1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi
Xarakter aktsentuatsiyasi
Download 343.16 Kb.
|
Pedpgogika
4. Xarakter aktsentuatsiyasi
Nemis psixiatri K. Leongard fikricha, 20 - 50 % kishilarda ba`zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba`zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin. Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarining yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aktsentuatsiyasi turli darajada engil va hatto psixopatiya darajasigacha bo`lishi mumkin. O`smirlar orasida xarakter aktsentuatsiyasi ko`p (50-80%) uchraydi. Uni turli psixodiagnostik testlar, masalan, Shmishek testi orqali aniqlash mumkin. K. Leongard tomonidan xarakter aktsentuatsiyasi quyidagicha tasniflanadi: Gipertim tip. Haddan tashqari aloqaga kirishuvchan, ko`p gapiradi, imo - ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko`pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo`yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi. Distim tip. Kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, uyda yolg`iz qolishni yoqtiradi. TSikloid tip. Kayfiyati tez o`zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - gipertim, yomon paytda distim tipga o`xshab qoladi. Qo`zg`aluvchan tip. Muloqotda passiv, verbal va noverbal reaktsiyalari sust, qaysar, ba`zan urushqoq, ko`pincha turli mojarolarning tashabbuskori. Kuchaytiruvchi tip. Kamgap, aql o`rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni xohlaydi, tez xafa bo`ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo`rttirishga moyil. Pedant tip. Ziddiyatlarga kam qo`shiladi, ko`pincha passiv holatda bo`ladi, atrofdagilarga ko`plab rasmiy talablar qo`yadi, tartibli, jiddiy, ishonchli xodim. Xavotirli tip. Kamgap, odamovi, o`ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, tinchliksevar, o`z - o`zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. Eemotiv tip. Tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradi, xafa bo`lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, g`amxo`r, mas`uliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi. Namoyishkorona (demonstrativ) tip. Muloqotga tez kirishadi, etakchilikka intiladi, hoqimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o`ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq - atvorga ega. Ekzaltirovanlashgan tip. O`ta muloqotga kirishuvchan, ko`p gapiradi, qiziquvchan, do`stlari va yakinlariga e`tiborli, boshqalarga yordam beradi, did- farosatli, samimiy. Ekstrovertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishuvchan, do`stlari ko`p, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitishi mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. Introvertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishishga qiynaladi, “ichimdagini top”, falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat`iyatli, e`tiqodi mustahkam, qaysar, tafakkuri qotib qolgan. To`g`ri tashqil etilgan ta`lim - tarbiya jarayonida xarakter aktsentuatsiyasini tarbiyalash va tuzatish mumkin. Download 343.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling