1-Ma’ruza. Biokimyo va molekulyar biologiya fanining predmeti va vazifasi. Reja
Download 435.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MA\'RUZA
1.6. Hujayraning kimyoviy tarkibi.
Biologik kimyo tirik sistemalarda moddalar almashinuvini, ya’ni organizmga tashqaridan ovqat tariqasida qabul qilingan moddalardan tortib to chiqarib tashlanadigan oxirgi mahsulotlargacha bo’lgan jarayonni tekshirar ekan, bu fan birinchi navbatda organizmning kimyoviy tarkibini, ya’ni turli kimyoviy moddalarning to’qima va organlarda, hujayra va hujayra komponentlarida tarqalishi to’g’risida to’la ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Tirik organizmlarda hozirgacha 40 ga yaqin elementlarning birikmalari to’ilgan. Ulardan eng muhimlari C, O’, N, O, ‘ va S bo’lib, ular organism to’qimalari tarkibida asosiy o’rinni egallaydi. Bulardan tashqari, kam miqdorda uchraydigan CI, F, I, Na, K, Ca, Mg, Fe va juda kam uchraydigan Cu, Mn, Zn, Mo va Co kabi elementlarning har birini ham organizm uchun o’ziga xos ahamiyati aniqlangan. Bu elementlar organizmda organik birikmalar, qisman mineral tuzlar tarkibiga kirgan xolda uchraydi.Turli hujayralarda oqsil, lipid, uglevodlar, nuklein kislotalar va mineral tuzlarning miqdori har xil bo’ladi, jumladan, o’simliklar hujayralari tarkibida hayvon hujayralariga nisbatan oqsil kam miqdorda bo’ladi, nuklein kislotalar esa o’simlik hujayralarida hayvon hujayralariga nisbatan ko’proq bo’ladi, yog’ to’qimalari lipidlarga boy bo’ladi, polisaxaridlar esa o’simlik hujayralarida, jigar va mushak to’qimalarida ko’proq to’’lanadi. Har bir organism tanasining asosiy massasini suv tashkil qiladi. Uning o’rtacha miqdori organism vaznining 60-70 %iga teng, ammo u 40 % (o’simlik hujayralari, yog’ to’qimalari) dan 99 % (meduzalar) gacha bo’ladi. Anorganik birikmalar suv bilan birgalikda hujayrada barcha jarayonlar borishi uchun mu’it hosil qiladi. hujayra tarkibidagi anorganik ionlarning turi nisbatan kam bo’lsada, ular organizmning ko’plab hayotiy vazifalarini belgilab beradi. Download 435.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling