MAVZU:MARKETING TAMOYILLARI
MUNDARIJA:
KIRISH
1.Marketingni asosiy tamoyillari.
2.Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni.
3.Marketingning vazifalari.
4.Tovar va narx siyosatlarini amalga oshirish.
5.Taqsimot, kommunikatsiya va siljitish siyosatlarini amalga oshirish.
6.Talabning holati va rivojlanishiga ko’ra marketingning turlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyot
KIRISH
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash; narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;
to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish;
tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
1. Marketingning asosiy tamoyillari
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to’rtta marketingni muqobil maqsadlarga ajratiladi.
Iste’mol darajasini oshirish;
Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish;
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish;
4. Turmush tarzini (sifatini) oshirish.
Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o’sishga olib keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni kamayishiga olib keladi.
Iste’molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan tovar (xizmat) xossalariga to’liq mos kelishiga erishishni ko’zlaydi.
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish iste’molchilarga shunday tovar (xizmat)larni turli xillarini ko’rsatib, ularning xodimlariga to’liq mos keluvchi bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo’lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta’minlash va tovar (xizmat) narx bo’yicha maqbul bo’lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan sifatni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |