1 martdan nimalar o‘zgaradi?


Markaz faoliyati yoʼnalishlari


Download 72.09 Kb.
bet3/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

Markaz faoliyati yoʼnalishlari
Markaz 'Elektron hukumat' tizimini va 'Raqamli Oʼzbekiston - 2030' dasturini (keyingi oʼrinlarda - dastur) rivojlantirish doirasida raqamli iqtisodiyot va 'Elektron hukumat' tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarning asosiy yoʼnalishlarini amalga oshiradi, xususan:

  • elektron hukumatni rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni taʼminlash

  • davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yoʼnalishlarini ishlab chiqish

  • davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish

  • elektron hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish

Yuridik shaxsning nomi: "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasi
Tashkiliy-huquqiy shakli: Davlat muassasasi
STIR raqami: 207 322 159
OKED: 84112
Ro'yxatidan o'tgan sana: 25.02.2021
Ro'yxatidan o'tgan raqam: 008950-03
Ish o'rinlar soni: 127

Biometrik pasport yoki ID-karta mavjud haydovchidan «prava», texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisi talab etilmaydi



Prezident 2021 yil 30 noyabrda imzolagan qonunga asosan haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida quyidagi hujjatlarni olib yurishi talab etilmaydi:

  • transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlar;

  • ishonchnoma;

  • sug‘urta polisi.

Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi YPX xodimi tomonidan elektron tizim orqali mustaqil tekshiriladi.
O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi
Respublika maxsus komissiyasining 23 fevraldagi qaroriga muvofiq, 1 martdan e’tiboran O‘zbekistonda niqob taqib yurish majburiyati talabi bekor qilindi.
UJK xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya to‘lovlari joriy etiladi
Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi farmoni bilan uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi.
Ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi. Bunda, har oylik kompensatsiya to‘lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi (130 050 so‘m) miqdorida to‘lanadi.
Yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (289 ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. Bunda, qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling