1-Ma’ruza Avtomobil yo‘llarini pasportlashtirish fanining maqsad va vazifalari. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining transport-foydalanish holatini baholash
Download 95.86 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va iboralar
1-Ma’ruza Avtomobil yo‘llarini pasportlashtirish fanining maqsad va vazifalari. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining transport-foydalanish holatini baholash Reja: 1. O„zbekiston avtomobil yo„llarining umumiy tarmog„i. 2. O„zbekiston avtomobil yo„llarining bugungi holati. 3. Avtomobil yo„llarini pasportlashtirishni maqsad va vazifalari. 4. Avtomobil yo„llarini holati. 5. Qoplamaning ravonligi va g„abir-budirligi. 6. Avtomobil g„ildiragining qoplama bilan o„zaro ta‟siri va qoplama yuzasi ko„rsatkichlariga qo„yilgan talablar. Tayanch so’zlar va iboralar: avtomobil yo’li, tarmog’, pasportlashtirish, hisobga olish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, ichki xo‘jaliklararo yo‘llar, qishloq yo‘llar, shahar yo‘llari, ovul yo‘llar, kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, indutsrializatsiyalashtirish, qamrov, texnologik xarita, ishonchliligi, ta’mirtalab, xizmat muddati, yo’l to’shamasi, mutsahkamlk, atrof-muhit, OVOS, ZVOS Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishi va taraqqiy etishi avvalo, avtomobil yo„llari tarmog„ining holatiga bog„liqdir. Respublika bo„yicha transportda tashilayotgan xalq xo„jaligi yuklarining 83 % dan ko„prog„ini avtomobil yo„llari orqali amalga oshirilishi, iqtisodiyotning rivojlanishidagi avtomobil yo„llarining ahamiyatini belgilab beradi. Bugungi kunda Prezidentning tashabbusi bilan “Buyuk Ipak yo„li”ni tiklash, “Yevropa- Kavkaz-Osiyo” transport yo„lagi (TRASEKA)ni rivojlantirish bo„yicha olib borayotgan ishlari, avtomobil yo„llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish bo„yicha chiqargan qator qarorlari, farmonlari, farmoyishlari va buyruqlari avtomobil yo„llarini yanada yaxshilash bo„yicha olib borayotgan ishlar sirasiga kiradi. Olib borilayotgan ishlardan asosiy maqsad jahon bozoriga chiqish va O„zbekiston Respublikasini har tomonlama yanada rivojlantirishdir. O„zbekistondagi jami avtomobil yo„llar tarmog„i 209,5 ming km dan ziyod uzunlikda bo„lib, undan 42869 kilometri–umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llari, 141883 km – shaharlar va boshqa aholi punkti ko„chalari (ichki xo„jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning avtomobil yo„llari), 24745 km esa - idoraviy inspektorlik yo„llari tarmog„i hisoblanadi. O„zbekistondagi jami avtomobil yo„llar tarmog„idan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llarining qariyb 40-50 % qismi ta‟mirtalab, shaharlar va boshqa aholi punkti ko„chalarining esa 60-70 % qismi ta‟mirtalab ahvolda. Aksariyat avtomobil yo„llari yakka o„qqa tushadigan og„irlik 10 tonna va 6 tonna bilan qolib ketganligi sababli, ularni 13 va 10 tonnaga o„tkazish, hamda harakat jadalligini ortishi hisobiga rekonstruksiya qilish talab etiladi. “Avtomobil yo„llarini pasportlashtirish” fanini o„qitishdan maqsad – avtomobil yo„llari bo„yicha umumiy ma‟lumotlarni, mavjud avtomobil yo„llari ob‟ektlarning borligi va texnik holati qaydnomalarini, yig„ma qaydnomalarni, sun‟iy inshootlar va yo„l servisi ob‟ektlari kartochkalarini; yo„l pasportining chiziqli grafigini, fotografik ma‟lumotlarni, hamda fanning nazariy asoslarini talabalarga o„rgatish, hamda shunga mos bilim, ko„nikma va malakani shakllantirishdan iboratdir. Fanning vazifasi avtomobil yo„llarini pasportlashtirish bo„yicha talabalarni nazariy bilimlarini, amaliy ko„nikmalarini va ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamda ularni amaliyotga joriy qilishdan iboratdir. XX-asr boshida O„zbekiston hududida Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarni o„zaro bog„lovchi 27 ming km ot arava va izvosh yo„llari mavjud bo„lib, shundan 2 ming km yo„llar tosh va shag„al qoplamaga ega bo„lgan bo„lsa, avtomobil yo„llarining rivojlanishi 1940 yillardan boshlanib, asfaltbeton yo„llar 1954 yildan, sementbeton yo„llar 1962 yildan qurila boshlangan. Bugungi kunda O„zbekiston Respublikasi avtomobil yo„llari tarmog„ining umumiy uzunligi 209,5 ming km dan ortiq bo„lib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llari 42869 km ni, ichki xo„jalik yo„llari hamda shaharlar, tuman markazlari va aholi yashash joylari yo„llari va ko„chalari 141 883 km ni, idoraviy inspektorlik yo„llari tarmog„i 24745 km ni tashkil qiladi. Respublika mustaqilligidan keyingi yillarda (1991-2021 yy.) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llari tarmog„ida sezilarli o„zgarishlar yuz berdi. Yo„l tarmog„ining umumiy uzunligi 2702 km ga o„sdi, yo„llarning qoplamalari takomillashtirildi, yo„llarni ahamiyati bo„yicha ham o„zgarishlar yuzaga keldi. O„zbekiston hududining 22 foizdan ortig„i tog„li tumanlardan iboratdir. Tog„li yerlarning murakkab relefi avtomobilni xavfsiz harakati va ishlash tartibiga ta‟sir qiladi. Bunday noqulay yo„l sharoitlari transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga va tezlikka, plandagi kichik radiusli egriliklar va katta bo„ylama qiyaliklar ta‟sir etadi.O„zbekistondagi tog„li yerlardan o„tadigan yo„llar 3 foizni tashkil etadi. Tog„li yo„llarda dovonli qismlari bo„lgan avtomobil yo„li A-373 “Toshkent-O„sh” 116-214 km bo„laklari, “Qamchiq” dovon avtomobil yo„li, M-39 “Olmaota-Beshkek-Toshkent-Termiz” 1120-1145 km bo„lagi, “Taxtakaracha” dovoni 1302-1320 km bo„lagi, “Oqrabot” dovon yo„llari davlatimizning asosiy iqtisodiy arteriyasidir. 1-rasm. Umumiyfoydalanishdagi avtomobil yo„llarining holati. Yevroosiyo xalqaro trasnport bozori tizimida munosib qatnashchi bo„lishi uchun avtomobil yo„llarini, avvalo xalqaro va davlat ahamiyatiga ega yo„llarning transport- ekspluatatsiya sifatlarini xalqaro me‟yorlar va standartlar talablari darajasiga ko„tarish, yuklar va yo„lovchilarni tashishning barcha yo„nalishlari bo„yicha raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish, hamda avariyalarni kamaytirish erishish lozim. 2-rasm. Umumiyfoydalanuvdagi avtomobil yo„llarining toifasi bo„yicha holati. Respublika bo„yicha mavjud avtomobil yo„llari tarmog„ining va transport oqimi harakat xavfsizligining zamonaviy holatidan kelib chiqilganda, yo„l tarmog„ining foydalanuv holati avtomobillar harakat sharoitining qulaylik, xavfsizlik va tejamkorlik talablariga javob bermaydi. Bugungi kunda avtomobil yo„llarida qulay va xavfsiz harakat sharoitini ta‟minlash uchun avvalo saqlash ishlarini qoidali tashkil qilish, yirik hajmdagi ta‟mirlash va rekonstruksiya ishlarini bajarish talab etiladi. Respublika bo„yicha o„ziga xos yo„llardan foydalanish sharoitlari mavjudligi, avtomobillar xarakat sharoitining qulayligini va xavfsizligini ta‟minlashda ushbu jihatlarni hisobga olish zarurligini ko„rsatadi. Avtomobil yo„llari - muxandislik inshootlari kompleksi bo„lib, hisobiy yuk va belgilangan tezlikda avtomobillar harakati uzluksizligini, xavfsizligini va qulayligini ta‟minlashga xizmat qiladi. Yo„lning muhandislik inshootlari kompleksiga yo„l poyi, yo„l to„shamasi, ko„priklar, quvurlar va boshqa sun‟iy inshootlar, yo„l jixozlari va himoya qurilmalari, avtoservis, yo„l va avtotransport bino va inshootlari kiradi. Yo„l va uning inshootlari elementlari holatini va o„lchamlarini yo„lning texnik va foydalanuv holatlari ifodalaydi. Yo„lning texnik holati – yo„l va uning inshootlari doimiy (ekspluatatsiya jarayonida o„zgarmaydigan yoki faqat rekonstruksiya va ta‟mirlashdan keyin o„zgaradigan) ko„rsatkichlarining (yo„l poyi va qatnov qismi loyihaviy kengligi, to„g„ri va egri uzunligi, tik kutarilish va tushish joylari nishabligi va uzunligi, ko„tarma balandligi va o„yma cho„qurligi, ko„prik va yo„lo„tkazgichlar gabariti va yuk ko„tarishi, jixozlanish elementlari) me‟yoriy talablarga muvofiq kelish darajasi hisoblanadi. Yo„lning ravonligi yo„l yuzasining tasnifi bo„lib, noravonlik yoki haqiqiy yuzaning loyihadagi yuzadan og„ishi bilan aniqlanadi. Bu og„ish avtomobil o„tayotganda uning g„ildiraklari va kuzovi tebranishdan hosil bo„ladi. Bo„ylama va ko„ndalang ravonliklarga ajratiladi. Qoplamada noravonlik hosil bo„lishiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat: - transportning yuqori yuklamasi; - yo„l to„shamasi yetarlicha mustahkam emasligi va siljishining chidamsizligi; - sifatsiz materiallarning qo„llanishi; - qurilishda qoplama ravonligi talablarining buzilishi va yo„l poyi hamda yo„l to„shamasini qurish ishlarining sifati yomonligi; - suvni chetlatish ta‟minlanmaganligi va ko„pchish hosil bo„lishi; - iqlim omillarining ta‟siri; - qoplamaning yeyilishi; - qoplamaning deformatsiyalanishi va buzilishi va bu nuqsonlarni o„z vaqtida bartaraf etilmaganligi. Qoplamaning noravonligi quyidagilarga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi: - harakat tezligiga; - avtomobillarning ish unumdorligiga; - tashish tannarxi va xarakat xavfsizligiga. Avtomobillarning tebranish ta‟siriga ko„ra, noravonlikni uchta guruhga ajratish mumkin: makronoravonlik, mikronoravonlik va g„adir-budurlik. Makronoravonliklar to„lqinlari uzunligi 5 m va o„zgarishlarga qaramay yakuniy natijalar (ish unumdorligi, yo„lning o„tkazish va tishlashish qobiliyatiga, tashish tannarxiga, harakatni qulaylik va xavfsizligiga) har qanday iqlim sharoitida ta‟sir etishi mumkin. Mikronoravonliklar yuzaning mikroprofilini yuzaga keltirib, 10 sm dan 50 m gacha uzunlikdagi noravonliklardan tashkil topadi. Bu noravonliklar avtomobilga sezilarli tebranishlarni hosil qiladi. G„adir-budurlik 10 sm gacha uzunlikdagi to„lqinli noravonliklardan iborat bo„lib, avtomobilga past chastotali tebranishlarni hosil qilmaydi, chunki ularning ta‟sirini shinalar yutib yuboradi. Shuning uchun ravonlikni tahlil qilishda g„adir-budurlik hisobga olinmaydi. Noravonliklar qoplama yuzasi mikroprofiliga taaluqli bo„lib, ular chuqurchalar, do„ngliklar, botiqlar, siljishlar, to„lqinlar, yoriqlar va boshqa ko„rinishlarda bo„ladi. Bu noravonliklarning aksariyati qurilish bosqichidayoq paydo bo„ladi. Yo„llarning ekspluatatsiyasi davomida noravonliklar soni va o„lchamlari ostida oliy toifali yo„llarning asfaltbeton va sementbeton qoplamalarida noravonliklar balandligi yoki chuqurligi 20 mm ga yetishi mumkin. Chaqiq toshli va shag„alli bog„lovchi materiallar bilan ishlov berilgan qoplamalarda -40 mm gacha yetishi mumkin. Har bir qoplamaga muayyan turdagi noravonliklar xosdir. Bitummominiral qorishmali va asfaltbeton qoplamalariga xos noravonliklar uvalanish, chuqurchalar, to„lqinsimon ishlar hisoblanadi. Sementobeton qoplamalarga g„adir-budir, tutashgan joylarini buzilishi. Chaqiq toshli, shag„alli minerallar bilan mustahkamlangan qoplamalarga to„lqinsimonlik, chuqurchalar, cho„kishlar va izlar. Yo„l qoplamalari ravonligiga qo„yilgan talablarni ishlab chiqishda avtomobillar hisobiy tezlikda ruxsat etilgan tebranishlar ampeletutasi va tezlanishga asoslanadi. To„rtta me‟zonga asoslanadi, bu me‟zonlar asosida avtomobilning ruxsat etilgan u yoki bu tebranishlari baholanadi: - yurishning qulayligi; - haydovchi va yo„lovchilar uchun qulaylik; - avtomobil kuzovida yuklarning turg„unligi; - avtomobilning ressori va boshqa qismlarini ishonchli va uzoq muddat ishlashiga. Asosiy me‟zon haydovchi va yo„lovchilarni qulayliklar bilan ta‟minlanishi hisoblanadi. Avtomobil‟ yo„llarining transport-eksplutatsiya holatini baholash yo„l korxonalarining loyihalash yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi va bunda yo„l korxonalarining injener- texnik xodimlari va bo„lim boshliqlari tashkil etadi. Transport-ekspluatatsiya holatini baholash yo„l korxonasi tasarrufidagi butun tarmoq bo„yicha amalga oshiriladi. Avtomobil yo„llarining transport-ekspluatatsiya holatini loyihalash yoki ilmiy tadqiqot institutining ko„chma yo„l laboratoriyasi yordamida bajariladi. Quyidagi holatlarda avtomobil yo„li yoki uning uchastkasi holatiga baho berilmaydi: - tabiiy ofat tufayli buzilganda; - o„rganib chiqish davrida qayta qurilayotgan, kapital yoki o„rta tamir qilinayotgan bo„lsa; Yo„l korxonasi loyihalovchi yoki ilmiy tadqiqot instituti ko„chma yo„l laboratoriyasining boshlig„iga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak; - tekshirilayotgan avtomobil yo„lining pasporti; - yo„l to„shama konstruksiyasi bo„yicha ishchi chizmalar; - avtomobil yo„lini qurish, qayta qurishdan keyin ekspluatatsiyaga tekshirish muddatlari ko„rsatilgan dalolatnomalar; - yo„l belgilari va inshootlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan joylashtirish sxemasi; - avtomobil yo„lini oldingi o„rganib chiqish kartochkasi, u, yo„lning transport- ekspluatatsiya holatini baholashda birlamchi xujjat sanaladi. Yo„l to„shamasining ravonligi va mustahkamligi qatnov qismida izlar (koleya) hosil bo„lishi (ko„ndalang ravonlik) bir-biri bilan chambarchas bog„liq. Shuning uchun yo„l to„shamalarining ravonligini o„zgartirish mustahkamligiga va izlar hosil bo„lishiga bog„liq. Bundan tashqari yozdagi yuqori haroratlarda asfaltbeton plastik deformatsiyalanishi sababli yo„lning qiya joylarida ravonlik buziladi. Shu sababdan yo„l to„shamasining ravonligini bir yilda ikki marta o„lchash zarur (qishning oxiri va bahorning boshida, yozgi issiq davrida). Yo„l to„shamasining mustahkamligi Respublika uchun hisobiy davr sanalgan qishning oxiri va bahorning boshida aniqlanadi. Bunda gruntning namligi eng yuqori darajada bo„ladi. Yo„lning qatnov qismida izlar hosil bo„lishi yo„l konstruksiyasida qoldiq deformatsiyasida to„planib qolishdan va katta haroratlargacha qizib ketgan asfaltbeton qoplamada plastik deformatsiyalar hosil bo„lishidan kelib chiqadi. Shuning uchun izlar hosil bo„lishi bir yilda ikki marta aniqlanadi (qishning oxiri va bahorning boshi, yozgi issiq davr). Ko„rilayotgan transport–ekspluatatsiya ko„rsatkichlari ya‟ni yo„l to„shamasining ravonligi va mustahkamligi, avtomobil g„ildiragining qoplama bilan ilashish koeffitsienti va qatnov qismida izlar hosil bo„lishi transport vositalarining tezligiga va xavfsiz harakatlanishiga ta‟sir etuvchi eng muhim omillar hisoblanadi. Shuning uchun ravonlik va mustahkamlikni, izlar hosil bo„lishini baholash paytida yo„lning ko„rib chiqilayotgan uchastkalarida avtomobillarning tezligini ham aniqlash kerak. Avtomobil yo„llarining transport-ekspluatatsiya holatini ko„rsatuvchi har bir parametr (yo„l to„shamasining ravonligi va mustahkamligi avtomobil g„ildiragining qoplama bilan ilashish koeffitsienti, qatnov qismida izlar hosil bo„lishi (ko„ndalang ravonlik), avtomobillarning tezligi) maxsus guruhlar tomonidan o„lchanadi. Har bir guruh alohida-alohida holda parametrlarni aniqlaydi. Yo„l to„shamasi ravonligini o„lchash bo„yicha maxsus guruhlarning jihozlariga quyidagilar kiradi: - ko„chma yo„l laboratoriyasi, ishchilarni, o„lchov asboblari va yo„l belgilarini tashiydi; - himoya jiletlari; - yo„l belgilari: “Yo„l belgilari‟‟, “To„siqni chapdan aylanib o„tish”, “Maksimal tezlikni cheklash” va konuslar. Yo„l to„shamasi ravonligini o„lchash texnologik jarayoni quyidagi bosqichlarga bo„linadi: - tayyorgarlik ishlari; - dala ishlari; - dala ishlari ma‟lumotlariga ishlov berish; Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: - ko„chma yo„l laboratoriyasini tayyorlash va zarur o„lchov asboblari bilan jihozlash; - jurnallar va jadvallar blankalarini tayyorlash; - o„rganilayotgan yo„lning texnik pasporti avvalgi diagnostika yoki o„rganish natijalari bo„yicha kerakli malumotlarni to„plash; - yo„lning toifasini harakat tarkibi va jadalligini aniqlashtirish, yo„l to„shamasining ravonligi o„lchanadigan uchastkalarini oldindan aniqlash; - yo„l to„shamasi ravonligini o„lchash ishlari haqida O„zR IIV tarkibidagi yo„l harakati xavfsizligini boshqarish idorasining mahalliy organlari bilan kelishuvga erishish; - ishchilarni dala ishlari va o„lchovlarini bajarishdagi xavfsizlik texnikasi va mehnat muxofazasi qoidalari bilan tanishtirish (instruktaj). Dala ishlari yo„l to„shamasining ravonligini baholash maqsadida yo„lni o„rganib chiqish va holatini baholashdan iborat quyidagi ishlardan tashkil topadi: Ko„zdan kechirib chiqish uchun piyoda yuriladi yoki ortig„i bilan 20 km/soat tezlikda yurayotgan avtomobildan kuzatiladi (qoplamaning nuqsonlari qayd etib boriladi). Sinchiklab ko„rish zarur bo„lgan joylarda avtomobil to„xtatiladi. Yo„lning qatnov qismlari bir-biridan ajratilgan bo„lsa, ikki tomonlama yurib ko„zdan kechiriladi. Ko„zdan kechirish jarayonida to„shamasining ravonligi o„lchanadigan yo„l uchastkasining boshlanish va oxiri (ikkala yo„nalish bo„yicha) aniqlanib qayd etiladi va ular yo„lning kilometr ustunlariga biriktiriladi. Yo„l to„shamasi ravonligini dala sharoitida o„lchash natijalari belgilangan shakldagi qaydnomaga yozib qo„yiladi va statistik usullar bilan ishlanadi. Yo„l to„shamasi ravonligini ko„zdan kechirish o„lchash xavfli ishlar toifasiga kiradi. Bu ishda ishtirok etuvchilarning hammasi “Yo„llarni qurish tamirlash va saqlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari” va muassasaga tegishli qoidalarga yo„riqnomalarga qatiy rioya etishlari lozim. Ishlar bevosita yo„llarning o„zida bajarilayotganda “Ishlar bajarilayotgan joylarni o„rab olish va harakatni tashkil etish bo„yicha yo„riqnoma” va boshqa maxsus ko„rsatkichlar ham yo„riqnomalar talablari bajarilishi kerak. Yo„l to„shamasining mustahkamligini o„lchash bo„yicha maxsus guruhning jihozlariga quyidagilar kiradi: - ishchilar, o„lchov asboblari va yo„l belgilarini, tashish uchun ko„chma yo„l laboratoriyasi, himoya jiletlari; - “Yo„l ishlari”, “To„siqni chapdan aylanib o„tish”, “Maksimal tezlikni cheklash” belgilari, konuslar; Yo„l to„shamasining mustahkamligini o„lchash texnologik jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: - tayyorgarlik ishlari; - dala ishlari; - dala sharoitidagi o„lchov natijalarini aniqlash; Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: - ko„chma yo„l laboratoriyasini tayyorlash va o„lchov vositalari, himoya vositalari bilan jihozlash; -jurnal va jadvallar blankalarini tayyorlash; -o„rganilayotgan yo„lning texnik pasporti avvalgi diagnostika yoki o„rganish natijalari bo„yicha kerakli malumotlarni to„plash; - yo„lning toifasi harakat tarkibi va jadalligini aniqlashtirish yo„l to„shamasining mustahkamligi o„lchanadigan uchastkalarni oldindan aniqlashtirish; - yo„l to„shamasining mustahkamligini o„lchash ishlari haqida O„zR IIV tarkibidagi yo„l harakati xavfsizligini boshqarish idorasini mahalliy organlari bilan kelishuvga erishish; - ishchilarni, dala ishlari va o„lchovlarni bajarishdagi xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalari bilan tanishtirish. Dala ishlari yo„l to„shamasining mustahkamligini o„lchashga qaratilgan ko„zdan kechirish va yo„l to„shamasi mustahkamligini baholaydigan quyidagi ishlardan iborat. Ko„zdan kechirib chiqish uchun piyoda yuriladi yoki ko„pi bilan 20 km/soat tezlikda yurayotgan avtomobildan kuzatiladi (qoplamaning nuqsonlari qayd etib boriladi). Sinchiklab ko„rish zarur bo„lgan joylarda avtomobil to„xtatiladi. Yo„lning qatnov qismlari bir-biridan ajratilgan bo„lsa, ikki tomonlama yurib ko„zdan kechiriladi. Ko„zdan kechirish jarayonida to„shamaning mustahkamligi o„lchanadigan yo„l uchastkasining boshlanishi va oxiri (ikkala yo„nalish bo„yicha) aniqlanib qayd etiladi va ular yo„lning kilometr ustunlariga biriktiriladi. O„lchov ishlarini bajarayotganda, ko„chma laboratoriya avtomobilini yuqorida aytib o„tilgan uchta yo„l belgisi transport oqimiga ko„rinadigan holda to„xtatib qo„yiladi, u ishchilar uchun himoya vositasi bo„lib xizmat qiladi. Yo„l to„shamasining dala sharoitida o„lchangan mustahkamlik parametrlari tegishli shakldagi qaydnomaga yozib boriladi va statistika usullar bilan ishlanadi. Yo„l to„shamasi mustahkamligini ko„zdan kechirish va o„lchash xavfli ishlar toifasiga kiradi. Bu ishda ishtirok etuvchilarning hammasi “Yo„llarni qurish tamirlash va tutib turishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” va muassasaga tegishli qoidalar va yo„riqnomalarga qat‟iy rioya etishlari lozim. Ishlar bevosita yo„llarning o„zida bajarilayotganda “Ishlar bajarayotgan joylarni o„rab olish va harakatni tashkil etish bo„yicha yo„riqnoma” va boshqa maxsus ko„rsatmalar ham yo„riqnomalar talablari bajarilishi kerak. Avtomobil g„ildiragining yo„l qoplamasi bilan ilashish koeffitsientini o„lchash bo„yicha maxsus guruhning jihozlariga quyidagilar kiradi: - ishchilar, o„lchov asboblari va yo„l belgilarini tashish uchun ko„chma yo„l laboratoriyasi; - ximoya jiletlari; -“Yo„l ishlari “,“To„siqni chapdan aylanib o„tib o„tish”,“Maksimal tezlikni cheklash” yo„l belgilari va konuslar; Avtomobil g„ildiragining qoplama bilan ilashish koeffitsientini aniqlash texnologik jarayoni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: - tayyorgarlik ishlari; - dala ishlari; - dala ishlarida o„lchov natijalarini ishlash; Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: - ko„chma yo„l laboratoriyasini jihozlari, himoya vositalari bilan jihozlash -jurnal va jadvallar tayyorlash; -o„rganilayotgan yo„l haqida uning texnik pasportidan, oldingi diagnostika yoki o„rganish malumotlaridan keraklilarini ajratib olish; - yo„lning toifasi, harakat jadalligi va tarkibini aniqlashtirish, ilashish koeffitsientini o„lchanadigan yo„l uchastkalarini holatini aniqlash; - avtomobil g„ildiragining qoplama bilan ilashuv koeffitsientini o„lchash ishlari xaqida O„zR IIV tarkibidagi yo„l harakatini boshqarish idorasiga qarashli mahalliy organlar bilan kelishuvga erishish; - dala ishlari va o„lchovlarini bajarish jarayonida ishchilarni xavfsizlik texnikasi va mehnat vazifasi qoidalari bilan tanishtirish; Dala ishlari avtomobil g„ildiraklarining qoplama bilan ilashish holatlarini kuzatish va baholashdan iborat. Ko„zdan kechirib chiqish uchun piyoda yuriladi yoki ko„pi bilan 20 km/soat tezlikda yurayotgan avtomobildan kuzatiladi (qoplamaning nuqsonlari qayd etib boriladi) sinchiklab ko„rish zarur bo„lgan joylarda avtomobil to„xtatiladi. Yo„lning qatnov qismlari bir-biridan ajratilgan bo„lsa, ikki tomonlama yurib, ko„zdan kechiriladi. Ko„zdan kechirish jarayonida g„ildiragining qoplama bilan ilashish koeffitsienti o„lchanadigan yo„l uchastkasining boshlanishi va oxiri (ikkala yo„nalish bo„yicha) aniqlanib qayd etiladi va ular yo„lning kilometr uchastkalariga biriktiriladi. O„lchov ishlarini bajarayotganda ko„chma laboratoriya avtomobilini yuqorida aytib o„tilgan uchta yo„l belgisi transport oqimiga ko„rinadigan holda to„xtatib qo„yiladi, u ishchilar uchun himoya vositasi bo„lib xizmat qiladi. Avtomobil g„ildiragining qoplama bilan ilashish parametrlarini dala sharoitida o„lchash natijalari belgilangan shakldagi qaydnomada yozib boriladi va statistik usullar bilan ishlanadi. Ko„zdan kechirish va g„ildirakning qoplama bilan ilashish koeffitsientini o„lchash xavfli ishlar toifasiga kiradi. Bu ishlarda ishtirok etuvchilarning hammasi “Yo„llarni qurish tamirlash va tutib turishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” va muassasaga tegishli qoidalarga yo„riqnomalarga qatiy rioya etishlari lozim. Ishlar bevosita yo„llarning o„zida bajarilayotganda “Ishlar bajararilayotgan joylarni o„rab olish va harakatni tashkil etish bo„yicha yo„riqnoma” va boshqa maxsus ko„rsatmalar ham yo„riqnomalar talablari bajarilishi kerak. Avtomobil g„ildiraklari izi chuqurligini o„lchash bo„yicha maxsus guruh jihozlariga quyidagilar kiradi: - ishchilar o„lchov asboblari va yo„l belgilarini tashish uchun ko„chma yo„l laboratoriyasi; - himoya jihozlari: - “Yo„l ishlari”, “To„siqni chapdan aylanib o„tib o„tish, “Maksimal tezlikni cheklash” yo„l belgilari, konuslar; G„ildiraklar izi chuqurligini o„lchash texnologik jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: - tayyorgarlik ishlari; - dala ishlari; - izlar chuqurligini o„lchash natijalarini ishlash; Tayyorgarlik ishlari quyidagilardan iborat: - ko„chma yo„l laboratoriyasi, o„lchash va himoya vositalarini tayyorlash va jihozlash; - jurnal va jadvallar blankalarini tayyorlash; -o„rganilayotgan yo„l xaqida kerakli malumotlarni yo„lning texnik pasportidan, odingi diagnostika yoki o„rganish natijalaridan olib to„plash; - yo„lning toifasini, qatnov jadalligi va tarkibini aniqlashtirish, izlar bo„lgan uchastkalarni dastlabki aniqlash; -hosil bo„lgan izlar chuqurligini o„lchash bo„yicha ishlar xajmini dala ishlari davrida guruh o„rnashadigan joylarni aniqlash; -yo„l to„shamasiga tushgan izlar chuqurligini aniqlash ishlarini bajarish ishlari xaqida O„zR IIV ning yo„l harakati xavfsizligini idorasiga qarashli mahalliy organlar bilan kelishish; - ishchilarni dala ishlari va o„lchovlarini bajarish jarayonida xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalari bilan tanishtirish; Dala ishlari yo„l qoplamasi holatini ko„zdan kechirish va uni baholashni, shuningdek hosil bo„lgan izlar chuqurligini belgilangan tartibda o„lchashni o„z ichiga oladi. Ko„zdan kechirib chiqish uchun piyoda yuriladi yoki ko„pi bilan 20 km/soat tezlikda yurayotgan avtomobildan kuzatiladi (qoplamaning nuqsonlari qayd etib boriladi). Sinchiklab ko„rish zarur bo„lgan joylarda avtomobil to„xtatiladi. Yo„lning qatnov qismlari bir-biridan ajratilgan bo„lsa, ikki tomonlama yurib, ko„zdan kechiriladi. Ko„zdan kechirish jarayonida izlar tushgan uchastkalarning boshi va oxiri (ikkala yo„nalishda) aniqlanib, kilometr ustunlariga biriktiriladi. Izlar chuqurligi o„lchanayotgan joylarga yo„lga ko„ndalang qilib belgi (stvor) qo„yiladi. Uning joyi qaydnomada ko„rsatiladi. O„lchashlardan oldin yo„l qatnov qismi yuzasi va chetdagi mustahkamlangan polasalar chang va loydan tozalanib, qoplama bilan yo„l cheti chegarasi ko„rinadigan qilinadi. Har bir uchastkada izlar chuqurligi 4 – bo„lim ko„rsatmalariga binoan o„lchanadi. O„lchovlarni bajarayotgan ishchilar ko„chma laboratoriya avtomobili xonasida turadilar. Avtomobil yo„lga shunday qo„yiladiki, yuqorida aytilgan uchta yo„l belgilari transport oqimiga qaratilgan bo„lsin. Izlar chuqurligining o„lchangan qiymatlari belgilangan shakldagi qaydnomalarga qayd etiladi, keyin statistika usullari yordamida ishlanadi. Yo„lga tushgan izlar parametrlarini ko„zdan kechirish va o„lchash xavfli toifadagi ish hisoblanadi. Bunda ishtirok etuvchilarning xammasi amaldagi “Yo„llarni qurish, tamirlash va saqlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari” ga, muassasaviy qoidalar va yo„riqnomalarga rioya qilishlari kerak. Ishlar bevosita yo„lning o„zida bajarilganda “Ish joylarini to„sish va harakatni tashkil etish” ning, shuningdek, bunday holatlar uchun maxsus ishlab chiqilgan yo„riqnomalar va ko„rsatmalarning talablariga rioya qilishlari kerak. Avtomobillar tezligini o„lchaydigan maxsus guruh quyidagilar bilan jihozlanadi: Ishchilarni o„lchov asboblari va boshqa buyumlarni tashib yurish uchun ko„chma yo„l laboratoriyasi; Himoya jiletlari; Avtomobillarning tezligini sekundomer bilan o„lchash texnologik jarayonlarni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: Tayyorgarlik ishlari; Avtomobillar tezligini o„lchash bo„yicha dala ishlari; Olingan malumotlarni ishlash. Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: - Guruhni jamlash; - O„lchash vositalarini tayyorlash; - Tezliklarni qayd etish uchun jadvallarni tayyorlash; - O„rganilayotgna yo„l bo„yicha kerakli malumotlarni yo„lning texnik pasportidan, loyihasidan, tezliklarni o„lchash bo„yicha ilgarigi kuzatuv xujjatlardan olish; - Yo„l toifasini, harakat jadalligi va tarkibini aniqlashtirish, avtomobillar tezligi aniqlanadigan joylarni tanlash; - Avtomobillarning tezligini aniqlash ishlari haqida O„zR IIB ning harakat xavfsizligini boshqarish idorasining mahalliy organlari bilan kelishish; - Ishchilar dala va o„lchovlarni bajarishidan oldin xavfsizlik texnikasi va mexnat muhofazasi qoidalari bilan tanishtirish. Dala ishlarini yo„l yuzasi holatini ko„zdan kechirib, tegishli baho berishni, sekundnomer yordamida tegishli tartibda avtomobillar tezligini o„lchashdan iborat. Ko„zdan kechirish jarayonida avtomobillar tezligini sekundnomer yordamida o„lchash uchastkasi (bazj) tanlanadi. Uchastka uzunligini tanlashda o„lchov xatoligi iloji boricha kam bo„lishi ko„zda tutiladi. Avtomobillar tezligi o„lchanayotgan joylarga yo„lga ko„ndalang qilib belgi (stvor) qo„yiladi va ularning joyi qaydnomada ko„rsatiladi. Tezliklarni o„lchash natijalari belgilangan shakldagi qaydnomaga yozib qo„yiladi, keyin statistika usullari bilan ishlanadi. Avtomobil tezligini o„lchash va tegishli ravishda ko„zdan kechirishlar xavfli toifada ish hisoblanadi. Bunda ishtirok etuvchilarning hammasi “yo„llarni qurish, tamirlash va saqlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga va muassasaviy qoidalar va yo„riqnomalarga rioya qilishlari kerak. Ishlar bevosita yo„lning o„zida bajarilayotganda “Ish joylarini to„sib qo„yish va harakatni tashkil etish yo„riqnomasi”ga, shuningdek, bunday holatlar uchun maxsus ishlab chiqilgan ko„rsatmalar va yo„riqnomalarning talablariga rioya qilish kerak. Nazorat savollari: 1. O„zbekiston avtomobil yo„llarining umumiy tarmog„i haqida ma‟lumotlar bering. 2. O„zbekiston avtomobil yo„llarining bugungi holati haqida ma‟lumotlar bering. 3. Avtomobil yo„llarini pasportlashtirishni maqsadi nimalardan iborat? 4. Avtomobil yo„llarini pasportlashtirishni vazifalari nimalardan iborat? 5. Yo„lning texnik holati deganda nimani tushunasiz ? 6. Avtomobil yo‟lining transport -foydalanish ko‟rsatkichlariga nimalar kiradi? 7. Qoplamani ravonligi va g„adir-budurligini ahamiyati? 8. Qoplama yuzasi ko„rsatkichlariga qo„yilgan talablar nimalardan iborat? Download 95.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling