1. ma’ruza arab ommaviy axborot vositalari tili faniga kirish. Arab ommaviy axborot vositalarinin(oav) shakillanishi tarixi. (oav)ning xususiyatlari va uslublari
Download 35.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1 МАВЗУ
1. MA’RUZA Arab ommaviy axborot vositalari tili faniga kirish. Arab ommaviy axborot vositalarinin(OAV) shakillanishi tarixi. (OAV)ning xususiyatlari va uslublari. Adabiy faoliyatning alohida turlaridan biri bo’lgan matbuot hayotimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa jabhalarini aks ettiradi. Tarixiy,ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar natijasida arab adabiyoti ham rivojlandi. U hayotning nafaqat ijtimoiy, balki siyosiy tomonlarini ham aks ettira boshladi. Adabiyot bilan bog’langan va uning uzviy qismi bo’lgan arab matbuoti o’rta asr adabiyoti(she’riyati) va olimlar qarashlaridan tortib, zamonaviy matbuotda bo’lishi mumkin bo’lgan yangi narsalarni ham o’ziga singdirdi. Arab ommaviy axborot vositalari o'z rivojlanishida uzoq va samarali yo'lni bosib o'tdi. Oddiy gazeta ma’lumotlaridan yuqori texnologiyali sun'iy yo'ldosh kanallarigacha, kichik shaharcha nashrlaridan millionlab auditoriyaga ega ommaviy axborot vositalarigacha, davlat tadbirlarini namoyish qilishdan voqealarni mustaqil yoritishgacha rivojlandi. Arab ommaviy axborot vositalari Yaqin Sharqda, nafaqat texnologiya sohasida, balki mafkura sohasida ham yutuqqa erishib, jahon siyosiy jarayonlariga qo‘shildi va mintaqani demokratlashtirish omiliga aylandi.Shu sababli ommaviy axborot vositalarining o'zgarishi bilan birga ularning auditoriyasida ham o'zgarishlar yuz berdi. Mazkur omillar tufayli arab ommaviy axborot vositalari, ularning rivojlanish tarixi va bugungi holatini izchil va chuqur o‘rganish zarurati paydo bo‘ldi 1 . “Courier de l'Egypte, Hawadith al-Yaumiya, Al-Zaoura” kabi birinchi gazetelar 18-asr oxirida Usmonlilar imperiyasi hukmronligi ostidagi arab mamlakatlarida paydo bo'lib, darhol "turk hukumati yoki xorijiy davlat elchixonalari”ning quroliga aylandi. 2 Mustaqil jurnalistika 19-asrning 60-70- 1 http://www.idmedina.ru/books/materials/turkology/1/vostok-anderson.htm 2 http://www.idmedina.ru/books/materials/turkology/1/vostok-anderson.htm yillarida Misrda vujudga kelgan. Xususan, hozirgi kungacha mashhur bo’lgan “Al- Ahram” gazetasi 1867- yilda chiqa boshladi. Misr boshqa arab mamlakatlari, avvalambor, Suriya va Livandan kelgan senzura(ta’qiq)dan norozi jurnalistlar uchun boshpanaga aylandi. Bu davrda matbuot voqea-hodisalarni an’anaviy nuqtai nazardan, ya’ni oddiy yoritishdan jiddiy ijtimoiy muammolarni chuqurroq tahlil qilish va aniqlash darajasiga ko‘tarildi. 1908-yilgacha yosh turklar bosimi ostida huquqiy cheklovlar bekor qilinishi natijasida, mustaqil jurnalistika noqonuniy ravishda rivojlanib, Usmonli imperiyasi hukumati tomonidan qatag’onga uchragan. Arab mamlakatlarida (ayniqsa, Suriya, Misr va Iroqda) bu cheklovlarning olib tashlanishi bilan “turk hukmronligi ostida milliy arab oʻzligiga daʼvat qiluvchi” millatchi matbuotning tezlik bilan oʻsishi boshlandi. 3 Usmonli imperiyasining qulashi va arab davlatlarining mandat tizimiga qo'shilishi, arab matbuotiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Buning natijasida siyosiy Download 35.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling