1 martdan nimalar o‘zgaradi?


Yana 5 turdagi davlat xizmati my.gov.uz portali orqali onlayn ko‘rsatiladi


Download 72.09 Kb.
bet5/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

Yana 5 turdagi davlat xizmati my.gov.uz portali orqali onlayn ko‘rsatiladi
Hukumatning 2021 yil 15 oktyabdagi qarori bilan quyidagi xizmatlar YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ko‘rsatiladi:

  • O‘zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;

  • chet davlatda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;

  • sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;

  • avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;

  • jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.

Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi
Prezidentning 2021 yil 31 dekabrdagi qaroriga muvofiq, davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo‘lgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi:

  • yer uchastkalarini obod holda saqlash;

  • daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni parvarish qilish va sug‘orish;

  • yig‘ishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini o‘rnatish;

  • bolalar maydonchalari, o‘tirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini o‘rnatish, ta’mirlash va saqlash;

  • aholi uchun piyoda yo‘laklarini barpo etish, ta’mirlash va lozim darajada saqlash.

Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali ob’yektlarni o‘rnatish va qurish taqiqlanadi.
Sement, klinker va qurilish oynalari eksportiga cheklovlar bekor qilinadi
Prezidentning 2022 yil 21 fevraldagi qaroriga asosan boshlab barcha yuridik shaxslarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sement, sement klinkeri va qurilish oynalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida cheklovlarsiz (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, 2024 yil 1 yanvarga qadar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling