11-mavzu. Marketing tizimida sotish siyosati reja


Download 114.97 Kb.
bet1/9
Sana11.08.2023
Hajmi114.97 Kb.
#1666372
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-mavzu


11-MAVZU. MARKETING TIZIMIDA SOTISH SIYOSATI
Reja:
11.1. Tovar harakati tushunchasi. Tovar harakati funksiyalari.
11.2. Tovarlarni sotish tarmoqlarini shakllantirish.
11.3. Sotuv kanallari. Sotuv kanallarining turlari.
11.4. Vositachilarni jalb qilish. Savdo vositachilarini tanlash.


11.1. Tovar harakati tushunchasi. Tovar harakati funksiyalari.
Ishlab chiqarilgan tovar o’zining iste’mol joyini topishi kerak. Tovarning ishlab chiqarish joyi bilan iste’mol joyi o’zgaradi. Shuning uchun ham marketing kompeksining mazkur elementi joy deb nomlanadi. Lekin, faqat joy degan tushuncha bilan cheklanib qolmasdan, tovarlarni sotish bozorlarini topish, tovarni bozorga joylashtirish, sotish va logistika oyeprasiyalarini bajarishni qamrab oladi.
Marketing faoliyatining eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi tovarni sotish joyini topish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa – ishlab chiqarilgan tovarni pirovard iste’molchiga yetkazish hal etiladi. Tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish uchun ishlab chiqaruvchilar dastavval sotuv kanallari faoliyatini yo’lga qo’yish kerak. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan tanlagan sotuv kanali marketing bo’yicha qolgan jami boshqa yechimlarga ta’sir ko’rsatadi – narxlar, reklama xizmati, oraliq saqlash omborlarini tashkil qilish, transport xizmatidan foydalanish, o’z savdo nuqtalarini ochish va hokazolar shular jumlasidandir.
Shu sababli ishlab chiqaruvchilar sotuv kanalini tanlashda bugungi kunni emas, balki ertangi tijorat muhitini ham kuzlab ish tutishi zarur. Tovar tarqatish jarayoni ishlab chiqaruvchi korxonalarda tovar ishlab chiqarishning davomiy yakuniy bosqichiga aylanishi kerak. Hozirgi zamonaviy bozor munosabatlari qaror topayotgan davrda ishlab chiqarish jarayoni tayyor tovarni yaratish bilan yakunlanmasdan, balki pirovard iste’molchiga yetkazib berish bilan yakunlanmoqda. Tovar tarqatish jarayonining bugungi zamonaviy ko’rinishi tarixiy rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan.
Ibtidoiy jamoa davrida har bir qabila o’z tirikchiligini o’tkazish uchun zarur bo’lgan jami tovarni faqat o’z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqargan. U paytda biron-bir ko’rinishda bo’lsada, tovarni taqsimlash bo’lmagan.
Taraqqiyotning keyingi bosqichida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi natijasida tovarlarni taqsimlash yuzaga keladi. Har bir qabila endi o’ziga kerakli hamma tovarni o’zi tayyorlamaydi, balki ulardan ayrimlarini o’z ehtiyoji bilan birga boshqa qabilalar ehtiyojlariga ham yetadigan mikdorda tayyorlashga o’tadi. Ushbu urug’-qabila ehtiyojlaridan ortib qoladigan mahsulotlar boshqa tovarlarga ayirboshlangan. Shunday qilib, tovar taqsimotining tub negizi va asosiy sharti — ishlab chiqarishda ixtisoslashuvning yuzaga kelishi va ortiqcha tovarlarning paydo bo’lishidir. Bevosita tovarni taqsimlash sharoitlarida har bir ishlab chiqaruvchi taqsimot uchun boshqa ishlab chikaruvchilar bilan yuzma-yuz uchrashuvi kerak edi. Ishlab chiqaruvchilar juda keng, ammo samarasi past aloqalar tizimida faoliyat olib borganlar.

Download 114.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling