1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 193.76 Kb.
bet1/16
Sana14.05.2023
Hajmi193.76 Kb.
#1459254
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Тарих мустакил


1 . Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib, insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‘chog‘laridan biri hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida bir umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid yodgorliklar topib o‘rganilgan. Chunonchi,Markaziy Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar va elatlarni umumiy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab birbiriga uzviy bog‘langan bo‘lib, qadimgi davrlar haqida so‘zlaganimizda “Markaziy Osiyo tarixi” va “O‘zbekiston tarixi” atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham anashundadir.
Ma’lumki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab jarayon
bo‘lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‘nggi yillarda Markaziy
Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatikaga oid ko‘plab kashfiyotlar qilindi hamda tariximizni xolisona yoritish uchun xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar to‘plandi. Ushbu ma’lumotlar va ashyolar o‘lka tarixining qadimgi bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib, ular eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning paydo bo‘lishi, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‘lanadi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan tariximizni davrlashtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilazitson yondoshuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar e’tibor qaratgan bo‘lishlariga qaramay, davrlashtirish masalalari to‘la yechimini topmagan. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Chunki, o‘rganilayogan tarixni avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bo‘lib, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtai nazaridan ma’ruzalar belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko‘rinmasin, ushbu jihat ham
murakkab masala hisoblanagan tarixni to‘g‘ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng
muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish asosida tarix fanidan ta’lim berishdir.

2.Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlat uyushmalari haqida ma`lumotlar bering.





Download 193.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling