1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi
Download 343.16 Kb.
|
Pedpgogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodika
- Chet tilini o’qitish va o’rganish uchun
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi.
Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi. Majburiy ma’suliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi. Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. 3. Metodika tushunchasi Metodika tushunchasi yurtimizda ilmiy doirada keng qo’llanib kelinadi. Bundan tashqari u bilan yonma-yon usul, uslub kabi o’zbekcha muqobillari ham ishlatiladi. Bizning nazarimizda ilmiy doirada xalqaro so’z bo’lgan METODIKA atamasi qo’llangani maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan qarashlarimizda metodika so’zidan foydalanamiz. Metodika tushunchasini o’rganishdan avval uning negizini tahlil qilib ko’rsak. Metod o’zi nima? Metod bu biror maqsadni amalga oshirish uchun foydalaniladigan yo’l, usuldir. Aslida kundalik hayotimizda har sohada, har soniyada undan foydalanamiz. Misol uchun, dushanba kuni ertalab ishga borishimiz kerak. Ishga borish bizning bosh maqsadimiz. Yo’lga chiqishdan avval ishga qanday qilib yetib olishimiz haqida o’ylaymiz. Avtobusda boramizmi yoki taksi olamizmi, balki piyoda borgannimiz ma'quldir. Demak birgina maqsadimizga uchta usulni qo’llashimiz mumkin bo’ladi Asosiy maqsadning kichik qismlari ham borki, yuqoridagi misolda ko’rishimiz mumkin. Ishga tezroq borishimiz zarurmi, yo’l haqi qimmatga tushmasligi kerakmi yoki bosib o’tilajak yo’l salomatligimiz uchun foydali bo’lsinmi? Demak, maqsadga ko’ra eng kerakli va to’g'ri usulni tanlayshimiz lozim bo’ladi. Asosiy maqsadning kichik qismlari ham borki, yuqoridagi misolda ko’rishimiz mumkin. Ishga tezroq borishimiz zarurmi, yo’l haqi qimmatga tushmasligi kerakmi yoki bosib o’tilajak yo’l salomatligimiz uchun foydali bo’lsinmi? Demak, maqsadga ko’ra eng kerakli va to’g'ri usulni tanlayshimiz lozim bo’ladi. Chet tillarni o’qitishda ham, yuqoridagi misol kabi, maqsadga ko’ra turli metodlar asosida dars jarayonlari olib boriladi. O’qituvchining metod salohiyati qancha yuqori bo’lsa, ya'ni maqsadni to’g'ri qöyib unga mos metodni qo’llay olsa, dars maqsadi albatta amalga oshadi va o’quvchilar darsda o’rgangan bilimlaridan, unda orttirgan yangi ko’nikma va malakalardan mamnun bo’ladilar. Chet tilini o’qitish va o’rganish uchun ko’p soatli dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar minglab maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi zarur bo’ladi. Demak, o’qituvchi va o’quvchi minglab metodlarni bilsa, qo’llay olsa, oldiga qo’ygan maqsadiga oson va muvaffaqiyatli erisha oladi. Xo’sh buning uchun ular nima qilishi kerak? Ushbu savolga javobni boshqa bir maqolamizda izlab ko’ramiz. Metodika keng doirada mana shu dars jarayonlarida qo’llaniladigan sanoqsiz metodlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Tor doirada esa chet tili darsiga oid barcha metodlar majmuini ilmiy nazardan o’rganadigan, rivojlantiradigan fan sifatida tushunish lozim. Chet tillarni o’qitish va o’rganishda metodika ilmiy fan sifatida ham o’quv darsturlariga kiritilgan. Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, metodika bu dars jarayonidagi turli maqsadlarga eltuvchi yo’llar, uslublar majmuasi bo’lib, uning o’qituvchi oldiga qo’yadigan savoli o’quvchi o’rganayotgan materialni QANDAY usulda muvaffaqiyatli o’zlashtira oladi va rivojlantiradi demakdir. Metodika keng doirada mana shu dars jarayonlarida qo’llaniladigan sanoqsiz metodlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Tor doirada esa chet tili darsiga oid barcha metodlar majmuini ilmiy nazardan o’rganadigan, rivojlantiradigan fan sifatida tushunish lozim. Chet tillarni o’qitish va o’rganishda metodika ilmiy fan sifatida ham o’quv darsturlariga kiritilgan. Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, metodika bu dars jarayonidagi turli maqsadlarga eltuvchi yo’llar, uslublar majmuasi bo’lib, uning o’qituvchi oldiga qo’yadigan savoli o’quvchi o’rganayotgan materialni QANDAY usulda muvaffaqiyatli o’zlashtira oladi va rivojlantiradi demakdir. Download 343.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling