1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi
Tarbiyaning umumiy usullari
Download 343.16 Kb.
|
Pedpgogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya usullarga tavsif.
Tarbiyaning umumiy usullari.
Bola o’qishni, tarbiya olishni, ulg’ayib jamiyatga hayotida faol ishtirok e’tishni xohlaydi. Pedagog uni qay tarzda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonida tarbiyalashi zarurligini bilishi kerak. O’qituvchi do’ts, murrabbiy yo’l boshlovchi bo’lgandagina o’quvchilar o’zlarining ichki adabiyotlarini ochib ko’rsatadilar. Avval ta’kidlaganimizdek, tarbiya-tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilimi va tarbiyaga e’ga bo’lgan qonunlar, tarbiyalanovchilar (faoliyatlarini o’z ichiga olgan) bilim va tajriba o’rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatishlari kerak. Demak tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning xamkorligidagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usullaridir. “Metod”- so’zi grekcha bo’lib yo’l usul ma’nosini bildiradi. Tarbiya vositalari bu biron bir taribiyaviy masalani maqsadga mufoviq yo’l bilan hal qilish ni tashkil e’tish uchun ishlatiladi. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Tarbiya natijalari tarbiyaviy jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan moxirona foydalanishga bog’liq. Tarbiya usullari bir bolaga, xar qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo’lishni nazarda tutadi. SHunday qilib tarbiya jarayonida o’qituvchi yakka o’quvchiga yoki sinf manfaati yo’lida biron bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o’quvchilarni yosh va individual xususiyatlarini. Tarbiyalanganlik darajasini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan xolda ta’sir e’tish shakllari majmuasiga tarbiya metodi deyiladi. Tarbiya g’oyatda murakkab jarayon bo’lib har davrning ijtimoiy siyosiy hayotini o’zida aks e’ttiradi. Uning usullar, shakllari, vositlari va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, an’anaga aylanadi. SHu sababli tarbiya milliy va tarixiy zamindan o’zilmasligi kerak. Tarbiya usullarga tavsif. Xalq pedagogikasi o’zbekona axloq, odob va taribiyaning barcha qirralarini o’zida mujasamlashtirgan. Xalq pedagogikasida qo’llanilgan juda xilma xil tarbiya usullari mavjud. Tushuntirish (o’rgatish, odatlantirish, mashq qildirish). Namuna (maslahat berish, o’zr so’rash, o’rnak bo’lish, yaxshiliklar tug’risida gapirish). Nasixat berish (undash, ko’ndirish, iltimos qilish , yolvorish, tilak itsak bildirish, ma’qullash, raxmat aytish ,duo qilish , oq yo’l tilash ). Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish , koyish, ont, qasam, urish, kaltaqlash va x.) Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya usullari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Mexmon kutish, mexmonga borish, turli mexnat jarayonlari, xasharlar, turli guringlar, musobaqalar, turli nishonlashlar, sayllar, turli marosimlar, bazmlar va b. O’ziga xos tarbiya vositasi vazifasini bajaradi. YOshlarni tarbiyalashda turli milliy an’nalar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Inson qalbiga bugun e’qilgan yaxshilik o’rigi oradan 10 yil o’tgach unib chiqishini har bir pedagog ilmiy asoslab oldindan ko’ra bilish kerak. Tarbiya usullarini o’rganish, taxlil qilish , bu usullardan pedagog jarayonda foydalanish, ko’nikma va malakalarni e’gallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruxga bo’lib olamiz: -Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. -O’z o’zini tarbiyalovchi usullar. -Rag’batlantirish usullari. -Jazolash usullari Download 343.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling