1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 193.76 Kb.
bet11/16
Sana14.05.2023
Hajmi193.76 Kb.
#1459254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Тарих мустакил

6.XX asr 80-yillari oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat holat haqida so`zlang?
XX asrning 80 yillarida kelib O’zbekistonda xalqning azaliy orzusini amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi. SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq– ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi rejalar samara bermadi, iqtisodiy
ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Bunday vaziyatda O’zbekiston davlatining mustaqilikka intilishi kuchaydi.Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan inqiroziy holat sabablariga quyidagilarni aytish mumkin.Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy – texnikaviy yangiliklar sodir bo‘ldi.Bundan jahonning taraqqiy topgan davlatlari samarali foydalana boshladi. Mashina – fabrika
ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o‘tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob – kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan electron – hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo‘llanila boshlandi.Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexanik, og‘ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo‘ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg‘or mamlakatlarda ishlab
chiqarishning samarasi oshib, intensiv taraqqiyot yo‘liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat ko‘rsatish sohasida, tibbiyot, ta’lim, ilmiy faoliyatda band bo‘lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida keng qo‘llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo‘lib, o‘zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag‘ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi.
Bu davrda sovet davlatida esa ilmiy – texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmadi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsada, xo‘jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘pgina mamlakatlar fan – texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa
chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Bular aholining mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi,boqimandalik,ichkilikbozlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi. Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan qog‘ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o‘z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqaydlik yuzaga keldi. Qayta qurishsiyosati boshlanishi KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va
KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil 25 aprel plenumi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni isloh yo‘li bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatni bildirgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to‘planib qolgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni «qayta qurish» yo‘li bilan hal etishdan iborat bo‘lgan.
Qayta qurish 1985 – 1990 yillarni o‘z ichiga olib, ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich (1985 – 1987) ma’muriy – tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Ushbu bosqichda asosiy vazifalar ilmiy – texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishga qaratilgan edi. Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Biroq bunday jarayonning rivoji ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishni talab qildi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy – buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi. Natijada jamiyat
ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o‘zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o‘zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaya
bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi osqichi shu tarzda mag‘lubiyat bilan yakun topdi. 1987 – 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo‘lib, enlikda jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Jumladan, bu davrda sovet
jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg‘otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o‘zgartirish to‘g‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb etdi. Biroq Ittifoqda tub
demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar.
Xullas, M.S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan
boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, «sovuq urush»ning tugashi va h.k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama – qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 –yillarning oxiri – 90 – yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bo‘hronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda to‘planib qolgan muammolarni to‘la hal etishga
xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki bo‘ldi. XX asrning 80 – 90 – yillarda sovet hokimiyati tomonidan mavjud turg‘unlik holatidan
chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo‘lidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy o‘yinlar» o‘ylab chiqdilar. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o‘z aksini topdi. Uzoq
yillar davomida to‘planib, shakllangan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi. 1989 yil may – iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro‘y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g‘oyat darajada katta shov – shuvga sabab bo‘ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo‘lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg‘ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga
joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy – iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo‘shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o‘z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.



Download 193.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling