1. Marketingni asosiy tamoyillari. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni. Marketingning vazifalari


Download 98.58 Kb.
bet8/15
Sana19.06.2023
Hajmi98.58 Kb.
#1609970
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
MARKETING TAMOYILLARI

Mavjud bo’lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan qiziqish uyg’otishdir.

  • Yashirin talab. Ko’pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo’lgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo’lmagan talabga ega bo’ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potentsial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir bo’lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.

  • Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir necha tovariga bo’lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda kon’yunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar topish yo’li bilan, tovar xususiyatlarini o’zgartirish yoki yanada samarali aloqalar (kommunikatsiya) o’rnatish bilan tovar yetkazib berishni rag’batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu yerda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.

  • Doimiy bo’lgan talab. Ko’pchilik korxonalarda tovar yetkazib berish mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy fondlarini kam yoki ko’p yuklash muammoasini tug’diradi. Masalan, jamoa transportining asosiy qismida «tig’iz vaqtda» yo’lovchilar haddan ziyod ko’p bo’ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifsi - o’zgaruvchan (egiluvchan) baholar yordamida, rag’batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo’yicha tebranishini tekislash yo’llarini izlashi lozim.

  • To’laqonli talab. Bu talab to’g’risida tadbirkorlar o’z savdo tushumlaridan, foydalaridan to’liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketing vazifasi iste’molchilarning tovarni afzal o’zgarishiga va raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharotida tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat ko’rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi o’ringa chiqadi.


  • Download 98.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling