1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi
Milliy birdamlik tuyg‘usi milliy ongning negizidir
Download 343.16 Kb.
|
Pedpgogika
Milliy birdamlik tuyg‘usi milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik yetuk va mukammal ma'naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan millatlarda to‘laroq namoyon bo‘ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi. Milliy iftixor millat ma'naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarini o‘z ichiga oladi.
Xulosa qilib aytganda, imonli odam risoladagi fuqarodir. Bu O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos keladi. Biz kelajagimiz taqdirini ana shunday fidoyi insonlar, o‘z ehtiyojlarini tafakkur tarozusida, imon ko‘zgusidaidrok etadigan, nafs balosidan forig‘ yoshlar qo‘liga topshirishimiz lozim. Bu yoshlar har qancha g‘ururlansa, faxrlansa arziydigan tarixi va qadriyatlari bor xalqga, millatga, Vataniga xizmat qilishni o‘zlarining burchi deb qarashlari, shunday e'tiqodga ega bo‘lishlari zarur. Shuning uchun yoshlarimizda milliy g‘ururni tarbiyalash ishlarini har kuni va muntazam olib borish ular ma'naviyati yuksalishining garovidir. Yoshlarimizning har biri milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘ularini o‘zlari ham shakllantira oladilar. Milliy g‘urur, avvalambor, har bir millat vakilining o‘z xalqi tarixini, ma'naviy, axloqiy qadriyatlari, istiqbolini bilishi va qadrlashi, shu bilan birgalikda, boshqa xalqlar va millatlarning ham milliy qadr-qimmatini, udumlari, tarixi, adabiyoti, san'ati va madaniyatini adolatli ravishda himoya qilish, chuqur his etish va o‘rganish, hurmat qilish bilan bog‘liq faxrlanish tuyg‘usi bo‘lgan millatning insoniy fazilatidir. Milliy g‘urur yoshlarni o‘z kuchi, qobiliyati va iste'dodini milliy va umuminsoniy manfaatlar yo‘lida safarbar qilishga chaqiradi. O‘zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon-sharafi uning o‘ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir. Jumladan, o‘zbeklar diyonat, or-nomus, sharm-hayoni ijtimoiy hayotning hamma jabhalarida muhim fazilat deb qabul qilishgan. Shunday xislatlarga egalarki, ba'zan bu faqat”o‘zbekona fazilat” deb yuritiladi. Milliy iftixor tuyg‘usining yana bir jihati shundaki, u yoshlarning, eng avvalo, qaysidir millatga mansubligi, uning keng imkoniyatlaridan quvona olish fazilatigina emas, balki yashab turgan zaminga, fuqaroligiga daxldor bo‘lgan mamlakatga munosabat belgisi hamdir. Milliy iftixori kuchli bo‘lgan yoshlar o‘z mamlakati bilan faxrlana oladi va uning taqdiriga befarq qaray olmaydi. Demak, bunday xalq o‘z istiqbolini chuqurroq anglaydi va unga sidqidildan xizmat qiladi. Milliy g‘urur, milliy o‘z-o‘zini anglash mazmun va mohiyat jihatidan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini boyitadi, to‘ldiradi, biri ikkinchisiz mavjud bo‘lmaydi. “Biz sharq farzandi ekanligimizdan, o‘zimizning urf-odatlirimizdan faxrlanamiz. Milliy qadriyatlarimizni asrash va hyech qachon unutmaslik haqida ota-bobolarimizdan tarbiya olganmiz. Endi esa buni bolalarimizga ham o‘rgatayapmiz”. O‘tmishini bilmagan va e'zozlamagan xalqning kelajagi yo‘q. O‘tmish bizlar uchun ham, boshqa xalqlar uchun ham allaqachon qaytmas bo‘lib ketgan, ko‘z o‘ngimizdan olislashgan, tarix mulkiga aylangan davrdangina iborat emas, balki ahamiyati hyech qachon yo‘qolmaydigan tag zamin, o‘q ildizimizdir. O‘tmish bizning tayanch nuqtamiz ekaniga shubha yo‘q. Agar ana shu tayanch nuqtaga, ma'naviy poydevorga suyanmasak, o‘tmishimizdan kuch-quvvat, ruhiy-ma'naviy ozuqa olmasak, olg‘a tomon rivojlana olmaymiz. Download 343.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling