boshqa mamlakatlardaham yoyildi. Bu ta’limot g‘arb siyosiy iqtisodining shundan keyingi rivojiga katta ta’sir o‘tkazdi. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra siyosiy iqtisod xo‘jalik sub’ekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idork etishni o‘rganishi lozim edi. Byom-Baverkning fikricha, siyosiy iqtisod sub’ekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo‘jalik tadqiqot ob’ekti qilib olindi va shu xo‘jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinardi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs-Robinzon xo‘jaligi mana shunday xo‘jalikning oliy maqsadi deb ataladi. Avstriya maktabi kapitalistik xo‘jalikni mana shunday xo‘jalik deb ataydi. Umuman iqtisodiy qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan bir xo‘jalik misolida shu qonunlarni ko‘rib chiqish yetarli deb hisoblanadi, ya’ni jamiyat aloxida olingan robinzonlar xujaligi yigindisidir, degen xulosa chikariladi. Tadqiqotning bu usuli ROBINZONAD usuli deb nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlanadi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytiriladi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soxtalashtiriladi. Biz yukorida merkantilizm ( boylik asosi muomala soxasida), fiziokratizm (yer), iktisodiy ta’limotlarini kurdik. Avtriya maktabining nazariyotchilari esa yukoridagilardan farqli kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog‘langan yakka xo‘jaliklarning mexanik yig‘idisi deb tasvirlab, mehnatning kiymatni belgilashdagi rolini inkor etdilar. qadriyat nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy o‘rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini oldi. Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ijtimoiy mazmundan mahrum bo‘lgan «ne’mat» va «qadriyat» kategoriyalari (foydalilik) naf tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr kimmati shu mahsulotning foydaliliga va noyobligi bilan o‘lchanadi. K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur mehnatning ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to‘g‘risidagi qoidani noto‘g‘ri deb e’lon qildilar. Ular qiymat kategoriyasini sub’ektiv mazmun (kimmat) bilan to‘ldirdilar. Uning ustun omili sifatida iste’mol qiymat yoki moddiy ne’matlarning foydaliligi (nafi) qabul etildi. Bem-Baverkning fikricha, Avstriya maktabi iste’mol qiymatiga murojaat etish orqali qadriyatni «Lozim bo‘lgan daraxtdan, ildizning o‘zidan» taxlil eta boshladi. Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy nazariyaning qiymat-tovarlarning ob’ektiv xususiyati bo‘lib, mana shu xususiyat bu tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub qoidani rad etish orqali qiymat hosil bo‘lishi jarayonini qayta ko‘rib chiqiladi. Yangi yo‘nalish hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari asosidir. Ular buni baho beruvchilik mulohazalariga va individlarning psixogiyasiga bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv kategoriyaga aylantirib qo‘ydilar. Bu esa navbatdagi yangi nazariya bo‘lib, bu nazariya qiymatni u hosil bo‘ladigan sharoit va manbadan ishlab chiqarish va mehnat sohasidan butunlay ajratib qo‘yadi. Byom-Baverkning hamma mulohazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan. «Eng yuqori foydalilik», «noyoblik» nazariyalari Avstriya maktabi va boshqa yangi konsepsiyalar uchun asos bo‘ldi, Byom-Baverkning ta’biricha, qadriyat to‘g‘risidagi ta’limot daromadni taqsimlash, shu jumladan, yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda to‘g‘risidagi butun o‘z doktrinasining markaziy bandidir. Kembridj maktabi. A.Marshall va uning narx, ish haqi hakidagi nazariyalari. Kapitalizmdan imperializmga o‘tish davrida Angliyada Kembridj dorilfununida iqtisodchilar maktabi vujudga keldi. Maktabning nomi ham shu dorilfununning nomidan olingan. Alfred Marshall (1842-1924) marjinalizmning «Kembridj maktabi» lideri hisoblanadi. U Kembridj (Angliya) universitetida o‘qidi, uni tugatdi va shu yerda butun hayoti davomida o‘qituvchilik qildi. 1902 yildan boshlab u Yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod Fani asta-sekin siqib chiqarildi. Uning asosiy asari «Ekonomiks tamoyillari» («Prinsipi ekonomiki») (1890) hisoblanib, bu kitob 6 jilddan iborat. Mazkur kitob olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilib, unda fanning predmeti to‘g‘risida fikr yuritiladi. Metodologiya va iqtisodiy nazariya sohasida Marshall iqtisodiy jarayonlarga sub’ektiv qarashlarga asoslangan funksional tadqiqot usullarini qo‘llaydi. Narx nazariyasi Marshallning nazariy mulohazalari markazida turadi. U qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‘rsatib, aslida, qiymatni chetlashtirib qo‘ydi va narxni bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi, deb hisoblaydi. Olim avvalgi tadqiqotlarda qiymatning iste’mol va almashuv ( ikkita) shakllari alohida-alohida qaralgan edi, Marshalda esa bu farq yo‘q. Ob’ektiv qiymat kategoriyasidan foydalanadi. Bu narsa uning nazariyasida muvozanat narxi rolini bajaradi. Marshallning nazariyasi sintetik nazariya nomini oldi, chunki muallif bu nazariyada o‘zidan avvalgi mavjud narx nazariyalari «eng yuqori foydalilik (naf)», «ishlab chiqarish chiqimlari», «talab va taklif» nazariyalarni birlashtirib, ularning hammasini to‘g‘ri deb ko‘rsatdi. Narx nazariyasi bilan bir qatorda Marshall foyda va ish haqi nazariyalarini ilgari surdi. A.Marshalning va uning maktabdoshlari o‘z uslublari (metodologiya)da umuman, Avstriya maktabini qo‘llab-quvvatlaydilar, lekin unga ayrim jiddiy o‘zgarishlarni ham kiritishni lozim topdilar. Jumladan, faqat funksional tadqiqot usulinigina tan olish bilan birga, bozor munosabatlarining uch asosiy zaruriyatlarini: narx, talab, taklifni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ularning fikricha, avvalo ishlab chiqarish iste’mol harakatini aniqlaydi, keyinchalik u eng yuqori foydalilik va talab doirasi ko‘rinishiga kiradi. Kembridj maktabi tadqiqotlariga ikki tomonlama qarash lozim. Agar biz unga bozor iqtisodiyotida baholashni ichki mexanizmini tushuntirish uchun urinish sifatida qarasak, haqiqatni biroz siyqalashtirilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Lekin bu izlanishlarga boshqacha nuqtai-nazardan qarashimiz ham mumkindir, bunda biz e’tiborni tovar-bozorlardagi aniq muammolarni hal etishga qaratilganligiga va natijada amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy xulosalar vujudga kelganligining guvohi bo‘lamiz. Marshall tadqiqotlarida talab va taklif o‘rtasidagi munosabat (birinchilik) qaraladi, qaychida yuqori va pastki keskichlar qanday rolni o‘ynasa (barovar), bu yerda ham ahvol shunday, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosini tashkil etadi. Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi. Shu davrdagi AqSh dagi ta’limotlar to‘g‘risida fikr yuritmadi, chunki bunday g‘oyalar faqat X1X asr oxirida vujudga keldi. XIX asrning oxirlari (so‘nggi 35 yili)da AqSh monopolistik rivojlanish bosqichiga kirdi. Monopolistik birlashmalar soni tez ko‘payib bordi, (masalan, 1% monopoliyalar qo‘lida 60 % boylik to‘plandi). Iqtisodiyotda ularning tanho hukmronligi kuchayib bordi. Kolumbiya dorilfununining professori Jon Beyts Klark (1847-1938) boshchiligidagi yetakchi iqtisodchilar guruhi siyosiy iqtisodda yetakchilik mavqeini egalladi, mana shu guruh siyosiy iqtisodning Amerika maktabini vujudga keltirdi. Shu davrdan AqSh iqtisodichilarining tadqiqotlari jahon bo‘yicha yetakchidir (Nobel mukofotlari sovrindoriga e’tibor bering). J.B.Klarkning «Boylik falsafasi» (1886), «Boylikning taqsimlanishi» (1889), «Iqtisodiy nazariyaning muhim belgilari» (1907) asarlari o‘ziga xos yangicha konsepsiyalarni ishlab chiqishda katta rol o‘ynaydi. Amerikaning monopolistik burjuaziyasi shu konsepsiyalarni o‘ziga qurol qilib oldi. J.B.Klark Amerika iqtisodiy uyushmasini tuzish (1885) ilhomchilardan biri bo‘ldi. U mehnatkashlarning qisuviga zarba berish maqsadida kapitalning ekspluatatorlik mohiyatini niqoblashni shu uyushmaning vazifasi deb bildi. Bu yerda gap sotsialistik qarashlarga qarshi, bozor munosabatlarga ustunligini ko‘rsatish masalari yetakchidir. Klark iqtisodiyotda ma’naviy omillarni hal qiluvchi omillar deb hisoblab, Avstriya maktabining asosiy metodologik usullariga qo‘shiladi. U ishlab chiqarish munosabatlarini inkor etdi, uning konsepsiyasi notarixiy harakterda bo‘lib o‘zining qorishmaligi (eklektizmi) bilan ajralib turar edi. Klark taqsimotni siyosiy iqtisodning asosiy maqsadi deb bildi. U «Boylikning taqsimlanishi» asarida ijtimoiy daromadning taqsimlanishi mojarolarsiz amal qiladigan va ishlab chiqarishning har bir omiliga o‘zi yaratgan boylik yig‘indisi beradigan tabiiy qonun vositasi bilan boshqariladi, deb isbotlashga urindi. J.Klark avvalgi iqtisodiy ta’limotlarni metodologik va nazariy jihatdan yangilashga intilib, uni tabiiy ravishda tenglashtirdi. Nazariy mexanikaga o‘xshatib siyosiy iqtisodni uch bo‘limga: 1) universal iqtisodiyotga, 2) iqtisodiy statikaga va 3) iqtisodiy dinamikaga bo‘ldi. Birinchisiga umumiy universal qonunlar, ikkinchisiga shu qonunlarning statik (harakatsiz) iqtisodiyot sharoitidagi, uchinchisida rivojlanish holatidagi qonunlar amal qilishini ko‘rsatadi. Siyosiy iqtisodni bunday bo‘limlarga bo‘lish, iqtisodiy fan vazifalariga yangilik kiritishdir. Bu narsa siyosiy iqtisodni ijtimoiy sinfiy muammolardan holi qildi (keyinchalik qarab chiqiladigan ijtimoiy-institutsional yo‘nalishga e’tibor bering). Klark jamiyat taraqqiyotida sifat siljishlari, inqilobiy sakrashlar bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. U mo‘tadillik-sobitlikni jamiyatning asosiy holati deb hisoblaydi va muvozanat nazariyasining nusxalaridan birini rivojlantiradi. Iqtisodiy dinamikaga qilingan murojaat qilinishi muhim yangilik bo‘ldi, chunki u iqtisodiyotning ishlab chiqarishdagi holatini juz’iy hodisa deb hisoblaydi. J.B.Klark boshchiligidagi Amerika maktabi namoyondalari yo‘l qo‘ygan kamchiliklardan qat’iy nazar bu iqtisodchilar erishgan ilmiy natijalar katta ahamiyatga egadir. Avstriya va Kembridj maktabi iqtisodchilari tovarlar bozori va ayrim korxonalar tajribasida qo‘llanilgan ilmiy taxlilni J.B.Klark o‘zgacha, ya’ni makroiqtisodiyotni o‘rganishga olib kirishga harakat qildi. Ijtimoiy mehnat, ijtimoiy kapital va befarqlik zonalari tushunchalari yuzaga keldi, shuningdek, «eng yuqori unumdorlik» nazariyasida qo‘llanilgan ilmiy tahlil va tushunchalarni hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida uchratishimish mumkin, bu esa Amerika maktabining yuksak ilmiy ahamiyatini belgilaydi. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida Lozanna maktabi (L.Valras, V.Pareto, K.Viksell va boshqalar) vujudga keldi, ular tomonidan matematikani iqtisodiyotga qo‘llash yuksak darajagi ko‘tarildi. Hozirgi davrda bu usul ekonometrika sifatida alohida rivojlangan. Neoliberal yo‘nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida «ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy o‘sishga olib kelishi tahlil etildi. Keynschilik o‘rniga (1970) kelgan bu yo‘nalish Buyuk Britaniya (Tebcher), AqSh(Reygan), Chili va boshqa mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Hozirgi davrda jahonda neoklassik yo‘nalish iqtisodiy fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi. Keyingi davrlarda «neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning muallifi P.Ssamuelson(1915) jahonga «Ekonomika» darsligi bilan mashhur. Bu kitob 1948y. yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 1970y. Nobel mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e’tibor ommaviy ishsizlik va inflyatsiyani yengish masalalariga qaratilgan. Bu qarashlarda hozirgi yangi keynschilik va neoliberal g‘oyalarning bir-biriga ta’siri (sintezi)ni ko‘rish mumkin. Umuman, hozirgi davrda barcha iqtisodiy g‘oyalar o‘rtasida (toboro yaqinlashuv va bir-biriga ta’siri) aralash g‘oyalar kuzatilmoqda. Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining shakllanishi, umumiy ta’rifi XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asrning boshlarida iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishi (evolyutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi. XIX asrning so’nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo’ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning, ayniqsa mehnat bilan kapital o’rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro’y berdi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakam inqilobiy o’zgarish yuz berib aynan shu davrda Evropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta’limot fanda «marjinalizm» ta’limoti deb nomlanib XX asrning 30-yillarigacha o’z mavqeini saqlab turdi. Marjinalizm frantsuzcha «marginal» so’zidan olingan bo’lib «eng yuqori», (chegaraviy) degan ma’nonibildiradi. Bu boradagi o’zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan «Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish»nomli ma’ruzasida bayon etgan edi. 1871yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag’ishlangan fundamental asar bo’lgan «Siyosiy iqtisod nazariyasi»nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871yilda Avstriyada Karl Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari»nomli kitobi ham e’lon qilindi. Bu kitobda ham xuddi mana shu «eng yuqori foydalilik»nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi. 1874 yilda Shveytsariyada Leon Valrasning «Sof iqtisodiyot fani elementlari»nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to’liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yangi yo’nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis va frantsuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi. Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo’lib o’rganish maqsadga muofiqdir. Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o’z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g’oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy mavzu inson psixalogik xususiyati, ya’ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o’rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta’limotlardagi «sub’ektiv yo’nalish» deb ataldi. Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to’g’ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko’pgina mamlakatlarda mashhur va asosiy ta’limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug’lari sub’ektiv-psixologik yo’nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g’oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya’ni neoklassik iqtisodiy ta’limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. B.Klark va V.Pareto katta hissa qo’shdilar. Marjinal iqtisodiy g’oyalarni yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini o’ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin. Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o’zlarining sub’ektiv oqimlarida asosiy e’tiborni iqtisodiy tahlil jarayonida istemol (talab)ning tutgan o’rnini o’rganishga qaratib klassiklardan farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo’ydilar. Keyinchalik neoklassiklar har ikkala jarayonni birgalikda o’rganib ancha mukammal ta’limot yaratdilar. Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari sub’ektiv yo’nalish vakillari klassiklar singari sabab oqibatga asoslangan ilmiy tahlilni qo’llab ularning g’oyalarini ma’lum darajada takrorladilar. Lekin birgina katta farq sub’ektiv maktab qo’llagan iste’mol va tovarlarning foydaliligi usuli ularni klassik maktab usulidan farqladi. O’z navbatida marjinalistlarning neoklassik yo’nalishi funktsional ilmiy tadqiqotni maydonga tashlash bilan birga ishlab chiqarish va iste’molni yaxlit holda o’rganib meyoriy iqtisodiy o’lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tadbiq etdilar. Uchinchi. Marjinal inqilobning birinchi bosqichidan farq qilib, ikkinchi bosqichda funktsional ilmiy uslub bilan birga iqtisodiy tahlilga iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usuli ham olib kirildi. Shu jumladan, har ikkala bosqich nazariyotchilari «erkin» raqobat yordamidagi iqtisodiy o’sishni haligacha avtomatik avishda qo’llab kelinmoqda degan fikrga keldilar. To’rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta’limotlar tarixida alohida o’rin egallagan klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni meros qilish bilan birga tadqiqot mavzuini yanada kengaytirib, unda funktsional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash usuli va nihoyat sistemali matematik usuldan keng foydalanishni amalga oshirdilar. Foydalanilgan adabiyotlarKarimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., Sharq, 1998. Aristotel. Soch. v 4-x t. M.; Misl, 1975-83. Artxashastra ili Nauka politiki. M-L, Izdatelstvo AN., 1959. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 7-37b. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. O’quv qo’llanma. T., O’zbekiston, 2003. 5-22b. Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling