3, Jiddiy qoidabuzarliklar (55-modda)
Jiddiy qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Prudensial normativlarga rioya etilmaganligi, bundan bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga oid talablar mustasno;
Bank yoki banklar guruhi kapitali monandligi koeffitsiyentining olti oydan koʻp boʻlmagan muddat davomida Markaziy bank tomonidan belgilangan yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdordan sakson foizgacha va undan kamroq foizgacha pasayganligi;
Banklar tomonidan toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi;
Moliyaviy ahvoli barqaror boʻlmagan qarz oluvchilarning kreditlari restrukturizatsiya qilinganligi;
Markaziy bankning aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishini xabardor qilishga doir talabi bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv aʼzolari tomonidan bajarilmaganligi;
Bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv aʼzolari yoxud muhim ahamiyatga ega xodimlari tomonidan korporativ boshqaruv va mukofotlash siyosatlari bajarilmaganligi;
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish qoidalari buzilganligi;
Juzʼiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qoʻllanilganidan keyin uch yil davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |