1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


To‘qqizinchi Konstitusiyaviy tamoyil


Download 193.76 Kb.
bet16/16
Sana14.05.2023
Hajmi193.76 Kb.
#1459254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Тарих мустакил

To‘qqizinchi Konstitusiyaviy tamoyil — mahalliy o‘zini – o‘zi boshqarishdir.
O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitusiyaning 99 – 104 – moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab
berilgan. O‘zbekiston Konstitusiyasining barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta’minlash maqsadida unga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu jarayon tabiiy va o‘tish davriga xos hodisadir. Mamlakatimizda islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko‘lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog‘i bilan Konstitusiyada o‘z ifodasini topishi va huquqiy asosga ega bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, 2002 yil 27 yanvarda umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendum
O‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitusiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yillik qilib o‘zgartish to‘g‘risidagimasalalarga bag‘ishlangan edi. Referendum qarorlariga ko‘ra, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy qonunlar 2002 yil 12 dekabrda qabul
qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘lib hisoblandi
10.Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?.
Mamlakatimizda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” asosida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari barcha jabhalarda izchillik bilan bosqichma-bosqich ravishda rivojlanib kelmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy asoslari o‘zaro mutanosib ravishda rivojlantirildi. Bugungi kunda ushbu jarayonlar yangi sifat bosqichi sharoitida davom etmoqda. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifalarini amalga oshirish jarayonida
milliy taraqqiyot modeli xususan, davlatning bosh islohotchiligi zaminiga tayangan holda, fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga birdek e’tibor qaratildi. Jumladan, fuqarolik jamiyatining Konstitutsiyaviy asos-belgisi, siyosiy asos-belgisi, iqtisodiy asos-belgisi, ma’naviy asos-belgisi kabi jihatlarini rivojlantirish, islohotlar jarayonining muxim strategik yo‘nalishini tashkil qildi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilgan huquqiy normalar fuqarolik
jamiyatining fundamental asoslarini nafaqat qaror topishi balki, izchil rivojlanishi uchun keng istiqbollarni ochib berdi. Konstitutsiyamiz o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish qoidalarini o‘z bag‘riga qamrab olgan etakchi huquqiy hujjat bo‘lganligi uchun uning asosida fuqarolik jamiyati shakllanishiga xizmat qiluvchi qonunlar bazasi yaratildi. Konstitutsiyamiz zaminida qabul qilingan qonunlar yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini kafolatli ravishda shakllanishiga xizmat qila boshladi. Bu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, ushbu qonunchilik bazasi asosida fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari tizimi va faoliyatining Konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlandi. 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan
“Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Fuqarolik jamiyatining sotsial asoslarini rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratib berdi va mazkur qonunga 2013 yilda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar natijasida ushbu qonunning normalarida fuqarolik jamiyatini muhim asosi bo‘lgan fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishi uchun yanada keng qamrovli asoslar yaratildi. Shu munosabat bilan 2004 yilda qabul qilingan
“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonun ham 2013 yilda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarnatijasida fuqarolik jamiyatining tayanchi bo‘lgan mahallaning tashkiliy - huquqiy asoslarini mustahkamlanishiga zamin bo‘ldi. Shu jumladan, taraqqiyotning “o‘zbek modeli” tamoyillariga to‘liq asoslangan holda fuqarolik jamiyati amal qilishi va rivojlanishining muhim omillari bo‘lgan jamoat tashkilotlari
faoliyatining huquqiy asoslarini yaratishga ham katta ahamiyat berildi. Jumladan, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat - notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2003 yilda “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2007 yilda “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni shuningdek, “Nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllanish jarayonlariga
ulkan kuch bag‘ishladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2008 yilda qabul qilingan “Nodavlat-notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab- quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori yurtimizda fuqarolik jamiyati institutsional zaminlarini tez sur’atlarda rivojlantiruvchi manba
bo‘ldi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimni izchil rivojlantirish va uning doirasida fuqarolik jamiyati rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan siyosiy asoslarni mustahkamlashga bosh strategik maqsad sifatida yondashildi. Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning birinchi chaqiriq Oliy Majlisning o‘n to‘rtinchi sessiyasi (1999 yil aprel), ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida (2000
yil yanvar) qilingan ma’ruzalarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning nazariy zaminlari har tomonlama asoslandi va istiqboldagi taraqqiyot yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi. 2000 yil 22 yanvar kuni ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida I.A.Karimovning “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” nomli ma’ruzasida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy asoslari belgilab berildi.
Uning mohiyatini jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish - liberallashtirish tashkil etadi. Zero, fuqarolik jamiyati o‘z mazmuniga ko‘ra fuqaro erkinligining yuksak bosqichini anglatadi. I.A.Karimov ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat. Bu, lo‘nda qilib aytganda, rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot modellaridan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmagan
holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga erishish. Mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir insonning barcha huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi ta’minlanadigan demokratik rivojlanish yo‘lini izchil davom ettirish demakdir. Shu bilan birga, biz xalqimizning asriy oliyjanob an’analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga doimo sodiq qolishimiz demakdir”. Prezidentimizning ushbu ma’ruzasida fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun mustahkam zamin
bo‘lib xizmat qiluvchi ettita ustuvor strategik vazifalar asoslab berildi. Bular: birinchidan, siyosiy sohani erkinlashtirish; ikkinchidan, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasini erkinlashtirish; uchinchidan, iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish; to‘rtinchidan, ma’naviyat sohasini erkinlashtirish; beshinchidan, sud-huquq sohasini erkinlashtirish; oltinchidan, tashqi siyosat faoliyat sohasi asoslarini mustahkamlash; ettinchidan, xavfsizlikni ta’minlash choratadbirlarini takomillashtirish. Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos
bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari Birinchi Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalaridagi (1995-2004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzalari “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual siyosiy dasturining asosini tashkil etdi. 2010 yilning 12 noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy rivojining tom ma’nodagi, yangi
sifat bosqichidagi strategik taraqqiyot yo‘nalishlarini asoslab berildi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur Konsepsiya yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi davrdagi dasturul amali bo‘lib xizmat qila boshladi. Konsepsiyada 50 ziyod qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda 27 ta qonun, o‘nlab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotimizga tatbiq etilmoqda. I.A.Karimov xulosa qilganidek, “Shular qatoridan 2011-yilda
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar qiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasidagi g‘oyat muhim qadam bo‘ldi” Birinchi Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan Konsepsiya asosida mamlakatimizda Parlament islohotlarini yanada rivojlantirish jarayonlarini amalga oshirilganligi fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning evolyusion bosqichlari tizimida muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Jumladan, mamlakatimiz parlamentini isloh qilish orqali zamonaviylashtirish vakillik demokratiyasini amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiluvchi qoidalarning Konstitutsiyaviy asoslarini belgilanishi fuqarolik jamiyatining muhim o‘zagi bo‘lgan fuqarolar demokratik haq-huquqlarini, erkinliklarini mislmiz ravishda kengayishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayonlarni jumladan, Konstitutsiyamizning 98-moddasiga kiritilgan muhim demokratik o‘zgartish va qo‘shimchalarda kuzatishimiz mumkin. Uning asosida asosiy
qonunimizning mazkur moddasiga ikki muhim siyosiy - huquqiy institut joriy etildi. Ya’ni Bosh qomusimizda belgilanganidek, “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus
olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy soning kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi”.Mamlakatimiz Parlamentining Konstitutsiyaviy asoslariga kiritilgan yangiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra fuqarolik jamiyatini shakllantirish manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Download 193.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling