1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona) davlatlari


Download 193.76 Kb.
bet3/16
Sana14.05.2023
Hajmi193.76 Kb.
#1459254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Тарих мустакил

Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona) davlatlari.
Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‘rinishida paydo bo‘lgan. Bu jarayon sug‘orishga asoslangan barcha dehqonchilik hududlari – O‘rta va Yaqin Sharq, shu jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlarida yuz bergan. Dastlab, O‘rta Osiyodagi ilk davlatlar deyilganda, yaqin yillargacha miloddan avvalgi VII – VI asrlarda vujudga kelgan “Katta Xorazm” va “Qadimgi Baqtriya” podshohliklari tushunilib kelingan. Ular davlatchiligimiz rivojining ikkinchi bosqichiga tegishli davlatlardir. So‘nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar shahar – davlatlar ko‘rinishida bo‘lib, ular miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bunga misol tariqasida shu davrda yuzaga kelgan Jarqo‘ton shaharsozlik madaniyatini aytish mumkin. Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo‘li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq, bosqichma – bosqich davrlarni bosib o‘tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid O‘rta Osiyodagi Jarqo‘ton, Sopollitepa, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug‘tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi:
 aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi;
 hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;
 qadimgi savdo yo‘llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar
hamda savdo – sotiqning taraqqiy etishi;
 tabiiy – geografik hamda harbiy – strategik shart – sharoitlar.
Ko‘p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O‘zbekistondagi ayrim ko‘hna
shaharlarning yoshi 2700 – 3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar – tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi.
Davlat paydo bo‘lishida uning tabiiy – geografik hududi va joylashuvi ham muhim omil
hisoblanadi. O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig‘i – alohida tarixiy – geografik va tarixiy –
madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko‘p ming yilliklar mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o‘rta asrlarda ham umumiy belgilar bo‘lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridagi davlatlardan o‘ziga xos belgilariga ko‘ra ajralib turgan

Download 193.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling