1-Ma’ruza. Biokimyo va molekulyar biologiya fanining predmeti va vazifasi. Reja
Download 435.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Funksional biokimyo
- 4. O’simliklar biokimyosi
- 6. Texnik biokimyo
1. Statistik biokimyo–bu bo’limda organizm uchun kerakli bo’lgan turli kimyoviy
elementlarning me’yorini organizm o’ziga yetarli miqdorda qabul qilishni va ulardan foydalanishni o’z ichiga oladi. 2. Dinamik biokimyo–bu bo’limda organizmdagi barcha moddalarni (tashqaridan tushayotgan uglevodlar, yog’lar, oqsillar, vitaminlar, mineral moddalarni) sintezlanishida oxirgi bosqichlargacha, ya’ni chiqindi mahsulotlargacha bajaradigan jarayon dinamik biokimyo bo’limi tomonidan o’rganiladi. Organizmga tushadigan barcha moddalarning oxirgi mahsulotlargacha parchalanishining hosil bo’lish bosqichlari metabolizm bosqichlari deyiladi. Bularga ATF, SO2, siydik, najas, suv kiradi. 3. Funksional biokimyo–bu bo’limda turli xildagi laboratoriya tadqiqot natijalarini bir–biri bilan farqlash uchun bu holatda bir–biriga o’xshash kasalliklarni bir–biridan farqlash, ya’ni kasalliklarga aniq tashxis qo’yish funksional biokimyo bo’limida o’rganiladi. 4. O’simliklar biokimyosi–o’simliklar organizmini kimyoviy tarkibini va ularda boradigan hayotni ta’minlovchi biokimyoviy jarayonlar o’rganiladi. 5. hayvonlar biokimyosi–hayvonlar organizmidagi kimyoviy tarkibini va unda boradigan moddalar hamda energiya almashinuvi jarayonlari o’rganiladi. 6. Texnik biokimyo–eng muhim oziq moddalarning kimyoviy tarkibini, ularni tayyorlash va saqlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni hamda biokimyoviy preparatlar ishlab chiqarish va ularni sanoat miqyosida qo’llash usullari o’rganiladi. 1.3. Biokimyo faninig asosiy yo’nalishlari. Biologik kimyo faninig asosiy shalari. Boshqa fan shalarida bo’lgani kabi biologik kimyo shug’ullanadigan muammolarning kengayishi va tobora chuqurlashishi tufayli undan yangi shaxobchalar ajralib, mustaqil tarmoqlar paydo bo’ldi. Ilgariroq ajralib hozirgi davrda keng shalarga aylangan enzimologiya, vitaminologiya, endokrinologiya qatoriga keyingi yillarda membranalar biokimyosi, neyrobiokimyo, analitik biokimyo, kvant biokimyosi va boshqalar qo’shildi. Ammo biologiya fanlarida keyingi chorak asr ichida yuz bergan fundamental o’zgarishlar, molekulyar biologiya, molekulyar genetika va bu ajoyib sohalarning rivojlanishi asosida dunyoga kelgan gen, hujayra, oqsil injenerligi va umuman biotexnologiyaning mislsiz muvaffaqiyatlari bilan bog’liq. Oqsillar va nuklein kislotalar molekulalarining strukturasi bilan ularning biologik vazifasi orasidagi bog’lanishning aniqlanishi 1-navbatda, biologiya faninig biokimyoviy ma’lumotlariga asoslangan eng yosh shasi – molekulyar biologiyaning dastlabki, ammo eng muhim yutuqlaridandir. SHunday qilib, hozirgi zamon biokimyosi hayotiy jarayonlarning eng chuqur sirlarini ochish, oqsil sintezi, moddalar almashinuvi va naslni idora qilish muammolarini hal etish arafasida turibdi. Bu muhim vazifalarning hal etilishi odamlar uchun eng og’ir ofat bo’lgan rak, virusli kasalliklar, irsiy kasalliklar va yurak-tomir kasalliklarini yengish, inson umrini uzaytirish kabi muammolarni hal qilishning nazariy asosini yaratadi. Download 435.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling