1-Ma’ruza. Biokimyo va molekulyar biologiya fanining predmeti va vazifasi. Reja


Download 435.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.02.2023
Hajmi435.38 Kb.
#1214069
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MA\'RUZA

1. Statistik biokimyo–bu bo’limda organizm uchun kerakli bo’lgan turli kimyoviy 
elementlarning me’yorini organizm o’ziga yetarli miqdorda qabul qilishni va 
ulardan foydalanishni o’z ichiga oladi. 
2. Dinamik biokimyo–bu bo’limda organizmdagi barcha moddalarni (tashqaridan 
tushayotgan uglevodlar, yog’lar, oqsillar, vitaminlar, mineral moddalarni) 
sintezlanishida oxirgi bosqichlargacha, ya’ni chiqindi mahsulotlargacha bajaradigan 
jarayon dinamik biokimyo bo’limi tomonidan o’rganiladi. Organizmga tushadigan 
barcha moddalarning oxirgi mahsulotlargacha parchalanishining hosil bo’lish 


bosqichlari metabolizm bosqichlari deyiladi. Bularga ATF, SO2, siydik, najas, suv 
kiradi.
3. Funksional biokimyo–bu bo’limda turli xildagi laboratoriya tadqiqot natijalarini 
bir–biri bilan farqlash uchun bu holatda bir–biriga o’xshash kasalliklarni bir–biridan 
farqlash, ya’ni kasalliklarga aniq tashxis qo’yish funksional biokimyo bo’limida 
o’rganiladi. 
4. O’simliklar biokimyosi–o’simliklar organizmini kimyoviy tarkibini va ularda 
boradigan hayotni ta’minlovchi biokimyoviy jarayonlar o’rganiladi. 
5. hayvonlar biokimyosi–hayvonlar organizmidagi kimyoviy tarkibini va unda 
boradigan moddalar hamda energiya almashinuvi jarayonlari o’rganiladi.
6. Texnik biokimyo–eng muhim oziq moddalarning kimyoviy tarkibini, ularni 
tayyorlash va saqlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni hamda biokimyoviy 
preparatlar ishlab chiqarish va ularni sanoat miqyosida qo’llash usullari o’rganiladi. 
1.3. Biokimyo faninig asosiy yo’nalishlari. Biologik kimyo faninig asosiy 
shalari. Boshqa fan shalarida bo’lgani kabi biologik kimyo shug’ullanadigan 
muammolarning kengayishi va tobora chuqurlashishi tufayli undan yangi 
shaxobchalar ajralib, mustaqil tarmoqlar paydo bo’ldi. Ilgariroq ajralib hozirgi davrda 
keng shalarga aylangan enzimologiya, vitaminologiya, endokrinologiya qatoriga 
keyingi yillarda membranalar biokimyosi, neyrobiokimyo, analitik biokimyo, kvant 
biokimyosi va boshqalar qo’shildi. Ammo biologiya fanlarida keyingi chorak asr 
ichida yuz bergan fundamental o’zgarishlar, molekulyar biologiya, molekulyar 
genetika 
va bu ajoyib sohalarning rivojlanishi asosida dunyoga kelgan 
gen, hujayra, oqsil injenerligi va umuman biotexnologiyaning mislsiz 
muvaffaqiyatlari bilan bog’liq. 
Oqsillar va nuklein kislotalar molekulalarining strukturasi bilan ularning 
biologik vazifasi orasidagi bog’lanishning aniqlanishi 1-navbatda, biologiya faninig 
biokimyoviy ma’lumotlariga asoslangan eng yosh shasi – molekulyar biologiyaning 
dastlabki, ammo eng muhim yutuqlaridandir. 
SHunday qilib, hozirgi zamon biokimyosi hayotiy jarayonlarning eng chuqur sirlarini 
ochish, oqsil sintezi, moddalar almashinuvi va naslni idora qilish muammolarini hal 


etish arafasida turibdi. Bu muhim vazifalarning hal etilishi odamlar uchun eng og’ir 
ofat bo’lgan rak, virusli kasalliklar, irsiy kasalliklar va yurak-tomir kasalliklarini 
yengish, inson umrini uzaytirish kabi muammolarni hal qilishning nazariy asosini 
yaratadi. 

Download 435.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling