1. Marketingni asosiy tamoyillari. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni. Marketingning vazifalari


Download 98.58 Kb.
bet14/15
Sana19.06.2023
Hajmi98.58 Kb.
#1609970
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MARKETING TAMOYILLARI

Marketing turlari
Marketingning aniq shakllari va mazmuni korxona faoliyat xususiyatlaridan, uning ichki imkoniyatlari va tashqi shart-sharoitlaridan kelib chiqadi. Bu yerda marketing va boshqa hamma oraliq faoliyat turlarining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun yagona yo’naltiriladigan jarayonga birlashishi sodir bo’ladi, bu esa o’z navbatida turli xil marketing turlarining harakatlashini belgilab beradi.
Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi. Shuni hisobga olish kerakki, vazifalarni yechishda marketologlar bitta emas, balki turli xil marketing turlariga duch kelishlari mumkin. Talab holatiga qarab sakkizta vaziyatni ajratib ko’rsatish o’rinlidir. Ulardan har biriga marketingni boshqarish bo’yicha aniq vazifa mos keladi. Marketing tiplari bozor talabiga va uning orqasida turadigan iste’molchiga ta’sir etish omili sifatida 20-chizmada keltirilgan. Ular talabga iste’mol qilish paytida inson organizmiga ta’sir ko’rsatadigan irratsional talabga qarshilik qilishgacha deyarli ochib beradilar. 
O’zgaruvchi (konversion) marketing – salbiy talabning mavjudligiga bog’liq bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmati inkor qiladi. shuning uchun mazkur holda o’zgaruvchi marketingning vazifasi bo’lib qandaydir mahsulotga nisbatan iste’molchilarning salbiy munosabatini ijobiy munosabatga yo’naltirish, narxni pasaytirish va uni samaraliroq siljitish yo’li bilan o’zgartirish hisoblanadi. Xorijiy amaliyotda o’zgaruvchi marketingni tamaki firmalari qo’llaydilar, bunda davlatning sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta idoralari va qo’llaydilar, jamoatchilikning faol xatti-harakatlari natijasida chekuvchilarning soni keskin kamaymoqda. Mazkur holda marketingning vazifasi bo’lib talabning paydo bo’lishi va uni mahsulot taklifi darajasigacha ko’tarishga yordam beradigan rejani ishlab chiqish hisoblanadi. Tamaki firmalariga kelganda esa, ular yo’qotgan vaziyatlarini tiklash maqsadida tarkibida kanserogen moddalar kam bo’lgan sigaretalarning maxsus markalarini ishlab chiqish va chiqarish, bir vaqtning o’zida siljitish tizimini kuchaytirish bo’yicha ishlarni olib boradilar.

Download 98.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling